Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xidoyatov A.V. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Darslik. – T.: Tafakkur-bo‘stoni, 2020. - 366 b. 2. Xoliqberdiyev T.U. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari: Darslik. – T.: Noshir. 2012. – 416 b. 3. Бурцев В.М. и др. Технология машиностроения. В 2-х т. – М.: Изд. МГТУ им. Н.Э. Баумана. 1998-2001. 4. Суслов А.Г. Технология машиностроения. – М.: Машиностроение, 2004. 400 с. 5. Н.Ф. Пашкевич и др. Технология машиностроения: уч. пос. /под ред. Пашкевича Н.Ф. / Минск: Новое знание. 2008. – 478 с. 13. www.ziyonet.uz 14. www.referat.uz 15. www.techmash.stankin.ru 16. www.tehdoc.ru MA‘RUZA № 6. MASHINASOZLIKDA ANIQLIK VA UNGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR REJA: 1. Aniqlik haqida tushuncha 2. Aniqlikka ta‘sir etuvchi asosiy omillar 3. Stanokning noaniqligi 4. Kesuvchi asbob va yordamchi asbob hamda moslamalarni tayyorlash aniqligi va ularning ishlash davomida yeyilishi 5. Kesuvchi asbobni o‘rnatish va stanokni sozlash 6. Zagotovkani stanok va moslamaga o‘rnatish va bazalash xatoligi 7. Texnologik tizimga ta‘sir etuvchi kuchlar ta‘siri ostida stanok detallarining, ishlov beriladigan detalning va asbobning deformatsiyalanishi 8. Texnologik tizim bikrligi 9. Issiqlik deformatsiyalari va ichki kuchlanishlar 10. Ishlov berishning umumiy xatoligi 2.1.1-§. Aniqlik haqida tushuncha Mashina va mexanizmlarni loyihalashda kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlilik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi. Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tug‘iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo‘lgan detalning aniqligi qator omillarga bog‘liq bo‘ladi va quyidagilar bilan ifodalanadi: a) detalning yoki uning alohida konstruktiv elementlarining to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ishi; b) detalning haqiqiy o‘lchamlarini uning nominal o‘lchamlaridan og‘ishi; v) detalning yuzalarini, o‘qlarini o‘zaro aniq joylashishdan og‘ishi (masalan: o‘zaro paralellikdan og‘ish, o‘zaro perpendikulyarlikdan og‘ish va shu kabilar). Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Detalning aniqligi qancha yuqori bo‘lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan bo‘lib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning dopusk maydoni ortib boradi. IT 01,0,1 tekis parallel yakuniy o‘lchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 2,3,4 chegaraviy kalibrlar va alohida aniqlikka ega bo‘lgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha yig‘ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar o‘lchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past aniqlikdagi o‘lchamlar uchun. Yalpi va ko‘p seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli o‘lchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida esa qo‘shimcha yakunlovchi operatsiyalar qo‘llash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta‘minlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida detalning aniqligi qator omillarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularni olib bo‘lishi mumkin bo‘lgan aniqlik bo‘yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo‘yicha tayyorlanadi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling