Ishlab chiqarish texnologiyalari
Yog‘-moy ishlab chiqarish sanoatining texnolgiyasi asoslari
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstraksiya
7.4 . Yog‘-moy ishlab chiqarish sanoatining texnolgiyasi asoslari
Respublikaning yog‘-moy ishlab chiqarish sanoati o‘z ichiga bir qator ishlab chiqarishlarni olib, ishlatiladigan xom ashyosi va uni qayta ishlashning ketma-katligi jihatidan, shuningdek ishlab chiqaradigan mahsulotini ishlatilishi bilan umumiylikka egadir. Yog‘-moy ishlab chiqarish sanoatining tarkibiga hozirgi kunda o‘simlik moylarini ishlab chiqaradigan, yog‘ni rafinatsiyalash va gidroginezatsiyalash, margarin, moyonez, gilitsirin turli maqsadlarda ishlatiladigan sovunlar, olif, sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. O‘zbekistonning yog‘-moy ishlab chiqarish sanoati yirik xom ashyo bazasiga ega bo‘lib, korxonalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi xom ashyoga va ulardan olinadigan mahsulot hajmi va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. O‘simlik moylarini ishlab chiqarishda 85-95%ini xom ashyo uchun sarflanadigan harajatlar tashqil etadi. respublikada o‘simlik moylarini ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Paxta chigitining yog‘liqlik darajasi 22-23% ni tashqil etadi. Paxta chigitidan yog‘ ishlab chiqarish 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi: presslash va ekstagenlash usulida. Presslash yo‘li bilan yog‘ ishlab chiqarish quyidagi opersiyalarni o‘z ichiga oladi: chigitning namlilik darajasiga ko‘ra konditsiyalash, chigitni qo‘shimchalardan va qobig‘idan tozalash, chigit mag‘izini maydalash, maydalangan mag‘izini qovurish, presslash, xomaki yog‘ni filtrlash jarayonlari kiradi. Paxta chigiti namlilik darajasiga ko‘ra konditsiyalangandan so‘ng chigit qo‘shimchalar va qobig‘idan ajratiladi, hosil bo‘lgan mag‘iz maydalanadi va qovuriladi. Qovurilgan mag‘iz presslanadi va xomaki yog‘ filtrlanadi. Chigit maydalangandan so‘ng unga (70-800S da) bug‘ yordamida ishlov beriladi. Bug‘ ishlov berilgan chigitning namligi 4,5-5,5%ni va harorati 105-1100 1-2 navlari uchun, 5,5-6,50 harorati 110-1500S 3-4 navlari uchun ishlatiladi. Bug‘ yordamida ishlov berish chigit mag‘izining xossalarini deyarli o‘zgartirmaydi. Lekin mag‘iz jigarrang tusga kiradi. Shundan so‘ng bug‘langan maydalangan mag‘iz presslash uchun Fortpress apparatiga beriladi. Fortpress apparatida maydalangan mag‘izdan yog‘ presslab olinadi. Presslanib olingan yog‘ filtrlanib, shundan so‘ng filtrlangan va 4000S gacha souvtilgan yog‘ni rafinatsiya qilish sexiga yoki omborga yuboriladi. Ekstraksiya - usuli asosiy usul bo‘lib, o‘simlik yog‘larining olinishi hozirda shu usulga asoslangan. Bu usulning mohiyati shundaki, ekstraksiya qilinayotgan materiallarga erituvchilar yordamida ta’sir etishdan iborat. Erituvchilar sifatida (benzin, dixlor, etan va boshqalar bilan ta’sir qilinadi) yog‘ning eriuvtichilardagi eritmasi missell deb ataladi. Ekstraksiya jarayonidan keyin erituvchi moddalarni yog‘ning tarkibidan haydaladi, yog‘ filtrlanadi va shundan so‘ng yog‘ tozalanadi. Ekstraksiya natijasida chiqqan yog‘sizlantirilgan qoldiqni to‘yintirilgan par bilan ishlov beriladi va unga shrot deb ataladi. Yog‘ ishlab chiqarish sanoatidla ekstraksiya usulidan ko‘plab foydalanish natijasida yog‘ning chiqishi ancha yuqoribo‘ladi va shu usul bilan tarkibida yog‘i bo‘lgan urug‘larga kompleks ishlov berishga erishish mumin bu usuldan chiqqan shrotning tarkibida qoluvchi yog‘ning miqdori ham ancha kam bo‘ladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling