Ishlab chiqarish texnologiyalari


Download 1.08 Mb.
bet28/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Ohorlash
Kalava ipni to‘qimachilikka tayyorlash jarayonlari ichida eng muhimi ohorlashdir, chunki ohorlashda kalava ipga to‘qish jarayonining normal o‘tishiga yordam beradigan yangi xosa beriladi. Ko‘p olsalarda kalava ipni ohorlamay turib undan gazlama to‘qish mumkin emas.


9.4. Gazlamani pardozlash
To‘qish stanoklarida to‘qilgan gazlama xom gazlama deb ataladi. Bunday holda u kam ishlatiladi. To‘qish fabrikalarida ishlab chiqarilgan gazlamalarning asosiy qismi pardozlanadi.
Pardozlashdan maqsad gazlamalarning tashqi ko‘rinishi va sifatini yaxshilashdir. Ko‘pgina gazlamalar pardozlangandan so‘ng yangi xossalarga ega bo‘ladi, ya’ni g‘ijimlanmaydi, o‘tga, suvga chidamli bo‘ladi.
Pardozlash ishab chiqarishida ip-gazlama sanoatining oxirgi texnologik bosqichidir. Uning boshqa ishlab chiqarishlardan farqi shundaki, pardozlashda gazlama kimyoviy ishlovdan o‘tkaziladi.
Pardozlash ishlab chiqarishining texnologik jarayoni bir necha o‘tishni o‘z ichiga oladi va har bir gazlama uchun uning harakteristikasi va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Pardozlash ishlab chiqarishining tarkibiga kirgan asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagi o‘tishlarni o‘z ichiga oladi:
Gazlamani oqartirish. Oqartirishdan maqsad gazlamani bo‘yash yoki gul bosishga tayyorlash, ya’ni uning sirtini tolalar, tabiiy aralashmalar va ishlov berish jarayonida surkalgan qo‘shimcha moddalardan tozalash hamda gazlamaga oq rang berishdan iborat.
Tuk kuydirish jarayoni gazlama sirtidan ip tolalari uchlarini, tugunlarni ketkazish maqsadida bajariladi.
Ohorini ketkizishdan maqsad to‘quvchilikda kalava ipning yiyilishga chidamliligini oshirish uchun ohorlash paytida tanda iplariga surkalgan ohorni yuqotishdir.
Qaynatish. Gazlamani qaynatishdan maqsad kraxmal qoldiqlarini, sellyuloza yo‘ldoshlari – mumsimon va yog‘li peltin moddalr hamda azotli moddalarini ketkizishdir.
Gazlamani oqartirish jarayonidan maqsad undan tabiiy aralashmalar, sellyuloza, ayniqsa mumsimon aralashmalarni ketkizish, gazlamaga kulrang tusberadigan moddalarni rangsizlantirish va ketkizishdir.
Yaltiratish. Ip gazlamalarga kyuvchi natriyning konsentrlangan eritmasida qisqa muddat ishlov berish jarayoni. Yaltiratishdan maqsad tolalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgartirish hisobiga ularning pishiqligi va bo‘yaluvchanligini oshirishdir.
Tuk chiqarish. Qishki kiyimlar uchun mo‘ljallangan tukli gazlamalar guruhini tashkil qiladigan gazlamalardan (bayka, bumaziya, flaneyl) tuk chiqariladi. YA’ni gazlamaning bir yoki ikkala tomonida tuk - yumshoq mumiq qatlami hosil bo‘ladi.

9.5-chizma.Gazlamalarni pardozlash texnologik jarayoni




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling