Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
O‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
O‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar
1. Mashinasozlik texnologiyasi fanining asosiy maqsadi nima? 2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon tushunchalari nimalardan iborat? 3. Texnologik jarayon qaysi tarkibiy qismlarga bo‘linadi? 4. Donali, seriyali va yalpi ishlab chiqarishlarning bir-biridan farqi nimada? 5. Yillik ishlab chiqarish dasturi qanday aniqlanadi? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xidoyatov A.V. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Darslik. – T.: Tafakkur-bo‘stoni, 2020. - 366 b. 2. Xoliqberdiyev T.U. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari: Darslik. – T.: Noshir. 2012. – 416 b. 3. Бурцев В.М. и др. Технология машиностроения. В 2-х т. – М.: Изд. МГТУ им. Н.Э. Баумана. 1998-2001. 4. Суслов А.Г. Технология машиностроения. – М.: Машиностроение, 2004. 400 с. 13. www.ziyonet.uz 14. www.referat.uz 15. www.techmash.stankin.ru 16. www.tehdoc.ru MA‘RUZA № 4. TEXNIK ME‘YORLASH REJA: 1. Vaqt me‘yorlari 2. Texnologik jarayonlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 3. Texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligi 4. Texnik me‘yor tushunchasi 5. Ishlov berish vaqti me‘yori strukturasi 6. Vaqt me‘yorini elementlari bo‘yicha (oxirgi tayyorlov vaqti, asosiy vaqt, yordamchi vaqt, texnik va tashkiliy xizmat ko‘rsatish va fizik ehtiyojlar vaqtlarini) aniqlash usullari va tartibi 7. Texnologik jarayonni yaratishning dastlabki bosqichida iqtisodiy baholash 1.3.1-§. Vaqt me‘yorlari Vaqt me’yorini texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlarni, kesuvchi asboblarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga qo‘yilgan texnikaviy shartlarni inobatga olib aniqlanadi. Mashinasozlikda vaqt me’yorini belgilash metall kesish dastgohlarida bajariladigan alohida operatsiya uchun sarflangan vaqtni yoki vaqt birligi ichida tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir. Shunday qilib, texnik asoslangan vaqt me’yori deganda ma‘lum bir tashkiliy- texnikaviy sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg‘or usullar yordamida unumli foydalanib, texnologik jarayon operatsiyasini bajarish uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Vaqt me’yorini o‘rnatishda quyidagi shartlarni inobatga olish zarur: 1. ish ma‘lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur; 2. ushbu ishni bajarish uchun eng unumdor moslama va asboblar qo‘llanilishi zarur; 3. optimal kesish maromlari tanlanishi kerak, ko‘p keskichli dastgohlar va shu kabi yuqori unumdorlikka ega usullardan foydalanish zarur; 4. mexanik ishlov berish uchun qo‘yimlar miqdori to‘g‘ri belgilanishi kerak; 5. vaqt me’yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo‘lda bajariladigan ishlar kiritilmasligi kerak; 6. vaqt me’yoriga nuqsonli detallarni to‘g‘rilash va ularni o‘rniga boshqasini tayyorlash uchun sarflangan vaqt kiritilmaydi; 7. ishni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida ish o‘rniga chizmalar, materiallar, moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo‘yilishi zarur; 8. kesuvchi asboblarni charxlash markazlashgan bo‘lishi zarur; 9. charxlangan kesuvchi asbobni ish o‘rniga tayyor holda uzatiladi; 10. vaqt me’yoriga hal qilinmagan tashkiliy masalalar bo‘yicha to‘xtashlar uchun va boshqa ko‘rinishdagi uzilishlar uchun sarflangan vaqt kirmaydi; 11. vaqt me’yori normal ish sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur. Texnikaviy vaqt me’yori ishchining ish haqini belgilashda va mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasini tuzishda asosiy omillardan biri. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling