Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
MA‘RUZA № 10. MASHINASOZLIKDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH ASOSLARI REJA: 1. Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik iqtisodiy prinsiplari 2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi va holatlari 3. Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang‘ich berilganlar 4. Ishlab chiqarish turini aniqlash 5. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uslubi 6. Texnologik jarayonlarni tasnifi 7. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarida ishlab chiqarishni unumli tashkil qilgan holda metall kesish dastgohlari, kesuvchi asboblar, moslamalarning texnologik imkoniyatlaridan to‘la foydalanilib, kam mehnat va vaqt sarflab mahsulotni minimal tannarxda tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 3.2.1-§. Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik iqtisodiy prinsiplari Texnologik jarayonlarni yaratish asosiga ikkita tamoyil qo‘yiladi: texnikaviy va iqtisodiy. 1.Texnikaviy tamoyilga asosan loyihalangan texnologik jarayon, mahsulot tayyorlash uchun ishchi chizmada ko‘rsatilgan barcha o‘lchamlar aniqligi, sifati va texnik talablarni to‘la ta‘minlashi kerak. 2. Iqtisodiy tamoyilga asosan mahsulot tayyorlash uchun eng minimal mehnat sarflanishi va minimal to‘xtam bilan olib borilishi kerak. Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni jihozlar, keskich asboblar va moslamalarning barcha texnik imkoniyatlaridan to‘g‘ri va to‘la foydalanilgan holda eng kam vaqt sarflab va eng kam tannarxda olib borilishi lozim. Bir necha turdagi texnologik jarayonlarning variantlari ichidan, hatto birgina shu mahsulotning o‘zi uchun ham texnik jihatidan teng imkoniyatliligidan, eng samarali va foydali varianti tanlab olinadi. Unumdorliklari teng bo‘lgan variantlardan foydalirog‘i tanlab olinadi. Agar, foydaliligi bir xilda bo‘lsa unumdorligi yuqorirog‘i tanlab olinadi. Har xil unumdorli variantlar bo‘lganda eng foydalilisi tanlab olinadi, agarda unumdorligi berilgan unumdorlikdan kam bo‘lmagan bo‘lsa. Loyihalanuvchi texnologik jarayonning samaralisini yoki foydalisini aniqlash, barcha elementlari bo‘yicha hisoblash orqali va ularni qo‘shish asosida olib boriladi, yoki yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlar uchun yirikroq me’yorlar yordamida hisoblab topiladi. 3.2.2-§. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi va hollari 1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan sharoitlarda yaratiladi. 2. Mavjud zavodlarni qayta qurishda yaratiladi. 3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob’ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda yaratiladi. Ishlab turgan zavodlarda o‘zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik jarayonlarga tuzatishlar kiritiladi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Yangi va qayta qurilgan zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha loyihaning asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni, ishlab chiqarish maydonini, energetikani, transport vositalarini, ishchi kuchini, material aniqlaydi. Zavod ishlashining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi, ishlab chiqilgan texnologik jarayonning mukammallik darajasiga bog‘liq. Mavjud zavodlarda yangi obyektlar qo‘yilganda texnologik jarayon ishlab chiqishdan avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning asosida mavjud va kerakli bo‘lgan jihoz, asbob, transport, ishchi kuchi hamda jihoz vositalarning ishlatilish imkoniyatlari aniqlanadi. 3.2.3-§. Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang‘ich berilganlar Texnologik jarayonlar yangi qurilgan zavodlar uchun yaratilsa, boshlang‘ich berilganlarga quyidagilar kiradi: - detalning ishchi chizmasi, uning materialini, konstruksiya, shakli va o‘lchamlarini aniqlovchi; - detalni tayyorlash uchun qo‘yilgan texnik talablari, bunga esa ishlov berish aniqligi, sifati (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov berish, balansirlash, og‘irligi bo‘yicha moslashtirish va jihoz shartlar) kiradi; - vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (buyum yoki detallarning soni); - berilgan dasturdagi buyum va detallarni ishlab chiqarish muddati: yil, kvartal, oy va hafta (umumiy holda yil bilan ko‘rsatiladi). Texnologik jarayon mavjud yoki qayta qurishi zavodlar uchun loyihalansa, zavodda mavjud bo‘lgan jihozlarning soni, maydoni va jihoz ishlab chiqarish sharoitlari to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega bo‘lish kerak. Texnologik jarayon loyihalashda: GOST, ma‘lumotnoma, katalog va jihozlarning pasportlari; moslama va asboblar albomi; keskich, o‘lchagich asboblar uchun normallar; aniqlik, g‘adir-budurlik, qo‘shimlarni hisoblash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni aniqlash me’yorlari; tarifli-malakaviy ma‘lumotnoma va jihoz yordamchi, internet materiallaridan foydalaniladi. 3.2.4-§. Ishlab chiqarish turini aniqlash Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish takti yoki amallar bog‘lanish koefftsienti hisoblab topilgandan keyin aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti (ba‘zi bir adabiyotlarda tempi) ni hisoblash formulasi quyidagicha: N m F t h ich / ) 60 ( , min/son. Bu yerda: h F - jihozlarning bir yillik bir smenalab ishlash haqiqiy vaqt fondi, soatda; m -smenalar soni; N -dastur bo‘yicha detallarning bir yillik soni. Agar takt miqdori, boshlang‘ich taxminiy o‘rnatilgan xarakterli amallar uchun ketgan o‘rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bo‘lsa ishlab chiqarishni ommaviy deb qabul qilinadi. Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam emas) natijasida amallarni ishchi joylarga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amallarning uzayish vaqti yirik me’yorlar yordamida xarakterli amallar o‘lchamlari asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi. Agarda takt miqdori ko‘zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir qancha katta bo‘lsa, detallarni tayyorlash seriyali ishlab chiqarish tamoyili asosida olib borilishi kerak. Bu holda dastgohlarning kam yuklanganligi sababli, detallarga partiyalab ishlov berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, ishlov jarayonining uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va jihoz tashkiliy hamda iqtisodiy fikrlarga ko‘ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy partiya miqdori belgilanadi. Yirik va murakkab detallar uchun partiya miqdori ikki haftalik rejaga, o‘rtachasi uchun bir oyga teng qilib olinishi mumkin. O‘rnatilgan partiyaning miqdoriga keyinchalik texnologik jarayonni batafsil ishlab chiqish asosida tuzatishlar kiritiladi. Agar detallarning yillik dasturi berilgan bo‘lsa, ularning massasi va soni bo‘yicha 3.2– jadvalda berilganlar bilan qiyoslab, tegishli ishlab chiqarish turini ham aniqlash mumkin. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling