Ishlab chiqarish texnologiyalari
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining asosiy ko‘rsatkichlari
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q urilish materiallari sanoati.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining asosiy ko‘rsatkichlari
11.2. Qurilish materiallari (tabiiy tosh materiallar, tabiiy yog‘och materiallar, keramik materiallar va buyumlar, mineral bog‘lovchi materiallar, beton, temir beton, shisha va shisha buyumlari) ning tasnifi va asosiy xossalari Qurilish materiallari sanoati. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog‘lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xomashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir –beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. O‘zbekistonda tabiiy xomashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayniqsa binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproq(loy)dan, tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo‘lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo‘nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo‘llanilgan. Hozirgi davrda ushbu tarmoq korxonalarida 150 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. Jumladan, 2003 yilda 4,1 mln. tonna sement, 300 mln. shartli taxta asbest-sement shiferlari, 3,4 mln. m2 deraza oynalari ishlab chiqarildi. Qurilish materiallarini ularning kelib chiqishi, asosiy xossalari va ishlatilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy tosh materiallar va buyumlar. 2. Keramik materiallar va buyumlar. 3. O‘tga chidamli materiallar va buyumlar. 4. Mineral bog‘lovchi materiallar. 5.Qurilish qorishmalari, betonlar va ular asosida tayyorlangan buyumlar. 6. Asbest-sement materiallar va buyumlar. 7. Shisha va shisha buyumlar. 8. Organik bog‘lovchi materiallar va ular asosida tayyorlangan buyumlar. 9. Issiqlik izolyatsiya materiallari va buyumlari. 10. Yog‘och materiallari va ular asosida tayyorlangan buyumlar. 11. Plastmassa qurilish buyumlari. 12. Metall materiallar va ular asosida tayyorlangan buyumlar. 13. Lak-bo‘yoq materiallar. Har bir qurilish materiali yoki buyumiga GOST (umum davlat standartlari) talablari qo‘yiladi. Bu standartlarda materiallarning xarakteristikasi, ularga qo‘yilgan talablar, marka va turlarga bo‘lishlar, sinab ko‘rish usullari, qabul qilish, tashish va saqlash qoidalari keltirilgan bo‘lib, u har bir tayyorlovchi zavod hamda iste’molchi uchun majburiydir. Har bir qurilish materiali o‘ziga xos fizik, mexanik va ximiyaviy xossalarga ega bo‘ladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling