Ishlab chiqarish texnologiyalari
Kauchuk va rezina ishlab chiqarish sanoatining samaradorligini oshirish yo‘llari
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
10.5. Kauchuk va rezina ishlab chiqarish sanoatining samaradorligini oshirish yo‘llari
Sanoat ishlab chiqarishini rivojlanishi asosida sun’iy kauchik ishlab chiqarish va undan olinadigan mahsulot turlarini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri bo‘lib, yaqin yillar ichida yuqori sifatli butadion (SKB), izopren (SKE) kauchuklarini ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda. Bu kauchuklar yemirilishga chidamliligi va issiqqa chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Bu kauchuklarning xossalari tabiiy kauchuklarning xossalariga juda yaqin bo‘lib, ular avtomobil sanoatida shina ishlab chiqarish sanoatida qo‘llanib, shinalarning xizmat qilish davrini 20%ga oshiradi. Ulardan tashqari xloropren, butil kauchuklari kimyoviy ta’sirlarga chidamliligi, eskirish xususiyati yo‘qliga hamda gaz o‘tkazmaydigan, kimyoviy turg‘un issiqlik va kislotalar ta’siriga chidamliligi bilan kabel ishlab chiqarish sanoatida deyarli juda yaxshi iqtisodiy samara bermoqda. Sun’iy kauchuk ishlab chiqarish sanoatida boshlang‘ich xom ashyolar uchun sarflanadigan xarajatlarning miqdori juda yuqori bo‘lib, u 75% ni tashkil qiladi. Shu xarajatlarning 60%ini monomerlarni ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi hamda bu sohada elektroenergiya va yoqilg‘i uchun sarflanadigan xarajatlar 11-12%ni tashkil etadi. Shuning uchun sun’iy kauchuk ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni 1%ga kamaytirish orqali sun’iy kauchukning tannarhini 0.8%ga kamaytirishga erishish mumkin. Bu esa monomerlar ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni hamda xom ashyo va materiallarni sarf meyorlarini kamaytirish orqali sezilarli darajada sun’iy kauchuk ishlab chiqarish sanoatining iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin. Rezina mahsulotlarini ishlab chiqarishda xom ashyo uchun sarflanadigan xarajatlar o‘rtacha sanoat bo‘yicha 80%ni tashkil etadi. Masalan, avtomobil shinalarining og‘irligida tarkibidagi kauchukning miqdori 55%ni, transporter lentalarida 45%ni, rezina poyafzallarda 30%ni tashkil etadi. Bundan shuni ko‘rish mumkinki, rezina ishdab chiqarish sanoatidagi boshlang‘ich xom ashyo sifatida ishlatiladigan kauchukning narhi juda muhim masala hisoblanadi. Kauchuk narhini kamaytirish uchun neftni qayta ishlash korxonalari va neyt kimyoviy korxonalarini kombinatsiyalashtirish orqali monomerlar ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni anchaga kamaytirishga eroishish mumkin va shu yo‘l bilan sun’iy kauchuk ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni anchaga kamaytirish mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling