Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zagotovkaning materiali
- Zagotovkaning shakli va o‘lchamlari
- Zagotovkani turi va uni olish usuli
- Detal yuzalarning aniqligi
Analitik usul bilan qo‘yimlar miqdori aniq hisoblanadi va bu usulda quyidagi
formulalardan foydalaniladi. a) tekis yuzalarga ishlov berishda (3.1) bu yerda: R z - yuzaning g‘adir-budirligi, mkm; H - nuqsonli qatlam qalinligi, mkm; r- detal shaklining fazoviy og‘ishlar miqdori, mkm; ε y - bajarilayotgan operatsiyada zagotovkaning dastgoh moslamasiga o‘rnatish xatoligi, mkm; i – detal yuzasiga ishlov berish tartib raqami; i-1 – detal yuzasiga ishlov berishdan avvalgi tartib raqami. b) bir-biriga qarama-qarshi joylashgan (simmetrik) tekis yuzalarni parallel ishlov berishda: (3.2) v) ichki va tashki aylanish o‘qiga ega bo‘lgan yuzalarga ishlov berishda: (3.3) g) silindrsimon detallarning yuzalariga markazlarga o‘rnatilgan holda ishlov berishda: (3.4) Yuqorida keltirilgan formulalardan ko‘rinib turibdiki, qo‘yim miqdoriga quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi: a) zagotovka materiali; b) zagotovkaning shakli va o‘lchamlari; v) zagotovka turi va uni olish usullari; g) mexanik ishlov berishni amalga oshirish bo‘yicha qo‘yilgan talablar; d) detallar o‘lchamlarining aniqligi, yuza tozaligiga qo‘yiladigan talablar. 1. Zagotovkaning materiali. Yuqorida zagotovka turlarini ko‘rib chiqilganda eslatib o‘tilganidek zagotovka materiali bevosita uni ishlab chiqarish turini belgilaydi. Shuning uchun quyma zagotovkada qo‘yim miqdori boshqa tur zagotovkalarga nisbatan yuqori bo‘ladi. 2. Zagotovkaning shakli va o‘lchamlari. Zagotovkani shakli murakkab bo‘lsa u holda ular bolg‘alab tayyorlanadi, natijada qo‘yim miqdori ortib boradi. Xuddi shuningdek, murakkab shaklli zagotovkalarni shtamplashda ham bir konstruktiv elementdan ikkinchisiga o‘tishda qiyaliklar, qabariqlar hosil qilishga to‘g‘ri keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘yimning ortib ketishiga olib keladi. 3. Katta o‘lchamdagi zagotovkalarni quyish vaqtida metallarni cho‘kishini hisobga olib katta miqdorda qo‘yim qoldiriladi. 4. Zagotovkani turi va uni olish usuli. Ma‘lumki, zagotovkalar quyma, bolg‘alangan, shatmplangan va prokatdan tayyorlanishi mumkin. Masalan, yerdagi qoliplarga yoki metall qoliplarga quyish mumkin (bu o‘z navbatida ishlab chiqarish turiga bog‘liq bo‘ladi). Ko‘rinib turibdiki, yerdagi qolipga quyilganda albatta qo‘yim miqdori yuqori bo‘ladi. Xuddi shu kabi markazdan qochma kuch ta‘sirida quyish bilan eruvchi modellar bo‘yicha quyishni taqqoslash mumkin. Bu holda ikkinchi usulda qo‘yim miqdori kamroq bo‘ladi va h.k. 5. Mexanik ishlov berishni amalga oshirish bo‘yicha qo‘yilgan talablar. Detalga aniqlik va tozalik bo‘yicha qo‘yilgan talablar uning yuzalariga mexanik ishlov berish ketma-ketiligini belgilaydi. Shu ketma-ketlik asosida mexanik ishlov berishni turli usullaridan foydalaniladi. Detal yuzasiga qancha ko‘p marta mexanik ishlov berish talab qilinsa, qo‘yim miqdori ortib boradi. Bundan tashqari, detallarga mexanik ishlov berish operatsiyalarni oralig‘ida termik ishlov berilsa uning o‘lchamlari o‘zgarib qolishi mumkin. Shuning uchun ham mexanik ishlov berish uchun qo‘yim miqdori orttiriladi. 6. Detal yuzalarning aniqligi, tozaligiga qo‘yilgan talablar. Detal yuzalarining aniqligi, tozaligi qancha yuqori bo‘lsa, bu yuzalarni tayyorlash shuncha murakkab bo‘ladi. Natijada bir necha bor mexanik ishlov berish zarur bo‘ladi. Bu esa qo‘yimlar miqdorini ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, detalning har-bir o‘rnatishdagi xatoliklarni, termik ishlov natijasida o‘lchamlarni o‘zgarishini inobatga olib qo‘yim miqdorini orttirib borishga to‘g‘ri keladi, chunki mexanik ishlov berishda ushbu xatoliklarni hisobga oluvchi qo‘yim olib tashlanishi kerak. 3.1.3-§. Qo‘shim kattaligini aniqlash Detallarni sirtqi qatlamini toblashdan keyin ham bu sirtqi qatlamni maksimal darajada saqlab qolish kerak, chunki uning bebaho xususiyati, olib tashlanuvchi qo‘shim miqdorini oshirish bilan tez pasayadi. 3.4-rasm. Tanavorni sirtqi qatlamlari: a) tashqi sirt qatlami; b) ichki sirt qatlami; d) minimal qo‘shimni hisoblash sxemasi. 3.4-rasmda tanavor sirtqi qatlamining sxemasi ko‘rsatilgan, bunda A-sirtqi qatlamni kesib olib tashlanuvchi nuqsonli qismi, B-sirtqi qatlamni olib tashlanmaydigan qismi, C-metallni tabiiy strukturasi. 3. ρ i-1 -ishlanuvchi yuzalarning baza yuzalarga nisbatan fazoviy og‘ishi (3.4, d- va 3.5, a -rasmlar). Fazoviy og‘ishlarga: vtulkalar, disklar va gilzalar tanavorlaridagi tashqi yuzalar va teshiklarning bir o‘qli emasligi; zinali vallar tanavorlaridagi zinalarning bazaviy bo‘yinlariga yoki markaziy teshiklar chiziqlari bir o‘qli emasligi; tanavorni silindrik yuza bazaviy o‘qiga yon yuzasining noperpendikulyarligi; korpusli detallar tanavorlaridagi ishlanuvchi, bazaviy yuzalarning noparallelligi va ishlanuvchi hamda bazaviy elementlarning o‘zaro holatlarining jihoz xatoliklari kiradi. 3.5-rasm. Ishlanuvchi sirtlar fazoviy og‘ishlarini qatlamga ta‘sirini ko‘rsatuvchi sxema: a) vtulka uch quloqli patronda; b) val markazlarda. 3.5, a-rasmda vtulka tashqi va ichki yuzalarining bir o‘qli emasligi ρ i-1 ni teshikni yo‘nish uchun ajratilgan qatlamga ta‘sirini tasvirlovchi sxema ko‘rsatilgan. Vtulka o‘zining tashqi (bazaviy) yuzasi bilan uch quloqli o‘zaro markazlashuvchi patronga mahkamlangan. Shtrixli chiziq teshikka ishlov berilishi kerak bo‘lgan D -diametrni tavsiflaydi: sxemadan ko‘rinib turibdiki, ya‘ni diametr uchun oraliq qo‘shimni tashkil etuvchisi, 2 ρ i-1 ga teng. Tanavor teshigining diametri d faqat shu tashkil etuvchini hisobga olganda d=D- 2 ρ i-1 ga teng qilib olish kerak. 3.5,b -rasmda qalinlashgan pog‘ona bo‘ynini bir o‘qlik emasligi ρ i-1 ni (tanavorni egilganligi natijasida) shu bo‘yinni yo‘nish uchun qoldirilgan qo‘shimga ta‘sirining sxemasi ko‘rsatilgan. Oldingi holdagiga o‘xshagan oraliq qatlamni qo‘shimcha tashkil etuvchisi bir o‘qli emaslikni kompensatsiyalash uchun 2ρ i-1 ga teng. O‘z navbatida, ρ i- 1 ni tanavor o‘lchamlari va egilganlik e orqali taxminan ifodalash mumkin. Egilgan o‘qni siniq chiziq bilan almashtirib, taxminan olamiz, x e i l L ) / ( 2 1 Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling