Ishlab chiqarish texnologiyalari


Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning passiv usullari


Download 1.08 Mb.
bet15/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

5.2. Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning passiv usullari.
Jarayonni tabiati, matematik modelning xarakteri, jarayon haqidagi axborotning mavjudligi, masalaning qo‘yilganligi jihatdan jarayonni optimizatsiyalashning turli usullaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Tadqiqotchi aniq masalani yechimini topishda optimizatsiyalashning shunday usulini topishi kerakki, hisoblar kam xarajat bilan iloji boricha jarayon haqida ko‘p axborot berishi lozim. Masalan, stoxastik jarayoni optimizatsiyalash uchun tajriba-statistik usulidan foydalaniladi. Bunda aktiv va passiv (faol va nofaol) tadqiqotlar ishlatiladi. Passiv (nofaol) tadqiqot, uni ko‘p hollarda passiv kuzatish ham deb ataladi. YA’ni bunda texnologik jarayon qonuniyatlarini o‘rganishda matematik-statistik usul yordamida axborotlar qayta ishlanadi. Bunda boshlang‘imch ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab turgan obektga tashqaridan sun’iy o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan jarayonni matematik modelini olish uchun klassik progreslash va korrelyatsion usuldan foydalaniladi.


5.3. Texnologik jarayonlarni optimizatsiyalashtirishning aktiv usullari, texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlagtirilgan tizimi.
Tadqiqotlarni aktiv (faol) usuli esa tadqiqotlarni rejalashtirishga asoslanadi. Tadqiqotlarni rejalashtirish – bunda tadqiqotlar ilgaridan tuzilagan, o‘zida optimal xossalarni jamlagan, reja asosida (matritsa) amalga oshiriladi. Rejalash usulida jarayonga ta’sir etuvchi hamma omillar hisobga olinib, shu yo‘l bilan bir vaqtda omillarning o‘zaro ta’sir etish kuchlarini aniqlashga imkon yaratiladi. Shuningdek, bunda optimal parametrlarni aniqlashda tajriba sonini kamaytirishga erishish mumkin. Aktiv (faol) va passiv (nofaol) usulda tadqiqotlarni amalga oshirishda matematik model yoki funksiya javobi bo‘lib, u optimizatsiyalash parametrlarini jaryonga ta’sir etuvchi omillar bilan bog‘lovchi parametrdir.

staiistik usuldan foydalanishda matematik model Teylor qatori qismi ko‘rinishida bo‘ladi. Unda regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

bunda - regressiv tenglamaning ozod hadi, - chiziqli koeffitsiyent, - o‘zaro aloqa koeffitsiyenti, - kvadratik koeffitsiyent. Tenglamaning koeffitsiyentlarini quyidagi shart asosida minimumga erishiladi:



N – tanlov hajmi, yi – optimizatsiya parametrlarining amaliy va nazariy ma’nosi.
Matematik modellashtirish jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasida amalga oshirishning asosi hisoblanadi. Ko‘pgina korxonalarda ish jarayonlari avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ABS)da amalaga oshiriladi. Detallarni, bloklarni, qismlarni (uzellarni) va yarim mahsulotlarni harakatini sinxronlashtiradi. Sistemaning asosi markaziy EHM hisoblanadi. Bunga to‘rtinchi avlod - kichik elektron boshqaruv mashinalari ulangan bo‘ladi. Jarayonlarni avtomatik usulda boshqarish texnologik jaryonlarning muhim operatsiyalarida qo‘llaniladi va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv sistemasi (TJABS) ko‘pincha tarmoq korxonalarida samarali foydalanilib kelinmoqda. Masalan TJABSdan neftni qazib olish sanoatida, po‘latlarni uzluksiz quyishda, neftga birlamchi qayta ishlov berishdagi avtomatik texnologik jarayonlarni optimal boshqarishda, alyuminiyni elektroliz qilishda, kimyoviy tolalar, sement, oyna ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Hozirda TJABSdan nafaqat asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalaniladi, balki undan korxonalarni ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini birgalikda yoki kompleks boshqaruv tizimiga aylantirishda fodalanish mumkin. TJABS qo‘llanilishi bilan mehnat unumdorligi oshadi hamda ishlab chiqarish jarayonlari texnologik parametrlarini optimizatsiyalash natijasida mahsulot sifatini oshirishga ham erishi mumkin. TJABSdan keng miqyosda fodalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan masulotning texnik darajasiga qo‘yiladigan talablarni to‘liq qondirishga erishish mumkin.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling