Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Texnologik jarayon material yoki zagotovkadan tayyor mahsulot olish 
maqsadida ularning shaklini, o‘lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik 
talablar asosida ketma-ket o‘zgartirishdan iborat. 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir 
qismidir. 
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo‘ladi: 
1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg‘alash, shtamplash yoki prokatdan 
tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish


2) mashina detallarini yakuniy shakl va o‘lchamlarga keltirish uchun metall 
kesish dastgohlarida ishlov berish; 
3) yig‘ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish; 
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish; 
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash; 
6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ularni sifat buzilmasligini ta‘minlash. 
Ishlab 
chiqarishda 
bajariladigan 
texnologik 
jarayonlarning 
barcha 
operatsiyalarida texnik nazorat o‘tkaziladi. Texnik nazorat o‘tkazishdan maqsad 
mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat. 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va mehnat resurslarini 
sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, 
namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qo‘llaniluvchi), 
marshrutli, operatsiya uchun va marshrutli-operatsiyali bo‘lishi mumkin. 
 
1.2.3-§. Ishlab chiqarish turlarida ishni tashkil qilish usullari va ularning ahamiyati 
Texnologik jarayonni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun 
tayyorlanayotgan detalning qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni 
ifodalovchi reja tuziladi. Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi. 
Shu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga 
bo‘linadi, bu qismlarning yig‘indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon 
quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi: texnologik operatsiya; holat; o‘tish; yurish; 
harakatlar yig‘indisi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling