Ishlab chiqarish texnologiyalari


To‘qimachilik tolalari. Paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berish, tabiiy va sun’iy tolalarga ishlov berish texnologiyalari


Download 1.08 Mb.
bet25/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

9.2.To‘qimachilik tolalari. Paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berish, tabiiy va sun’iy tolalarga ishlov berish texnologiyalari.
Paxta tolasining fizik-mexanik xossalariga chiziqli zichligi (yo‘g‘onligi), uzunligi, pishikligi, uzayishi va kayishqoqligi, yeyilishga, egilishga, qisilishga, buralishga hamda tolaning tola ustida sirpanishga qarshiligi, gigroskopikligi, rangi, elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi.
Chiziqli zichlik — tolaning eng muhim xossalaridan biri. Bu kattalik ma’lum uzunlikdagi tola qanday massaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Chiziqli zichlik teks deb ataladigan birliklarda o‘lchanadi.
Teks-1 km tolaga (kalava ipga) keltirilgan, grammda yoki 1 m tolaga keltirilgan, milligrammda ifodalanadigan massa (g/km; mg/m).
Tqg/l,
Bu yerda: T - tolaning, kalava ipning chiziqli zichligi, teks, g tola massasi, g yoki mg; l — tola uzunligi, km yoki m.
Juda ingichka tolani o‘lchash uchun ba’zan milliteks kattaligi ish-latiladi. U 1 km tolaning milligrammdagi massasini ko‘rsatadi. Demak, milliteks (mteks) birliklari teks birliklaridan ming marta kichik. Shuning uchun tolaning mteksda ifodalangan ko‘rsatkichi teksda ifodalanganidan 1000 marta katta bo‘ladi.
Tolaning chiziqli zichligi oqibat natijada uning ko‘ndalang o‘lchamlarini belgilaydi. Shuning uchun, bir karashda, tolaning ko‘ndalang kesimi diametri yoki yuzini aniklash kerak. Biroq buni amalga oshirish qiyin. Birinchidan, shunday ingichka jism - tolaning diametrini amalda o‘lchash qiyin; ikkinchidan, uning diametri butun uzunligi bo‘yicha bir xil emas; uchinchidan, tolaning ko‘ndalang kesimi butun uzunligi bo‘yicha har xil shakl va o‘lchamda bo‘ladi. Shuning uchun to‘qimachilik tolalarining ko‘ndalang o‘lchamlari nisbiy kattaliklar bilan o‘lchanadi. Ilgarilari shunday kattaliklardan biri tola (kadava ip)ning raqami hisoblanar, u bilan tolaning ingichkaligi baholanar edi. Raqam (M) — tola uzunligining massasiga nisbati kattaligi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizning to‘qimachilik sanoatida nomer o‘rniga chiziqli zichlik (teks) ishlatiladi. Ular orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud.
N q 1000/T,
Gigroskopiklik — atrof muhitning namligi va temperaturasiga qarab materialning namlik miqdorini o‘zgartirish xossasi. Tolada ma’lum miqdorda nam bo‘ladi. Havoning namligi oshganda yoki temperaturasch ko‘tarilganda tolalarning namligi oshadi yoki aksincha. Agar tola shunday xossaga ega bo‘lsa, u gigroskopik hisoblanadi. Tolalarning bu ajoyib xossasi ko‘p jihatdan gazlamalarning gigiyenik va ekspluatatsion xossalarini belgilaydi.
Tolalardagi namlik miqdori, bir tomondan, uning kalava ipga qayta ishlanish xususiyatini belgilaydi. Ikkinchi tomondan, u tolalarning massasiga ta’sir qiladi. Shu sababli paxtani qabul qilib olish uchun konditsion namlik tushunchasidan foydalaniladi.
Amaldagi namlik — materialning sinash paytidagi namligi. Bu namlik materialdan ketgan suv massasining materialning mutlaq quruq massasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Konditsion namlik normalangan shartli namlik bo‘lib, normasi standartda belgilab qo‘yiladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling