«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Urug’dagi moyning kislota sonini aniqlash


Download 0.88 Mb.
bet15/63
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1428689
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
Bog'liq
17-lab

6.3.Urug’dagi moyning kislota sonini aniqlash
Kislota soni (k.s.) –deb l gr moydagi erkin yog’ kislotalarini neytrallash uchun zarur bo’lgan milligrammdagi kaliy gidroksid (KOH) miqdoriga aytiladi. Moydagi erkin yog’ kislotalarini miqdori urug’ sifatiga va saqlanish sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Urug’ni yig'ishtirishdan oldingi yog’ingarchiliklar hamda urug’larni yomon sharoitlarda saqlash urug’larni sifatini buzilishiga olib keladi. Bunday holatda birinchi navbatda urug’ tarkibidagi moy sif'ati buziladi. Urug’lar sifatini buzila boshlagani, hamda ularni buzilganlik darajasi urug’dan ajratib olingan moyning kislota sonini o’zgarishi bilan belgilanadi.
6.3.1.Kislota sonini titrlab aniqlash
Kislota sonini aniqlash usuli, urug’dan ajratib olingan moy tarkibidagi erkin yog’ kislotalarini fenolftalein indikatori ishtirokida ishqor bilan titrlashga (neytrallashga) asoslangan.
Bu usulda kislota sonini aniqlash uchun moy urug’dan quyidagicha ajratib olingan bo’lishi mumkin:

  • maydalangan urug’dan erituvchi yordamida tindirish bilan;

  • maydalangan urug’ni dietil efiri yordamida Sokslet apparatida ekstraksiyalash;

Laboratoriya gidravlik pressi yordamida butun urug’larni presslash.
Asbob, reaktiv va materiallar: Sokslet apparati, gidravlik press, moyni siqib olishga mo’ljallangan moslama; 100, 150, 250 sm3 sig’imli konussimon kolbalar, 25 sm li pipetka; byuretka, 2- va 4-sinf laboratoriya tarozilari; quritish shkafi; eкsikator; dietil efiri; etil spirti; 0,1N li kaliy gidroksid; l% li fenolftaleinni spirtli eritmasi; filtrlash qog’ozi; gigroskopik paxta.
Urug’dan moyni dietil efiri yordamida tindirish bilan ajratih olish: 50gr maydalangan urug’ konussimon kolbaga joylanib ustidan 150-200 sm3 dietil efiri quyiladi.
Kolbani og’zi po’kak tiqin bilan berkitilib, xona haroratida vaqti-vaqti bilan
chayqab turilib, 2 soatga qo’yiladi. Shu vaqt o’tishi bilan suspenziya filtrlanadi. Pipetka yordamida 25 sm3 filtratdan olib konussimon kolbaga quyiladi va ustiga 15 sm3, oldindan (fenolftalein ishtirokida 0,1N li ishqor eritmasi bilan) neytrallangan etil spirti quyiladi. Aralashma kaliy gidroksidning 0,1N li eritmasi bilan fenolftalein 3-5 tomchi l% li spirtli eritmasi) ishtirokida 30 sekund davomida saqlanib turadigan och pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi. Bir vaqtning o’zida 25 sm3 filtrat oldindan quritilgan , tortilgan kolbaga quyilib efiri haydalanadi va 90-95°C da doimiy og’irlikkacha quritiladi(tarozida tortish 0,000lgr aniqlikda olib boriladi) va 25 sm3 filtratdagi moy miqdori aniqlanadi.
Urug’dagi moyning kislota soni quyidagi formula bilan aniqlanadi.
K.s. = 5,611* V*K/m (8)
bu yerda: V – titrlash uchun sarflangan 0,1N li kaliy gidroksid eritmasini miqdori, sm3;
5,611 - 0,1N li kaliy gidroksid eritmasini titri(1sm3 0.1N li KOH eritmasidagi KOH ning milligrammdagi miqdori);
m – tortmani og’irligi, gr.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling