Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Vaqt me’yorini aniqlash usullari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronometraj usul.
Vaqt me’yorini aniqlash usullari. Texnik vaqt me’yorini aniqlash alohida
operatsiyani bajarishni tahlil qilib, har bir ish uchun sarflangan vaqtni hisoblash asosida olib boriladi. Bu usul hisobiy analitik usul deb yuritiladi. Texnik vaqt me’yorini hisoblash usuli ishlab chiqarish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Yalpi ishlab chiqarish sharoitida vaqt me’yorini aniqlashda har bir xatti- harakat inobatga olinsa, seriyali ishlab chiqarish sharoitida xatti-harakatlar guruhi inobatga olingan holda hisob olib boriladi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida namunaviy texnologik jarayonlar va operatsiyalar taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usullarga ko‘ra, qo‘lda bajariladigan harakatlar va harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt xronometraj asosida ishlab chiqarilgan vaqt me‘yoriga (me‘yorlash bo‘yicha jadvallarda keltirilgan) ko‘ra aniqlanadi. Bu holda harakatlarni bajarish unumli ketma-ketlik asosida bo‘lib, asosiy vaqt davomida ayrim harakatlarni bajarilishi nazarda tutiladi. Asosiy vaqt (asosiy-texnologik yoki mashina vaqt) teng operatsiyalar asosida nazariy hisoblanadi. Bu teng operatsiyalar (formulalar) dastgohning kinematik sxemasiga ko‘ra kesish maromlarini inobatga olib tuzilgan. Xronometraj usul. Bu usulda vaqtni me’yorlovchi xodim (normirovshik) bajariladigan ishlar bilan to‘liq tanishib chiqadi. Operatsiyani bajarish uchun harakterlar guruhini tuzadi. Ilg‘or ishchi tomonidan bajariladigan harakatlar uchun sarflangan vaqt ham o‘lchanadi. Har bir harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt 10- 100 marta takroran o‘lchanadi va o‘rtacha miqdori qabul qilinadi. Natijada, bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlanadi. Shu vaqtga ko‘ra, ishchining ish haqi bajarilgan ishiga qarab va rag‘batlantirishni hisobga olib tayinlanadi. Agarda ushbu ishni bajaruvchi ishchilarni ko‘p qismi vaqt me’yorini 120 % bajarsa u holda vaqt me’yori qayta ko‘rib chiqiladi. Xuddi shu usulda bajarilgan ishlar yozib borilsa va sarflangan vaqt aniqlansa, bu usul ish joyini suratga olish usuli deb ham yuritiladi. 1.3.2-§. Texnologik jarayonlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari Ish joyiga texnik xizmat ko‘rsatishga quyidagilar kiradi: a) dastgohni sozlash va moslash; b) o‘tmaslashgan kesuvchi asbobni almashtirish; v) kesuvchi asbobni to‘g‘rilash (olmos yordamida); g) qirindidan (ish jarayonida) tozalash. Ish joyiga tashkiliy xizmat ko‘rsatishga quyidagilar kiradi: a) ish smenasining boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblarni saranjomlash; b) dastgohni moylash va tozalash; v) dastgohni ko‘zdan kechirish va sinab ko‘rish. Ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti asosiy texnologik vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ushbu vaqt miqdori asosiy va yordamchi vaqtlar yig‘indisi operativ vaqtiga nisbatan foizlarda aniqlanadi (ko‘p seriyali va yalpi ishlab chiqarish) va 3-5 % atrofida bo‘ladi. Tanaffuslar, dam olish va ishchining jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflangan vaqt. Bu vaqt ishlab chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Ogir va tez toliqtiruvchi ishlarda tanaffuslar va dam olish uchun vaqt ko‘zda tutiladi. Ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib, 2-3% ni tashkil etadi. 1.3.3-§. Texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligi Minimal tannarxga asoslangan variantlarni taqqoslash, ya‘ni taqqoslanuvchi variantlar o‘zini bajarilishi uchun qo‘shimcha kapital qurilishga sarflanuvchi mablag‘ni talab etmasa o‘tkaziladi. Bu holda, iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: E=(C b +C y )*B y bunda, C b ,C y , - bitta detalni bazaviy va yangi texnologiya bo‘yicha tayyorlash tannarxi: B y .—yangi texnologiya bo‘yicha detallar chiqarish hajmi, dona. Agar yangi TJ qo‘shimcha kapital xarajatni talab etsa, variantlarni taqqoslash xarajat yig‘indilarini taqqoslash yo‘li bilan olib borilishi kerak: Y=C+K bunda: K — berilgan TJ bo‘yicha kapital xarajat. Y — yig‘indi xarajat, har qaysi taqqoslanuvchi variant uchun aniqlanadi. Minimal xarajatli Ymin variant eng yaxshisi deb tan olinadi. Eng yaxshi variantni tatbiq etishdagi yillik iqtisodiy samaradorlik taqqoslanuvchisi bilan taqqoslash bo‘yicha shu variantlar xarajatlarining yig‘indilari ayirmasi bilan aniqlanadi: E y =Y i -Y min Muhim farqlanishlardan taqqoslanuvchi variantlar chiqarish hajmi. mahsulot sifati bo‘yicha va variantni amalga oshirish muddati bo‘yicha taqqoslanuvchi bo‘yicha oshgan, unda mahsulot tannarxi va bazaviy variant bo‘yicha qo‘yilgan kapital mablag‘ chiqarish hajmini yangi texnologiya bo‘yicha qayta hisoblash kerak: E y =(C b +K b )*(B y +B b )-(C y +K y ). bunda. C b ,C y - bazaviy va yangi texnologiyalar bo‘yicha detallar chiqarish hajmining tannarxlari; K b , K v - bazaviy va yangi texnologiyalar bo‘yicha sarflanadigan kapital mablag‘lar; B b , В y - bazaviy va yangi texnologiyalar bo‘yicha detallar chiqarish hajmi. Yillik iqtisodiy samaradorlikka qo‘shimcha qilib yangi variant bo‘yicha texnologik ta‘minot vositalari (TTV) uchun yillik hisobli qoplash muddati This ni aniqlash maqsadga muvofiq: This=(Ky-Kb)(Cb-Cy). Qoplash muddatini shunday muddat bilan solishtiriladiki, u korxona uchun, davlat, bank va qaysidir boshqa tashkilotlar TJ eskizini takomillashtirish yoki yangisini ishlab chiqish uchun kerakli zarur vositalarni ajratishi mumkin. 1.3.4-§. Texnik me‘yor tushunchasi Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling