Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
Bazalash noaniqligi deb, buyumni bazalarini yoki bazalarida joylashgan
nuqtalarini o‘zgarishi natijasida talab etilgan holatini o‘zgarishiga tushiniladi. (Misol tariqasida notekis polga o‘rnatilgan stolni tayanch nuqtalarini bildiruvchi to‘rtta ayoqlarini o‘zgarishini ko‘rib chiqish mumkin; stol qaysi joyi bilan tiranganligiga bog‘liq holda, pol bilan to‘rt ayog‘ini har xil uchtaligi kontaktda bo‘ladi). Detalni bazalash noaniqligi, detalni bazalovchi yuzalari va uni holatini aniqlovchi detallar (yoki detal) yuzalari orasidagi tutashuvni bir yoki ko‘p marta buzilishi bilan tavsiflanadi. Bazalash noaniqligi detalni nisbiy holatini yoki harakatini qo‘shimcha xatoliklarini keltirib chiqaradi. Noto‘g‘ri konstruktiv yechim odatda bazalashning asosiy qoidasiga rioya qilmaslik hisoblanadi. Masalan, o‘rnatuv baza sifatida kichik sirtlarni qabul qilmaslik kerak, yo‘naltiruvchi baza sifatida esa–uzunligi kalta sirtni (1.19–rasm, b, d lar). Detallarni qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirishlarda, qachon detalni o‘z xizmat vazifasini bajarish uchun mashinada bitta yoki bir nechta erkinlik darajasi qoldiriladi. Bunday holatlarda zarur va ruxsat etilgan tirqishlar hisoblanadi, bu tirqishlar uchun kerakli bo‘lgan qo‘yimlar tayinlanadi. Bunda ko‘pincha xatolikka yo‘l qo‘yilishi mumkin, chunki o‘tqazishni tanlash to‘g‘risidagi savol yassi masala sifatida yechiladi. Bu holda detalning o‘ziga fazoviy tana sifatida qaraladi. Natijada bitta detal nafaqat tirqish chegarasida ikki o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda jihozsiga nisbatan siljishi mumkin, balki ikki o‘q atrofida aylanishi ham mumkin, agarda, kerakli qiymati bo‘yicha ishorasi o‘zgaruvchan kuchlar va momentlar paydo bo‘lsa. Bunga misol qilib yo‘naltirgichli va bortshtangali yo‘nuv asboblarida detal teshiklariga mexanik ishlov berishlarni ko‘rsatish mumkin. Bayon etilganlardan ayonki, bazalash noaniqligi mavjud bo‘lganda doimo hisobga olish va detalni fazodagi mumkin bo‘lgan bazalash xatoliklarini hisoblash zarur. Detallarga ishlov berish xatoliklarini kamaytirishning vositalaridan biri, bazalash noaniqligidan sodir bo‘luvchi xatoliklarni yo‘qotish hisoblanadi, ya‘ni yuqorida sanab o‘tilgan hamma talablarga rioya qilish yo‘li bilan detallarni bazalash aniqligini ta‘minlash kerak. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling