Ishlab chiqarish texnologiyalari
Buyoqlar - rezina mahsulotlariga kerakli rang berish uchun qo‘llaniladi. Aregenerat
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
Buyoqlar - rezina mahsulotlariga kerakli rang berish uchun qo‘llaniladi.
Aregenerat - eski rezina mahsulotlarini maydalab asosiy rezina aralashmasiga qo‘shiladi. U ishlab chiqarilayotgan rezina mahsulotlarini arzonlashtiradi. Rezina buyumlar tayyorlash rezina aralashmasi (xom rezina) hosil qilish, xom rezinadan yarim fabrikat tayyorlash, ularni vulkanizatsiya qilish va pardozlashdan iborat. Xom rezina tayyorlash uchun kauchuk bulaklarga qirqiladi va boshqa komponentlar bilan birgalikda maxsus aralashtirgichlardan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan xom rezina bar jinsli plastik massadan iborat bo‘lib, una chervyakli pressda siqib chiqarish, qoliplarda presslash, bosim ostida quyish va boshqa usullar bilan istalgan shaklga kiritish qiyin bo‘lmaydi. Vulkanizatsiya qilishda yarim fabrikatlar 140 0S temperaturagacha qizdiriladi, natijada oltingugurt (vulkanlovchi agent) kauchuk bilan birikadi va yarim fabrikat o‘z plastikligini yo‘qotib, elastik bo‘lib qoladi. Yumshoq rezina (avtomobil kameralari, tuplar va boshqalar) tayyorlash uchun kauchukka 1 ...3 % oltingugurt qushiladi. Oltingugurt miqdoribundan ortib ketsa qattiq rezina hosil bo‘ladi. Ebonit olish uchun kauchukka taxminan 45 % oltingugurt qo‘shiladi. Hozir sanoatda ishlab chiqariladigan rezinalar quyidagi asosiy gruppaga bulinadi: 1) u m u m i y m a q s a d l a r d a ishlatiladgan rezinalar. Bunday rezina (shina, oyoq kiyimlar, pol qoplamalar, transportyor lentalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator, maishiy buyumlar va xokazo) -50...150 S gacha temperaturada ishlatishga mo‘ljallangan;, 2) 150 S dan yuqoritemperaturada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga) mo‘ljallangan issiqqa chidamli rezinalar; 3) -150 S dan past temperaturada ishlatishga muljallangan s o v u q q a ch i d a m l i rezinalar; 4) benzin; kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzoq vaqt ishlatishga mo‘ljallangan (shlang, zichlagich, turli idishlar va xokazo) moy - benzin ta’siriga chidamli rezinalar; 5) turli yemiruvchi muhitlar ta’siriga chidamli rezinalar; 6) gaz to‘ldirilgan (g‘ovak) rezinalar; 7) rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydigan kishilarga himoya kiyimlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan rezinalar. Dielektrik rezinalarning dielektriklik xossalari past, elektr qarshiligi katta, ular asosan, turli kabellar tayyorlashda ishlatiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling