Ishlab chiqarish texnologiyalari


Download 1.08 Mb.
bet34/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Sintetik kauchuk. Monomer birikmalardan ximiyaviy yul bilan olingan yuqori molekulyar birikmadir. Sintetik kauchuk birinchi bo‘lib 1931 yil sovet olimi S. V. Lebedev tomoni­dan sintez qilingan. 1938 yili Germaniyada, 1943 yili esa AQShda xam sintetikkauchuk ishlab chiqarila boshlandi. Sanoatda sintetik kauchuk ishlab chiqarish ikki asosiy bosqich: kauchuk olish uchun zarur bo‘lgan monomerlarning sintezi, olingan monomerlarning polimerlanish reaksiyasi orqali amalga oshiriladi. Monomerlarni slit uchun asosiy xom ashyo sifatida neftni krekinglash gazlari, atseti­len va etil spirt qo‘llaniladi.
Hozir sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan sintetik kauchuklarning bir necha o‘n turi bor. Bular: butadiyen (SKB - butadi­yen-striol), butadiyen-nitril (SKN), butil, xlorpren, silikat va shu kabilar.
Butadiyen kauchugi - butadiyenning polimerlanishi bilan oli­nadi. Etil spirtdan olingan butadiyen natriy metali (kataliza­tor) ishtirokida polimerlanadi. Olingan sintetik kauchuk uzi­ning ko‘p xossalari jixatidan tabiiy kauchuk xossalariga yaqin, lekin pishiqlik darajasi ancha kam.
Butadiyen-stirol kauchugi - butadiyenning stirol bilan birga polimerlanish maxsuloti. Bu kauchukning pishiqlik darajasi bu­tadiyen kauchugidan ancha yuqori.
Butadiyen nitril kauchugi - butadiyenning akril kislota nit­rili bilan polimerlanishidan olinadi.
Xlorpren kauchugi - xlorprenning polimerlanishidan hosil bo‘ladi.
To‘ldirgichlar. To‘ldirgichlar o‘z xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: aktiv-rezina mahsulotlari mustahkamligini oshiruv­chi (qurum) va inert-rezina mahsulotlarini arzonlashtiruvchi (bo‘r, talk va hokazo).
Yumshatgichlar -(parafin, vazelin moyi, stearin, konifol) rezina aralashmasini qayta ishlash protsessini osonlashtirib, rezina mahsulotlariga yumshoqlik xossasini beradi.
Stabilizatorlar - rezina mahsulotlarini eskirishdan (rezi­na mahsulotlarini uzoq vaqt ishlatganda yoki saqlaganda boshlang‘ich xossalarini yomonlashuvi) saqlaydigan birikma­lar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling