Ishlab chiqarish texnologiyalari


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.08 Mb.
bet16/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Optimizatsiyalash nima?

  2. Adekvativ model deganda nimani tushunasiz?

  3. Optimizatsiyalashtirishning passiv (nofaol) usullariga nimalar kiradi?

  4. Optimizatsiyalashtirishning aktiv (faol) usullarini nimalar tashkil etadi?

6-MAVZU. Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi asoslari
Reja:
6.1.Iqtisodiyotni rivojlantirishda oziq-ovqat sanoatining ahamiyati va tutgan o‘rni .
6.2. Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatinnig xom ashyo bazasi
6.1.Iqtisodiyotni rivojlantirishda oziq-ovqat sanoatining ahamiyati va tutgan o‘rni .
Oziq-ovqat sanoati. O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligida oziq-ovqat sanoati eng muhim mavqeni egallaydi. Sanoatning bu tarmog‘ida asosan xomashyoni qayta ishlashga asoslangan bo‘lib, Respublika umumiy sanoati mahsuloti hajmida oziq-ovqat sanoati 1995 yilda 9,8%, 2003 yilda esa 12,3%ni tashkil etgan. Oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida go‘sht-sut, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan ko‘plab sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘pgina korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan vazirliklar tugatilib, «Oziqovqatsanoat» davlat-aksiyadorlik konserni, «O‘zmevasabzavot-xolding» kompaniyasi, «O‘zgo‘shtsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi, «O‘zdonmahsulot», «O‘zbaliq» davlat-aksiyadorlik korporatsiyalari tashkil etildi.
Oziq-ovqat sanoati aholini ozuqa mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Bu tarmoq boshqa tarmoqlarga qaraganda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i bilan o‘zviy bog‘langan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi tarog‘idan don, sut, kartoshka, qand lavlagi va boshqa mahsulotlarni oladi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i agrosanoat kompleksining tarkibiga kiradi. Shuningdek bu tarmoq mashinasozlik, energetika va boshqa sanoat tarmoqlari bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatgan. Hozirda O‘zbekistonda Rossiyaning 2 ta yirik investitsion loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Ulardan birinchisi Toshkent sut zavodida «Vimm-Belldon» firmasi bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan loyiha. «Vimm-Belldon» firmasi sharbatlar va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yirik firmalardan biri bo‘lib, korxonaga yangi texnologiya va asbob-uskunalarni kiritib, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni jahon talabiga javob beradigan darajaga yetkazishga yordam beradi. Loyihaning narxi 7,2 –7,3 mln. AQSH dollarini tashki etadi. Bu korxona sutkasiga 150 tonnagacha sutni qayta ishlashga moslashgan. Shuningdek ikkinchi loyiha, bu – Rossiyaning «Cherkizovskiy ASK» «Toshkent go‘sht» hissadorlik jamiyatining aksiya paketlariga ega bo‘lib, yiliga korxonada 120-150 dan ortiq turdagi qolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish nazarda to‘tilgan. Investitsion majburiyatlar 11 mln. AQSH dollarini tashqil etadi. Shu yo‘l bilan O‘zbekiston Rossiya bilan tovar almashtirish hajimini anchaga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar almashtirish hajmi 2004 yilda 6689,2 mln. AQSH dollarini tashqil etadi. Shuningdek O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularga «Ekoagro», «Grentek», «Neilmash», «Samseven» va boshqa korxonalar faoliyat yuritishmoqdalar.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling