Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
-§. Tayinlanishi bo‘yicha bazalar Bular quyidagilar: – asosiy baza
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
1.4.3-§. Tayinlanishi bo‘yicha bazalar Bular quyidagilar: – asosiy baza–berilgan detalga yoki yig‘ma birlikka tegishli bo‘lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (1.7, a–rasm). 1– shesternya teshigi (I), yon sirti (II) va shpon pazi (III) asosiy bazalari hisoblanadi, ya‘ni ular yig‘ish jarayonida valni “yor”damchi bazalari bilan tutashtiriladi. – yordamchi baza–berilgan detalga yoki yig‘ma birlikka tegishli bo‘lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qo‘llaniluvchi konstruktorlik baza (1.7, b–rasm). 2–val bilan 3–shponka yig‘ma birligida val sirti (I), yon sirti (II) va shponka yon sirti (III) lar “yordamchi” bazalar hisoblanadi va yig‘ish jarayonida ularga shesternyaning «as» asosiy bazalari tutashtiriladi. – konstruktorlik baza–detalni yoki yig‘ma birlikni buyumdagi o‘rnini (holatini) aniqlash uchun qo‘llaniluvchi baza (1.7–rasm). Shuningdek detal konstruktsiyasini chizishda masalan; pog‘onali valning (1.8–rasmga qara) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari, ya‘ni: A 1 o‘lcham uchun Ι–sirt; A, A2, A3 va A4 o‘lchamlar uchun esa ΙΙ–sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi. 1.7–rasm. 1.8–rasm. – Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida jihoz detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig‘uv bazalari deb yuritiladi. 1–shesternya teshigi (I), yon sirti (II) va shpon pazi (III) «as» bazalar hamda 2, 3–val+shponka uchun «yor» bazalar birikmada bir biriga nisbatan holatini aniqlovchi yig‘ish bazasi bo‘lib hisoblanadi (1.7, a–rasm). 1.9–rasm. Ι,ΙΙ,ΙΙΙ–texnologik baza komplekti; Ι–o‘rnatuv baza; ΙΙ–yo‘naltiruvchi baza; ΙΙΙ– tayanch baza. 1.10–rasm. A–o‘lchov baza sxemasi. – texnologik baza deb, tanavorni yoki buyumni tayyorlash, ta‘mirlash jarayonidagi holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (1.9–rasm). – o‘lchash bazasi–tanavorni yoki buyumni va o‘lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (1.10–rasm). (GOST 21495–76) yoki o‘lchash vositasidan hisoblashni olish boshlanadigan tanavor sirtiga tushuniladi. 1.4.4-§. Erkinlik darajasidan mahrum etilishi bo‘yicha bazalar sinfi Bularga o‘rnatuv, yo‘naltirgich, tayanch, qo‘shaloq yo‘naltirgich va qo‘shaloq tayanch bazalar (sxemalari 1.1, 1.2, 1.4, 1.6 va 1.9–ras. ko‘r.) kiradi: – o‘rnatish baza–tanavorni yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ZO o‘qi bo‘ylab siljishi va XO, YO o‘qlari atrofida aylanma harakatlaridan 1.1 va 1.9–ras. qar.); – yo‘naltirgich baza–tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (XO o‘qi bo‘ylab siljishi va ZO o‘qi atrofida aylanma harakatlaridan 1.1 va 1.9–ras. qar.); – tayanch baza – tanavorni yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (YO o‘qi bo‘ylab siljishidan yoki jihoz o‘q atrofida aylanma harakatidan (1.1 va 1.9–ras. qar.); 1.11–rasm. Qo‘shaloq yo‘naltiuvchi baza sxemasi. 1.12–rasm. Qo‘shaloq tayanch baza sxemasi. – qo‘shaloq yo‘naltirgich baza–tanavorni yoki buyumni to‘rtta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (XO, YO o‘qlari bo‘ylab siljishi va shu o‘qlar atrofida aylanma harakatlaridan 1.3 va 1.12–ras. qar.); Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling