Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Aytilganlarni quyidagi misol bilan tasvirlab berish mumkin
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
Aytilganlarni quyidagi misol bilan tasvirlab berish mumkin.
Chuqurligi 10N14 (1.12,a–rasm) bo‘lgan ariqchaga ishlov berishda moslamani konstruksiyasini soddalashtirish uchun tanavorni pastki B yuzasi bilan o‘rnatish qulay (1.14, d,e–rasmlar) bo‘ladi. Ariqcha tagi C tepadagi yuzani a=10+0,36 mm o‘lchami bilan bog‘langan, bu yuza ariqcha uchun konstruktorlik va o‘lchov baza hisoblanadi. Bu holda texnologik baza B yuza konstruktorlik va o‘lchov bazalar bilan bir yuzada yotmaydi va ularning na o‘lchamlari, na o‘zaro joylashishining to‘g‘riligi sharoiti bilan bog‘lanmagan. Qanchaki, sozlangan dastgohda ishlashda freza o‘qidan stol yuzigacha bo‘lgan masofa o‘zgarmas (K=const) saqlanar ekan, demak, c o‘lcham ham doimiy, chizmada ko‘rsatilmagan, ariqcha chuqurligi o‘lchami a=10+0,36 mm ushlanishi mumkin emas, chunki uning o‘zgarishiga oldingi amalda ushlanuvchi b=50–0,62 mm o‘lcham xatoligi bevosita ta‘sir ko‘rsatadi (1.14, v–rasm). 1.14–rasm. Konstruktorlik bazaga mos tushmagan, B tayanch texnologik bazadan ariqcha frezalash. O‘z-o‘zidan ma‘lumki, bu holda ariqchani frezalash amali eskizda texnologik o‘lcham c ni qo‘yish kerak, uning aniqligi oldingi amalga bog‘liq emas, konstruktorlik o‘lcham a=10+0,36 mm ni esa eskizdan olib tashlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Texnologik o‘lcham c ni va shuningdek, o‘lcham b ning yangi texnologik qo‘yimlarini hisoblashni 1.14,b-rasmda keltirilgan o‘lchamlar zanjiriga binoan olib borish mumkin. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ya‘ni c = b – a = 50 – 10 = 40 mm. c o‘lchamni qo‘yimi o‘sha o‘lchamlar zanjiridan aniqlanadi, ynda dastlabki o‘lcham bo‘lib, konstruktorlik o‘lcham a=10+0,16 hisoblanadi, chunki hamma hisob ko‘zda tutilgan, ya‘ni a o‘lcham zanjirni tashkil etuvchi o‘lchamlari b va c larni ular uchun o‘rnatilgan lari oralig‘ida bajarishda, konstruktor tomonidan o‘rnatilgan qo‘yim oralig‘ida avtomatik ravishda olinishi kerak. Qo‘yimlarni qo‘shish formulasiga binoan c b a T T T bo‘ladi, undan b a c T T T . Tegishli qiymatlarini qo‘yib c T =0,36-0,62 ni olamiz. a o‘lcham qo‘yimi konstruktor tomonidan berilgan va oshirilishi mumkin emas, shuning uchun qo‘yilgan masalani yechimining yagona usuli, ayiruvchini kichiklashtirish hisoblanadi, ya‘ni b o‘lcham qo‘yimini kichiklashtirish talabini qo‘yish b T ni kichiklashtirishni shunday olib borish kerakki, ya‘ni b o‘lchamga va c texnologik o‘lchamga texnologik bajariluvchi qo‘yimlar T o‘rnatilsin. Texnologik nuqtai nazardan b va c o‘lchamlarini bajarish murakkabligi bir xilda bo‘ladi (ikkala o‘lcham ham o‘lchamlarning bitta oralig‘ida yotadi va gorizontal frezalash stanogida tayanch texnologik bazasidan olinadi), b o‘lcham qo‘yimi b T =0,18 mm gacha kamaytirilgan, dastlabki a o‘lcham qo‘yimining yarmiga teng. Bu holda, c texnologik o‘lchamga b o‘lchamga o‘rnatilgan qo‘yimi yaqin bo‘lgan qo‘yim tayinlash mumkin. Uzil-kesil o‘lcham b qo‘yimi standartga yaqin bo‘lgan T bilan tayinlanadi. Qo‘yim maydonini nominaliga nisbatan chizmada o‘rnatilgan manfiy og‘ishini saqlab, ya‘ni b=50–0,16 = 50h11 bo‘ladi. U holda texnologik o‘lchamning hisobli qo‘yimi c T = 0,36–0,16 = 0,20 mm bo‘ladi. Texnologik o‘lcham c ning chegaraviy qiymatlari o‘sha 3.14,b-rasmdagi o‘lchamli zanjirdan aniqlanadi. Ya‘ni: Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling