Ishlab chiqarish texnologiyalari


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.08 Mb.
bet14/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Texnologik jarayonlarda xomashyolar qanday ahamiyatga ega?
2. Mineral – xomashyo resurslarini boyitish bilan xomashyolardan kompleks foydalanish degan iboralarning bir-biridan farqi nimada?
3. Suv va energiya ishlab chiqarish jarayonlarida qanday ahamiyatga ega?
4. Suv va energetik resruslardan samarali foydalanishning qanday muhim va aniq yo‘llari mavjud?
5-MAVZU. Ishlab chiqarish jarayonlarini optimizatsiyalash
Reja:
5.1. Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning umumiy qoidalari va tushunchalari.
5.2. Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning passiv usullari.
5.3. Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning aktiv usullari, texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi.


5.1. Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning umumiy qoidalari va tushunchalari.
Hozirgi zamon texnologik jarayonlari ko‘p bosqichli bo‘lib, ular yuqori tezlikda, yuqori harorat va bosimlarda amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda ular o‘zining murakkabligi, asbob-uskunalarning va operatsiyalarning ko‘p xilliligi bilan tasniflanadi.
Yuqori sifatli mahsulotlarni olish uchun texnologik rejimlarni qat’iy ravishda ushlab turish zarur bo‘ladi.
Keyingi yillarda murakkab jarayonlarni optimizatsiyalash uchun tajribalarni rejalashtirishning satatistik usulidan keng miqyosda foydalanmoqda. Tadqiqotlarning oxirgi natijasi jarayonlarning adekvat matematik modeli bo‘lib, texnologik rejimlarning optimal variantlarini topishga imkon beradi.
Matematik modellar jarayonlarni nafaqat optimizatsiyalaydi, balki alohida parametrlar o‘zgartirilganda ularni optimal boshqaradi. Shu bilan birgalikda jarayonlarning matematik modelari texnologik jarayonlarni avtomatik ravishda boshqarishning axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. Optimizatsiyalash – insonni maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, tegishli sharoitlarda eng yaxshi natijalarga erishishdan iborat. Optimiatsiyalash masalasini to‘g‘ri amalga oshirish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur.

  1. holatini talabigina muvofiq o‘zgartirish mumkin bo‘lgan boshqariladigan ta’sirlar bilan optimizatsiyalash obektining mavjudligi (texnologik jarayon).

  2. optimizatsiyalashning maqsadi to‘g‘ri ifodalanmog‘i kerak, optimizatsiyalashga faqat bitta kattalik duchor etiladi.

  3. optimizatsiyalanuvchi kattalik miqdoriy bahoga ega bo‘lish kerak. Optimizatsiyalash obektining miqdoriy bahosi optimizatsiyalash mezoni yoki parametri deb ataladi. Optimizatsiya mezonining turi aniq masala orqali aniqlanadi. Optimallikning umumiy yezoni bu iqtisodiy baholash hisoblanadi. Jarayonlarni iqtisodiysamaradorligini umuimiy baholash (R) quyidagi ko‘rsatkichlarni oladi: unumdorlik V – ma’lum vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot orqali ifodalanadi; ma’lum ishlab chiqarishga qo‘yilgan kapital xarajatlarning hajmi F; jarayonlarni amalga oshirish uchun sarflanadigan xarajatlar E; ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriy ko‘rsatkichi K;

Texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish o‘z ichiga uch bosqichni oladi: 1) matematik modelni tuzish, 2)parametrlarni son qiymatini topish uchun algoritmlash, 3) matematik modelni o‘rganilayotgan jarayonga mosligini o‘rnatish.
Adekvativ model – bu jarayonni shunday modeli bo‘lib, sifat va miqdor jihatdan yetarli darajaga mazkur jarayonni ifodalab berishdir. Adekvativ model fizikaviy yoki matematik yo‘l bilan belgilanadi. O‘zinintabiatiga ko‘ra texnologik jarayonlar determinatsiyalangan va stoxastik turlarga bo‘linadi. Determinatsiyalangan usulda aniqlanyotgan kattalik ma’lum bir qonunuiyat asosida to‘xtovsiz o‘zgaradi. Chiqish ko‘rsatkichlari kirish ko‘rsatkichlari kabi birday aniqlanadi. Bu usulni ifodalashdaklassik tahlil va raqam usulidan foydalaniladi. Masalan, har qanday fizikaviy massa alamashinish yoki issiqlik almashinish jarayonini determinatsiyalangandir. Stoxastik usuli deb shunday jarayonga aytiladiki, unda zarur ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi tartibsiz va u davriy harakterga ega. Bunda chiqish ko‘rsatkichlari kirish ko‘rsatkichlariga mos holatda bo‘lmaydi. Bunday jarayonni ifodalashda ehtimol statistik usuldan foydalaniladi.unga har qanday katalitik jarayon misol bo‘lib, jarayon davomida mahsulotni chiqishi katalizatorlarning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling