Ishlab chiqarish texnologiyalari


Oziq-ovqat sanoati ishining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 1.08 Mb.
bet17/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Oziq-ovqat sanoati ishining asosiy ko‘rsatkichlari




2006

2007

2008

2009

Mahsulot hajmi, mlrd. so‘m

355,8

644,0

751,8

774,9

Oldingi yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati

109,4

119,2

106,0

104,4

Asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarish













Go‘sht va go‘sht mahsulotlari, ming tonna

122,3

147,4

169,6

177,3

Oldingi yilga nisbatan foizlarda

96,2

120,6

120,3

96,0

Hayvonat yog‘lari, ming tonna

2,1

1,9

1,6

1,6

Oldingi yilga nisbatan foizlarda

93,7

91,5

83,8

101,1

Sut va sut mahsulotlari

186,9

216,6

255,9

266,4

Oldingi yilga nisbatan foizlarda

102,5

115,9

119,6

101,0

Pishloq va brinzalar, ming tonna

1,2

0,7

0,7

0,6

Oldingi yilga nisbatan foizlarda

96,0

62,2

98,8

81,7

O‘simlik moylari, ming tonnada

236,8

222,2

218,5

227,7

Oldingi yilga nisbatan foizlarda

96,3

93,8

98,1

101,9

Shakar, ming tonnada

28,7

217,2

248,2

193,7

Oldingi yilga nisbatan foizlarda

2,8

7,6

114,2

78,0



6.2. Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatinnig xom ashyo bazasi
Oziq-ovqat sanoatining xom ashyosi bazasi sifatida qishloq xo‘jalik xom ashyosi bazasi hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish harajatlarini 80-85%ini xom ashyo harajatlari tashqil etadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining xossalari xom ashyo tarkibiga kirgn moddalarning soniga va sifatiga bog‘liqdir. Xom ashyo tarkibiga kirgan moddalar organiq va anorganiq harakterga ega bo‘lib, organiq moddalarga azotli birikmalar, yog‘lar hamda tarkibida yog‘lar mavjud bo‘lgan moddalar, uglevodlar, fermentlar, vitaminlar va boshqa moddalar kiradi. Nooraniq moddalarga esa suv va mineral moddalar kiradi.
Azotli birikmalar – tarkibida oqsili bo‘lgan moddalar, aminokislotalar, kislota amidlari, ammiakli bog‘lovchilar va boshqalar kiradi. Bo‘larning ichida qimmatli modda – oqsillar va ularni tashqil qiluvchi tarkibi, ya’ni aminokislotalar mavjud. Oqsillarsiz inson organizmi faoliyatini tasavvur qilish qiyin. Aminokislotalar inson organizmini o‘sishini va rivojlanishi uchun zarur moddalar bo‘lib hisoblanadi. Aminokislotalarga lizin, treptofam, litsin, treonin va boshqa moddalar kirib, ular ko‘p miqdorda kizeinda, sutda, bug‘doyda, tuxumda mavjud bo‘ladi.
Yog‘lar – murakkab organiq bog‘lovchilar bo‘lib, tabiatda ko‘p uchraydigan moddalar. Ular ko‘pgina o‘simlik va xayvonlarning organizmida bo‘ladi. Yog‘lar ko‘p miqdorda paxata chigitida, zig‘irda, kungaboqarda, hayvonlardan qo‘yda, cho‘chqada, sigirda va boshqalarda ko‘p uchraydi.
Uglevodlar – o‘simlik xom ashyolari tarkibida bo‘ladigan organiq bog‘lovchilardir. Shakar, kraxmal, patoka, asal karamel uglevodlaridan tarkib topadi. Inson organizmida uglevodlar energiya hosil qilish uchun sarflanib, umumiy modda almashinish jarayonida ishtiroq etadi. Uglevodlar uch guruhga bo‘linadi: monosaharidlar, disaharidlar va polisaharidlarga.
Monosaharidlar oddiy shakar bo‘lib, ularning ichida asosiylari glyukoza va fruktoza hisoblanadi. Glyukoza yoki o‘zum shakari hisoblanib, u ko‘p miqdorda o‘zumda va boshqa shunga o‘xshash mevalarda uchraydi.
Disaharidlar yoki saharozalar (lavlagi shakari), laktoza (sut shakari), maltoza (solod shakari) va boshqalar kiradi. Saharoza ko‘p miqdorda shakarqamishda va qand lavlagida bo‘ladi. Saharoza gidroliz qilinsa glyukoza va fruktozaga ajraladi.
Polisaharidlar – bu guruhga shakarsiz moddalar, ya’ni kraxmal, glikogen va kletchatka kiradi. Kraxmal ko‘pgina o‘simlik - xom ashyolarida uchraydi. U ko‘p miqdorda donda (50-80%), kartoshkada (12-25%) uchraydi.
Organiq kislotalar – organiq kislotalar ko‘p miqdorda sut, shavil, olma, olcha, limon va boshqa mevalarda bo‘ladi.
Olma, limon, olcha kislotalari mevali suvlarni ishlab chiqarishda hamda konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarishda fermentlardan, vitaminlardan, fitotsitlardan, mitneral moddalardan, suvdan va shunga o‘xshash ozuqabop bir qator xom ashyolardan foydalaniladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling