Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarflangan 
vaqt bo‘lib ma‘lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan bog‘liqdir. 


Yordamchi vaqt quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) dastgohni boshqarish uchun sarflangan vaqt-bu dastgohni yurgizish, 
to‘xtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini o‘zgartirish va h.; 
b) kesuvchi asbobni yordamchi yurishi; 
v) zagotovkani moslamaga o‘rnatish, mahkamlash, ishlov berilgandan so‘ng olib 
quyish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o‘rnatish va olib 
quyish; 
g) detalning o‘lchamlarini nazorat qilish: o‘lchov asbobini olish, o‘lchash, joyiga 
quyish. 
Yordamchi vaqt qo‘lda, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin. 
Ish joyiga xizmat ko‘rsatish texnik va tashkiliy xizmat ko‘rsatishlarga bo‘linadi. 
 
1.3.7-§. Texnologik jarayonni yaratishning dastlabki bosqichida iqtisodiy baholash 
Texnologik jarayonlarni yaratish asosiga ikkita tamoyil qo‘yiladi: texnikaviy va 
iqtisodiy.
1.Texnikaviy tamoilga asosan loyihalangan texnologik jarayon, mahsulot tayyorlash 
uchun ishchi chizmada ko‘rsatilgan barcha o‘lchamlar aniqligi, sifati va texnik talablarni to‘la 
ta‘minlashi kerak. g‘ 
2. Iqtisodiy tamoiliga asosan mahsulot tayyorlash uchun eng minimal mehnat 
sarflanishi va minimal to‘xtam bilan olib borilishi kerak. Mahsulot tayyorlash texnologik 
jarayoni jihozlar, keskich asboblar va moslamalarning barcha texnik imkoniyatlaridan to‘g‘ri 
va to‘la foydalanilgan holda eng kam vaqt sarflab va eng kam tannarxda olib borilishi 
lozim. 
Bir necha turdagi texnologik jarayonlarning variantlari ichidan, hatto birgina shu 
mahsulotning o‘zi uchun ham texnik jihatidan teng imkoniyatligidan, eng effektivrog‘i va 
rentabelli varianti tanlab olinadi. Unumdorliklari teng bo‘lgan variantlardan rentabellrog‘i 
tanlab olinadi. Agar, rentabelligi bir xilda bo‘lsa unumdorligi yuqorirog‘i tanlab olinadi. Har 
xil unumdorli variantlar bo‘lganda eng rentabellisi tanlab olinadi, agarda unumdorligi 
berilgan unumdorlikdan kam bo‘lmagan bo‘lsa. Loyihalanuvchi texnologik jarayonning 
effektivlisini yoki rentabellisini aniqlash, barcha elementlari bo‘yicha hisoblash orqali va 


ularni qo‘shish asosida olib boriladi, yoki yakka va mayda seriyali ishlab chisarishlar uchun 
yirikroq me’yorlar yordamida hisoblab topiladi. 
1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan 
sharoitlarda yaratiladi. 
2. Mavjud zavodlarni rekonstruktsiyalashda yaratiladi. 
3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob’ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda yaratiladi. 
Ishlab turgan zavodlarda o‘zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik 
jarayonlarga 
tuzatishlar 
kiritiladi 
yoki 
yangisi 
ishlab 
chiqiladi. 
Yangi 
va 
rekonstruksiyalashtirilgan zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha loyihaning 
asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni, ishlab chiqarish 
maydonini, energetikani, transport vositalarini, ishchi kuchini, material va сho‘zilishini 
aniqlaydi. Zavod ishlashining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi, ishlab chiqilgan texnologik 
jarayonning mukammallik darajasiga bog‘liq. 
Mavjud zavodlarda yangi ob’ektlar qo‘yilganda ishlab chiqish texnologik jarayondan 
avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning asosida mavjud va 
kerakli bo‘lgan: jihoz, asbob, transport, ishchi kuchi hamda jihoz vositalarning ishlatilish 
imkoniyatlari aniqlanadi. 
Texnologik jarayonlar yangi qurilgan zavodlar uchun yaratilsa, boshlang‘ich 
berilganlarga quyidagilar kiradi: 
- detalning materialini, konstruksiya, shakli va o‘lchamlarini aniqlovchi ishchi 
chizmasi; 
- detalni tayyorlash uchun qo‘yilgan texnik talablari, bunga esa ishlov berish aniqligi, 
sifati (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov berish, balansirlash, og‘irligi bo‘yicha
moslashtirish va jihoz shartlar) kiradi; 
- vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (buyum yoki detallarning soni); 
- berilgan dasturdagi buyum va detallarni ishlab chiqarish muddati: yil, kvartal, oy va 
xafta (umumiy holda yil bilan ko‘rsatiladi). 
Texnologik jarayon mavjud yoki rekonstruksiyalashtiriluvchi zavodlar uchun 
loyihalansa, zavodda mavjud bo‘lgan jihozlarning soni, maydoni va jihoz ishlab chiqarish 
sharoitlari to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega bo‘lish kerak. 


Texnologik jarayon loyihalashda: GOST, ma‘lumotnoma, katalog va jihozlarning 
pasportlari; moslama va asboblar albomi; keskich, o‘lchagich asboblar uchun normallar
aniqlik, g‘adir-budurlik, qo‘shimlarni hisoblash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni 
aniqlash me’yorlari; tarifli-malakaviy ma‘lumotnoma va yordamchi jihoz, internet 
materiallaridan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish takti yoki amallar bog‘lanish koeffitsienti 
hisoblab topilgandan keyin aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti (ba‘zi bir adabiyotlarda tempi) 
ni hisoblash formulasi quyidagicha: 
N
m
F
t
h
ich
/
)
60
(



min/son
Bu yerda: 
h
F
- jihozlarning bir yillik, bir smenalab ishlash haqiqiy vaqt fondi, soatda; 
m
-smenalar soni; 
N
-dastur bo‘yicha detallarning bir yillik soni. 
Agar takt miqdori, boshlang‘ich taxminiy o‘rnatilgan xarakterli amallar uchun ketgan 
o‘rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bo‘lsa, ishlab chiqarishni ommaviy deb qabul qilinadi. 
Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam emas) natijasida amallarni ishchi 
joylarga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Amallarning uzayish vaqti yirik me’yorlar yordamida xarakterli amallar o‘lchamlari 
asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi. 
Agarda takt miqdori ko‘zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir qancha 
katta bo‘lsa, detallarni tayyorlash seriyali ishlab chiqarish tamoili asosida olib borilishi kerak. 
Bu holda dastgohlarning kam yuklanganligi sababli detallarga partiyalab ishlov berish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, ishlov jarayonining 
uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot va jihozlar turi tashkiliy hamda 
iqtisodiy fikrlarga ko‘ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy partiya miqdori belgilanadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling