Ishlab chiqarish texnologiyalari
Gazlamalarni ishlab chiqarish, ishlov berish
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
9.3. Gazlamalarni ishlab chiqarish, ishlov berish.
Terib olingan chigitli paxta tayyorlov punktlariga yuboriladi. Bu yerda u dastlabki tozalanadi va quritiladi. Paxta yopiq omborlar yoki bostirmalarda saqlanadi. Bunday joylar yetishmagan taqdirda paxta garamlarga to‘kilib, ustiga brezent yopib qo‘yiladi. Juda iflos paxta UPX-1.5-A tipidagi paxta tozalagichlarda tozalanadi. Bundan tashqari, chigitli paxta quritiladi, chunki paxta nambo‘lsa va havo o‘tib turmasa, uzoq vaqt saqlangan paxta o‘z-o‘zidan yonib ketishi, rangi o‘zgarishi, pishiqligini qislan yo‘qotishi mumkin. Tayyorlov punktlarida chigitli paxta g‘o‘zaning turi, navi, paxtaning sorti, terish usuli va toza-iflosligiga qarab partiyalarga ajratiladi. Yetilish darajasiga qarab chigitli paxta to‘rt sortga ajratiladi. Sortlar ko‘pchib turish darajasi, ushlab ko‘rib aniqlangan zichligi va rangi bilan bir-biridan farq kiladi. Har qaysi sortdagi chigitli paxda uchun ifloslik va namlik normalari ham belgilanadi. Tayyorlov punktlari chigitli paxtani o‘zlari birkitilgan paxtani dastlabki ishlash zavodlariga jo‘natadi. Bu zavodlarda quyidagi operatsiyalar bajariladi: dastlabki tozalash, tolalarni ajratish, tolalarni tozalash, tolalarni joylash, shuningdek momiqni (lintni) ajratish va chigitlarni tozalash. Agar paxtani dastlabki ishlash zavodiga keltirilgan chigitli paxtaning ma’lum massasini 100 % deb olsak, undan 30 ... 40 % paxta tolasi, 3 ... 5% paxta momig‘i, 55 ... 65% tozalangan chigit va . 2% tola chiqindilari olinadi. Yirik va mayda begona (iflos) aralashmalarni ajratib olish uchun turli tipdagi tozalagichlardan foydalaniladi. Yirik aralashmalarni. tozalash uchun qoziq-arrali CHX-ZM-2 tozalagichlari, mayda aralashmalardan tozalash uchun qoziq-barabanli XCHE tozalagichlari va shnekli 6A-12M tozalagichlari ishlatyladi. 11.1 - rasmda besh barabanli, qoziqli XCHE tozalagichining sxemasi ko‘rsatilgan. Yuklash bunkeri 1 ga tushgan chigitli paxtaga shpagattutgich 2 ning ish organlari ta’sir etadi. So‘ngra qoziqli titish barabanlari 3 ta’sirida paxta bo‘shatish bunkeri 4 ga o‘tadi, iflos aralashmalari esa kolosnikli panjara 5 orqali iflosliklar kamerasiga tushadi. 9.1-расм. 9.2-расм. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling