Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


chizmada barcha sirtlar Rz = 40 mkm da ishlov beriladi; 3


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

chizmada barcha sirtlar Rz = 40 mkm da ishlov beriladi; 3chizma bo‘yicha detal 
chizmasida kursatilgan uchta belgisi bor sirtdan tashqari hamma sirtlarga ishlov 
berilmaydi, chunki bu sirtlar tanavor tayyorlagan jarayonda hosil bo‘lganligicha 
qoldiriladi. 
Sirt g‘adir–budirligi detallarni xizmat vazifasiga va ekspluatatsiya qilish 
sharoitlariga ko‘ra konstruktor tomonidan tayinlanadi. Berilgan g‘adir–budurlik 
parametrlari ishlab chiqarish jaryonida ta‘minlanadi. 
Tutashtirilgan yuzalarni ekspluatatsiya qilishning birinchi bosqichida ularning 
ishlovchanligi yuzaga keladi. Sirt g‘adir-budirliklari o‘zgaradi, tutashtiriluvchi detallar 
esa, o‘zga sharoitda ishlay boshlaydilar. Ishlovchanlik jarayoni mashinalarning xizmat 
qilish muddatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Yuzalarga ishlov berish usuliga bog‘liq holda ishlovchanlik jarayonining 
intensivligi har xil bo‘ladi.
Кo‘rinib turibdiki, mashina detallarini yuzalariga g‘adir–budirlik parametrlarini 
tayinlash bilan konstruktor mashinalar va ularning detallarini sifatli tayyorlashga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Rossiya standarti bo‘yicha g‘adir–budirlikning oltita 
parametri taklif etilgan. 
G‘adir-budirlikka ta‘sir qiluvchi faktorlarga: V–kesish tezligi, S– surish va 
keskichning 

– oldingi va 

– orqa burchaklari sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
2.25–rasmda g‘adir–budirlikka V–tezlik va S–surilishlarning ta‘sirini 
ifodalovchi grafiklar ko‘rsatilgan. 
Qovushqoq materiallarga ishlov berishda keskichlarda o‘simtalar hosil 
bo‘lganligi uchun R
z 
ning eng katta qiymati = 20...25 m/min tezlikda hosil bo‘ladi. 
Biroq, kesish tezligini oshirish bilan o‘simta paydo bo‘lish effekti pasayadi va g‘adir–
budirlik kamayadi. 
Surish S g‘adir–budirlikka, qo‘llaniluvchi keskich asbobga va ishlov berish 
sharoitiga bog‘liq holda ta‘sir ko‘rsatadi. Plandagi burchagi 45

standart keskichlar
bilan yo‘nishda va keskich uchi kichik radiusli doiralashda (2mm gacha) surish, g‘adir–


budirlikka sezilarli ta‘sir qiladi (1– egri chiziq). Agar keng qirrali keskich bilan ishlov 
berilsa, g‘adir-budirlikka ta‘sir qilmaydi (2–egri chiziq). Parmalashda, zenkerlashda, 
toretsli va silindrik frezalashda surishni o‘zgartirish g‘adir – budirlikka bo‘sh ta‘sir 
etadi (3–egri chiziq). Кesish chuqurligi ham g‘adir-budirlikka kam ta‘sir etadi. 
2.25-rasm. 
Кesish asboblarining geometrik parametrlari 2.25-rasm. G‘adir-budirlikning (a)-
kesish tezligiga va turli darajada ta‘sir ko‘rsatadi. 

va 

burchaklarini (b)-surishga 
bog‘liqligi grafigi ta‘sirida R
a
va R
z 
parametrlar ham kam miqdorda o‘zgaradi. 

va 

1
burchaklarini kichiklashtirishda esa, g‘adir-budirlik sezilarli kamayadi. 
G‘adir-budirlikka texnologik tizimning bikirligi ta‘sirini qurollanmagan ko‘z 
bilan ham ko‘rish mumkin. Bu tokarlik ishlov berish misolida yaqqol ko‘rinib turibdi 
(2.26–rasm). Кonsol qilib mahkamlangan tanavorga ishlov berishda (2.26,a–rasm) 
valning bo‘sh chetida g‘adir-budurlik o‘zgarishsiz ortadi va R
z
 
max
/R
z
 
min
nisbat tanavor 
L uzunligini uning D diametriga nisbati bilan aniqlanadi. Bu nisbat 2,5...3 gacha etishi 
mumkin.
Markazlarda yoki tanavorni chap uchini patronga mahkamlab, o‘ng uchini esa, 
markaz bilan tirab ishlov berilganda g‘adir-budirlik epyurasi, shuningdek, tanavor 
o‘lchamlarining nisbatiga bog‘liq (2.26,b–rasm). L/D=15 da eng katta g‘adir–budirlik 
taxminan tanavorning o‘rta qismida kuzatiladi, L/D=10 da esa o‘ng chetiga yaqinroq 
joyida bo‘ladi. 


2.26–rasm. Texnologik tizim bikirligining sirt g‘adir-budirligiga ta‘siri. 
 
Amalda ishlov berishning o‘ziga xos xususiyatlari (ishlov berish rejimlari, asbob 
parametrlari, tizim bikirligi va boshq.) g‘adir-budirlikka bir vaqtda ta‘sir ko‘rsatadi. Bu 
hamma parametrlarini hisobga oluvchi g‘adir–budirlikning R
a
empirik ifodalari [5] da 
keltirilgan. 
 
2.3.4-§. Sirtqi qatlamlarning fiziko-mexanik xossalari 
Tanavorlar va mashina detallari sirtqi qatlamlarining fizik-mexanik xossalari 
o‘zga xossalaridan doimo farq qiladi. Bu tanavorlar va detallarni tayyorlashda sodir 
bo‘luvchi jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan,
pokovkalar sirtlari shtamplar, bolg‘alar va jihozlarning jihoz qismlari ta‘sir etish 
sinovidan o‘tadi, quymalar sirtlarining sovish sharoiti, markazlarida sovish sharoitidan 
farq qiladi, keskich asbobning ta‘siri ham detalning sirti va markazida turlicha bo‘ladi. 
Sirtqi qatlam doimo kuchlanishga ega, u material markazidagi kuchlanishdan 
doimo farq qiladi. Bunday vaziyat buyumlarning xizmat qilish xususiyatlariga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Sirtqi qatlamlarning kuchlanganliklari detallarning chidamliklariga 
o‘tkazgan ta‘siridan namoyon bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, sirtqi qatlamning siquvchi kuchlanishi yeyilishga 
turg‘unlikni oshiradi. Bu xulosa ayniqsa texnologik jarayonlarni va marshrutlarni 
tuzish uchun muhimdir. 
Sirtqi qatlam kuchlanishlarning miqdori va ishorasi butunlay ishlov berish usuli 
bilan aniqlanadi. Agarda TJ o‘tkazilishi natijasida qatlamda tortuvchi kuchlanish hosil 
bo‘lsa , unda ularni mashinani ekspluatatsiya qilish jarayonida detalni yuklashda 
vujudga keluvchi kuchlanish bilan qo‘shish mumkin, bu esa mustahkamlik 
xususiyatini pasayishiga va hatto detallarni sinishiga olib kelishi mumkin. Tortuvchi 


kuchlanishlar detalning jihoz xizmat qilish tavsiflariga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun shunday TJ lar tanlab olinishi kerakki, sirtqi qatlamlarda tortuvchi 
kuchlanishlar bo‘lmasin.
Hozirgi vaqtda sirtqi qatlamlarda qo‘shimcha kuchlanishlar amalda vujudga 
kelmaydi, masalan, elektrokimyoviy ishlov berish usulida TJ lar ishlab chiqilgan. 
Sirtqi qatlamda mo‘ljallangan fizik–mexanik xossa yaratish uchun turli 
texnologik ta‘sir etish usullar qo‘llaniladi. Eng katta effekt beradigan usullardan sirtqi 
qatlamda siquvchi kuchlanish yaratuvchisi hisoblanadi. Tanavorlarga turlicha 
texnologik usullar bilan ishlov berishda sirtqi qatlam turlicha deformatsiyalanadi va 
parchinlanadi. 
Deformatsiyalanadigan sirtqi qatlam chuqurligi turli ishlov berish usullarida 
quyidagi 2.5–jadvalda berilgan. 
Javobgarligi yuqori bo‘lgan detallarning sirtqi qatlamlarida parchinlangan 
deformatsiyalangan qatlamlar va siqiluvchi kuchlanish barpo etish uchun drobstruyali 
ishlov berish usuli muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. 
Roliklar yordamida obkatkalash usuli sirtqi qatlamda siqiluvchi kuchlanish 
yaratib detallarni charchash mustahkamligini oshiradi. Obkatkali ishlov berish usuli 
ayniqsa charchash sharoitida ishlovchi rezbalarni olishda yaxshi natijalar beradi. 
Yakuniy ishlov berilgan yuzalarning mustahkamligini oshirishda olmosli 
dazmollash usulini qo‘llash ham sezilarli qulayliklar yaratadi. 
Sirtlarga ishlov berishning turli ko‘rinishlarining ta‘sirini ularning fizik 
xossalariga va sirtni parchinli pog‘onalarini hamda o‘zagiga bo‘lgan munosabatlar, 
ma‘lumot beruvchi adabiyotlarda keltirilgan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling