«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet12/63
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1428689
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
17-lab

4-LABORATORIYA ISHI
1000 DONA URUG’NING OG’IRLIGINI ANIQLASH


Asbob: 4-sinf laboratoriya tarozisi, chinni kosachalar.
Ishning bajarilishi. Urug’ namunasi iflosliklari aniqlangandan so’ng aralashtiriladi, yupqa qatlamda kvadrat ko’rinishida tekislanib, diagonal bo’yicha 4 ta uchburchakka ajratiladi. Ikki qarama-qarshi uchburchakdan:
- yirik urug’lar uchun 500 dona urug’ (250 dona urug’ har bir uchburchakdan)
-mayda urug’lar uchun 1000 dona urug’ (500 dona urug’ har bir uchburchakdan) sanab olinadi(Ifloslikni aniqlash uchun 10 gr va undan kam namuna olish kerak bo’lgan urug’lar mayda urug’lar hisoblanadi).
Urug’lar har bir uchburchakdan bir chekkadan tanlamasdan olinadi. Ajratilgan 2 ta namuna (500 yoki 1000 dona urug’) tarozilarda 0,01 aniqlikda tortiladi.
Birinchi va ikkinchi namuna og’irliklari qo’shiladi. Agar 2 ta namunada 500 donadan urug’ tortilsa, torlilgan ikki namuna yig’indisi 1000 dona urug og’irligi hisoblanadi. Agar 2 ta namunada 1000 donadan urug' tortilsa, olingan qiymat 2 ga bo’linadi.
Olingan 1000 dona urug’ og’irligi X quyidagi formula orqali, quruq modda hisobida aniqlanadi.
X = (100 -V)* m/100
bu yerda: V - urug’ namligi, %;
m - 1000 dona urug’ og’irligi, gr.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 5%dan oshmasligi kerak.
5-LABORATORIYA ISHI


QOBIQ (LUZGA)NING MASSA ULUSHINI ANIQLASH


Umumiy tushunchalar. Moyli urug’lardagi qobiqning massa ulushi qo’lda chaqish yo’li bilan aniqlanadi.
Asbob: 4-sinf laboratoriya tarozisi; pinset; skalpel yoki qobiqni ajratish uchun qisqich; chinni kosacha; quritish shkafi.


5.1.Kungaboqar va kanakunjut qobiqlarining massa
ulushini aniqlash
Iflosliklardan tozalangan, urug’ning o’rtacha namunasidan diagonal qisqartirish usuli bilan namuna olinib (kungaboqar uchun 10 gr, kanakunjut uchun 20 gr), tarozida 0,01 gr aniqlikda tortiladi va yozib olinadi. So’ng urug’lar qobig’i pinset yoki qisqich yordamida chaqiladi, ajratilgan qobiq o’sha aniqlikda tortiladi.
Tоzа urug’lardagi qobiqning massa ulushi X (%da) quyidagicha aniqlanadi.
X = m1*100/m (4)
bu yerda: m1 - qobiq og’irligi, gr.
m - urug’ og’irligi, gr.
Qobiqning massa ulushi ifloslangan urug’larda X1 (%da) quyidagicha
topiladi.
X1 = X*(100-S)/100
bu yerda: S - urug’lardagi iflos va moyli aralashmalarning massa ulushi, %
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 1,0% dan oshmasligi kerak.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling