Ishlab chiqarish texnologiyalari


Texnologik jarayonni tashkil etish va uning tuzilmasi


Download 1.08 Mb.
bet4/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

1.4. Texnologik jarayonni tashkil etish va uning tuzilmasi.
Texnologik jaryonni tashkil etish ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini ratsional ravishda birga qo‘shishdan iborat bo‘lib, bu ishlab chiqarish rejasining samarali bajarilishini ta’minlaydi.
Texnologik jarayonlarni tashkil etish mehnat taqsimotiga va uni alohida ishlarga ixtisoslashtirishga asoslangan. Bunday ixtisoslashtirish natijasida mahsulot va uning qismlarini tayyorlash korxonaning alohida bo‘limlarida (ish joyi, sexlarda) bajariladi va bunda mehnat predmeti bir ish joyidan ikkinchisiga ko‘chiriladi. Shunday qilib, bir butun texnologik jarayon o‘zaro uzviy bog‘langan bir qancha alohida qismlardan iborat.
Texnologik jarayon qator bosqichlardan iborat bo‘lib, bu bosqichlarning har biri ishlab chiqarish operatsiyalaridan iborat. Opreatsiya–ishchining ma’lum ish joyida ishlab chiqarish elementiga ishlov berishda bajariladigan oddiy ishlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, jarayonlarning shu bosqichda tugallangan qismini tashkil etadi (masalan, ishlab chiqarilgan detalni pardozlash maqsadida uni silliqlash operatsiyasi).
Mehnat unumdorligi. Mehnat unumdorligi – bu sarflangan mehnatning samarasi hisoblanib, u vaqt birligi ichida tayyorlanadigan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi. Vaqt birligi (soat, kun, yil) ichida qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.
Mehnat unumdorligini oshirishning asosi texnika taraqqiyoti, ishchi va xizmatchilarning malakasi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ilg‘or tajribalarni keng tarqatishdan iborat.
Mahsulotning tannarxi – ishlab chiqarish jarayoni davomida bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan pul hisobidagi hamma xarajat shu mahsulotning tannarxini belgilaydi.


Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. “Texnologiya” so‘zi qanday so‘zlardan tarkib topgan?
2.“Texnologiya” so‘zining to‘liq ma’nosi nima?
3. Mexanik texnologiya qanday jarayonlarni hamda ximiyaviy texnologiya qanday jarayonlarni o‘rgatadi.
4.Ishlab chiqarish jarayoni qanday jarayonlarga bo‘linadi? Texnologik jarayonning mohiyati nimada? Qanday tasniflanadi?
5.Texnologik jarayon elementlariga nimalar kiradi? Texnologik jarayon strukturasi qanday?
6. Sanoatning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari qanday omillar orqali xarakterlanadi?


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling