Murakkab jarayonlarni matematik modellashtirish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
MM(lek10)1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqichda
- Ikkinchi bosqichda
Mavzu: Murakkab jarayonlarni matematik modellashtirish. Mavzu rejasi: 1)Hisoblash eksperimenti va uning bosqichlari. 2) Moddiy nuqta murakkab harakatini matematik modellashtirish 1) HISOBLASH EKSPERIMENTI Hisoblash eksperimentining asosini matematik modellashtirish, amaliy matematika (nazariy asosi), elektron hisoblash mashinalari (texnikaviy asosi) tashkil etadi. Hisoblash eksperimentidan fan va texnikaning turli sohalarida, murakkab amaliy masalalarni yechishda vosita sifatida foydalaniladi. Foydalanib hal etiladigan masalalarning xilma-xil bo‘lishligiga qaramasdan hisoblash ekspe-rimentlari, shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lingan. Ular umumiy texnologik turkumga xosdir. Birinchi bosqichda tadqiq etilayotgan obyektning matematik modeli yaratiladi, u qoidaga ko‘ra differensial yoki integrodifferensial tenglamalar ko‘rinishida bo‘ladi. Matematik modelni tuzish ko‘pincha u yoki bu fan (fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot va h.k.) sohalarining mutaxas-sislari tomonidan bajariladi. Matematiklar yuzaga kelgan matematik vazifa-larni yechish imkonini baholaydilar va modelni boshlang‘ich tadqiqotini o‘tkazadilar: masala to‘g‘ri qo‘yilganmi, u yechimga egami, u birginami va h.k.larni aniqlaydilar. Ikkinchi bosqichda shakllantirilgan matematik masala yoki aytish mumkinki, hisoblash algoritmini hisoblash usuli ishlab chiqiladi. U algebraik tenglamalar xalqalari majmuidan iborat bo‘ladi, shular bo‘yicha hisoblash olib boriladi va bu formulalarni qo‘llash muntazamligini belgilovchi manti-qiy sharoit yuzaga keltiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, ayni bir matematik masalani hal qilish uchun ko‘plab hisoblash algoritmlari — yaxshi va yomonlari ishlab chiqiladi. Shuning uchun algoritmni samarali hisoblashni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi, buning uchun raqamli hisoblash nazariyasidan foydalaniladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling