Ishlab chiqarish texnologiyalari
Xalq xo‘jaligida xom ashyodan ratsional foydalanish
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4. Texnologik jarayonlarda energiyaning roli va ahamiyati.
4.3. Xalq xo‘jaligida xom ashyodan ratsional foydalanish
Xalq xo‘jaligida xom ashyodan ratsional foydalanish xom ashyoni boyitish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek murakkab xom ashyolarni kimyoviy qayta ishlash asosida ulardan qimmatbaho mahsulotlarni birin ketin ajratib olish mukin. Bu jarayonda ajralib chiqqan moddalardan turli tarmoqlarda foydalaniladi. Shuningdek bu yo‘l bilan turli ishlab chiqarishlarni kombinatsiyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi. Tog‘ jinslari murakkab minerallar bo‘lib, ular ko‘pgina elementlardan tashkil topadi. Ko‘p kompanentlik organik moddalar chiqitsiz texnologiyalar bilan qayta ishlanib, ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarilishi mumkin. Tog‘ jinslaridan turli metalllarni, metall emaslarni, kislotalarni, tuzlarni, qurilish materiallarini ajratib olish mumkin. Murakkab organik moddalardan tashkil topgan qattiq yoqilg‘ilardan kompleks foydalanishga koks kimyoviy ishlab chiqarishni misol qilish mumkin. Bunda turli markadagi ko‘mirdan koks va koks gazidan tashqari ammiak, oltingugurt uglerodi va yuzlab organik bog‘lovchilar ajratib olinib, bu moddalar plastmassa, kimyoviy tolalar, bo‘yoqlar, portlovchi moddalar va dori preparatlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘la oladi. Qazilma boyliklaridan neftni, slanets va torfni qayta ishlash natijasida ajralib chiqadigan xom ashyolardan kompleks foydalanish orqali ulardan motor yoqilg‘isini, mazut, neftni qayta ishlash gazldarini, suyuq uglevodorodlarni olish mumkin. 4.4. Texnologik jarayonlarda energiyaning roli va ahamiyati. Sanoatning hozirgi qo‘lami va uning texnik rivojlanish asosidagi o‘sish tezligi uning energiyaga bo‘lgan talabini benihoyat orttirib boradi. Undirma va ishlov berish sanoatlarining barcha tarmoqlarida energiyadan turli maqsadlarda foydalaniladi. Sanoat miqyosida energiyaning sarflanish miqdori bir birlik og‘irlikdagi (yoki dona va hajmdagi) mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan energiya (kVt-soat) yoki yoqilg‘i miqdori (tonna, kilogramm, kubometr) bilan belgilanadi. Sanoatning turli tarmoqlarida turli xil mahsulotlar ishlab chiqarishda energiya sarflash miqdori turlichadir. Quyida ba’zi bir ximiyaviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sarflangan elektr energiyasining o‘rtacha miqdori keltirilgan (2-jadval). 2-jadval
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling