7-MAVZU. Don-un mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari.
Reja:
7.1 O‘zbekistoning don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji.
7.2. Don-un mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari.
7.3. Non ishlab chiqarish texnologiyalari.
7.4 . Yog‘-moy ishlab chiqarish sanoatining texnolgiyasi asoslari
7.1 O‘zbekistoning don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji.
Ma’lumki, donlar botanik ko‘rsatkichlari va tozaligi jihatdan bir-birlaridan farq qiladilar. Shu sababli donni tortishdan avval uni tayyorlash lozim. Donni tortishga tayyorlash uchun turli ifloslardan tozalanadi, namlanadi. So‘ngra tuk va changlaridan tozalanadi. Har bir bosqich alohida sexlarda, mashinalar yordamida olib boriladi. Turli botaniq navlardagi donlarning tarkibida to‘yimli moddalarning miqdori turlicha bo‘ladi. Qattiq bug‘doylarda oqsil moddalar ko‘proq, yumshok oqlarida esa kamroq bo‘ladi. Shuningdek, donlar rangi bo‘yicha har bir xil bo‘lmaydi. Tayyor mahsulotning sifati bir xil bo‘lishini ta’minlash uchun donlarni turli botaniq navlarini aralashtirib standart talabini kondiradigan qorishma tayyorlanadi.
Dondagi yirik va mayda qo‘shimchalarni tozalash uchun turli o‘lchamdagi elakdan (separatordan) elanadi. Zararli yovvoyi o‘t urug‘lari, yovvoyi suli, qoramix, metall qo‘shimchalari esa alohida ajratiladi. Tozalangan don qisman namlanadi. Namlash natijasida don pustining ajrashi osonlashadi, chang, gard miqdori kamayadi va uning yetilishi tezlashadi.
Ishlab chiqarishda donning namligi 15,5-17%gacha yetkazib 12-18 soat (dimlanadi) yetiltiriladi, ayrim hollarda yetiltirish yuqori temperaturada (45-50 gradus) qisqa muddat (20-60 min) ichida o‘tkazilishi mumkin. Donni yetiltirish davrida konsistensiyasi elastik xususiyatli bo‘ladi, fermentlar aktivligi oshadi va yaxshilanadi.
Donni tortishdan avval maxsus schetkali mashinalarda ishqalanib ustki changidan va tuklaridan tozalanadi. Bunda oz miqdorda (1-1,5%) qora chang chiqadi tozalangan bug‘doydan olingan un oboynaya un deb ataladi. Tozalagan bug‘doy tortishga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |