Ishlab chiqarish texnologiyalari


Monopoliyaga qarshi va paxta tozalash korxonalarini xususiylashtirish maqsadida bu tarmoqqa hozirda juda katta miqdorda investitsiyalar joriy etilmoqda


Download 1.08 Mb.
bet27/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Monopoliyaga qarshi va paxta tozalash korxonalarini xususiylashtirish maqsadida bu tarmoqqa hozirda juda katta miqdorda investitsiyalar joriy etilmoqda.


Bugungi kunda bu tarmoqning 14 ta paxta tozalash korxonalarida moddiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni o‘zgartirish, 8 ta yangi korxonalarni qurish, 7 ta faoliyat yuritib turgan korxonalarni qayta ta’mirlash vazifalari belgilangan. Bu dasturni amalga oshirish uchun 12.6 mlrd so‘m yoki 32 mln AQSH dollari tarmoqqa jalb qilingan va ular asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Paxtani yigirish


Paxta tozalash zavodlarida dastlabki ishlov berilgandan so‘ng paxta to‘qimachilik korxonalariga yuboriladi. Bu yerda oldin yigiruv fabrikasiga yuborilib, u yerda tartibsiz tolalardan kalava ip tayyorlanadi. Kalava ipdan ko‘pgina to‘qimachilik buyumlari: gazlamalar, trikotaj, noto‘qima buyumlar, iplar olinadi.
Paxtani karda sistemasida qayta ishlash tartibi 9.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
9.2-jadval

Qayta ishlash bosqichi

Jixozlar va ishlab chiqariladigan mahsulot

Xalqali usul

Pnevmo mexanik usul

Titish, savash, tozalash

Tarash



Bir tekis pilta tayyorlash
Pilik tayyorlash (ingichkalashtirish)
Kalava ip tayyorlash

Titish-savash agregati, xolst
Tarash mashinasi, pilta
Pilta mashinasi (2 o‘tish), pilta
Pilik mashinasi, pilik hosil bo‘ladi
Xalqali yigiruv mashinasi, kalava ip

Titish-savash agregati, xolst
Tarash mashinasi, pilta
Pilta mashinasi (2 o‘tish), pilta
-------


Pnevmomexanik yigiruv mashinasi, kalava ip



Qayta tarash jarayonida uzun tolalar isrof bo‘lmasligi va shikastlanmasligi uchun tolalar yetarlicha to‘g‘rilangan, mashinaga tushayotgan mahsulot esa bir tekis bo‘lishi lozim. Shuning uchun karda sistemasidagi qayta tarash mashinalaridan chiqayotgan pilta qo‘shimcha ikkita tayyorlash operatsiyasidan o‘tkaziladi: 16—20 ta pilta xolst qilib biriktiriladi va xolstlar cho‘ziladi (ingichkalashtiriladi).

To‘quvchilik stanggida xom gazlama to‘qishdan oldin kalava ipni to‘qishga tayyorlash lozim. Tanda kalava ipni tayyorlash jarayoni eng muhim va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Arqoq kalava ipni tayyorlash osonroq bo‘lib, ba’zan uni ma’lum iqlim sharoitlarida tutib turish kifoya qilinadi. Tanda kalava ipni tayyorlash jarayoni 4 ta asosiy ketma-ket o‘tish:



  • qayta o‘rash;

  • tandalash;

  • ohorlash;

  • o‘tkazishdan iborat.

Qayta o‘rash.
Tanda kalava ipni qayta o‘rashdan maqsad o‘ramdagi ip uzunligini oshinrib, tandalash jarayoniningsamaradorligini va kalava ip sifatini tekshirishni ta’minlashdlir. To‘quvchilik fabrikalariga keltiriladigan kalava ipning ko‘p qismi massasi taxminan 100 g dan keladigan kichik g‘altaklarga o‘ralgan bo‘ladi. Tandalash jarayonida bunday g‘altakdagi kalava ipdan foydalanilganda jarayonning uzlusizligini va mahsulotning sifatli chiqishini taminlash qiyinlashadi, shuning uchun kalava ip qayta o‘raladi.
Bundan tashqari, kalava ipda har xil nuqsonlar bo‘lib, ularni shu boskichda yo‘qotish qulay.
Kalava ipni qayta o‘rash jarayoniga quyidagi talablar qo‘yiladi: kalava ipning fizik-mexanik xossalari yomonlashmasligi, iplarning tarangligi doim birdek va hamma bobinalarda bir xil bo‘lishi, bobinalardagi ipning uzunligi maksimal hamda partiyalardagi barcha bobinalarda bir xil bo‘lishi, iplarning uchlari pishiq va qulay tugunlar bilan ulab qo‘yilishi kerak va hokazo.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling