Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
§. Detal sirt to‘lqinsimonligi va g‘adir-budirligi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
2.3.3-§. Detal sirt to‘lqinsimonligi va g‘adir-budirligi
Mashinasozlik uchun sirtqi qatlam sifati juda ham katta ahamiyatga ega. Sifatni baholash uchun g‘adir–budirlik, to‘lqinsimonlik va jihoz sonli parametrlar qo‘llaniladi. G‘adir-budirlik deb, –bazaviy uzunlikda nisbatan qadami uncha katta bo‘lmagan mikroizlar majmuiga aytiladi. To‘lqinsimonlik deb, g‘adir-budirlikni o‘lchash uchun qabul qilingan bazaviy uzunlikdan qadami sezilarli katta bo‘lgan, periodik navbatma-navbat keluvchi notekisliklarga aytiladi. To‘lqinsimonlik yuzalar g‘adir-budirliklari bilan shakl og‘ishlarning o‘rtasini egallaydi. 2.22-rasm. G‘adir-budirlik uchun L/H < 50, to‘lqinsimonlik uchun L/H t =50...1000 (2.22– rasm) va shakl og‘ish uchun L/H t > 1000.H va H t qiymatlar mikrometr ulushidan boshlab o‘n millimetrlargacha bo‘lgan 2.22-rasm. Sirt g‘adir-budirligi oraliqda yotadi. G‘adir-budirlikni baholashda va to‘lqinsimonligi nafaqat L va H lar hisobga olinadi, balki mikrobo‘rtiqlar shaklini ham, chunki u detallar xossalariga hal qiluvchi omil sifatida ta‘sir ko‘rsatadi. Ғadir–budirlik uch parametr R a , R z va R max , ikkita qadam parametri S, S m va t p mikroprofil nisbiy tayanch uzunligi bo‘yicha baholanadi. R a -profilni o‘rtacha arifmetik og‘ishi deb ataladi. (2.22-rasm). R l y dx a 1 0 1 yoki taxminan n i i a y n R 1 1 (2.48) bunda n– bazaviy uzunlik l da tanlangan nuqtalar soni; 2.23-rasm. G‘adir-budirlikning profili va parametrlari. y i – profilning og‘ishi, ya‘ni profilning har qanday nuqtasi va o‘rta chiziq orasidagi masofa. y masofa ishorasiga qaramasdan ordinatasi kabi olinadi, ya‘ni m chiziq usti va ostida (2.23– rasmda chap va o‘ng qismlarida vertikal chiziqlar ko‘rinishida ko‘rsatilgan). R z parametr – o‘nta nuqta bo‘yicha notekisliklar balandligi – bazaviy uzunlik oralig‘ida, profil bo‘rtiqlarining beshta eng katta balandliklari va botiqlarining beshta eng katta chuqurliklari o‘rtacha absolyut qiymatlarini yig‘indisini bildiradi; 5 1 min 5 1 max 5 1 i i i i z H H R , (2.49) bunda, H i max – profilning beshta eng katta maksimumlarining og‘ishi; H i min – profilning beshta eng katta minimumlarining og‘ishi. Profilning o‘rinli bo‘rtiqlarining S o‘rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig‘ida o‘rinlik bo‘rtiqliklar qadamini o‘rtacha qiymatiga aytiladi. Profilning notekisliklarini S m o‘rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig‘ida o‘rtacha chiziq bo‘yicha profil notekisliklari qadamini o‘rtacha qiymatiga aytiladi. Profil r tayanch uzunligi bazaviy uzunlik oralig‘ida o‘rta chiziqqa parallel bo‘lgan mikronotekisliklar chizig‘idan berilgan kesimda ajratiluvchi bo‘laklar uzunliklari yig‘indisi bilan aniqlanadi. Profil t p nisbiy tayanch uzunligi, profil tayanch uzunligini bazaviy uzunlikka bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. n i i p p b l l t 1 1 , (2.50) bunda r– profil kesimi darajasi; b i mikrobo‘rtiqda ajratiluvchi bo‘lak uzunligi. G‘adir–budirliklarni balandlik parametrlarining (R a , R z va R max ) korrelyatsion bog‘liqligi mavjud. Yassi balandlik va pardozlov – mustahkamlovchi ishlov berish uchun o‘rtacha R max = 5,0∙R a , R z = 4,0∙R a ; yo‘nish, randalash, frezalash uchun R max = 6,0∙ R a , R z = 5,0 ∙R a ; qolgan ishlov berish usullari uchun R max = 7,0 ∙R a , R z = 5,5∙R a . G‘adir–budirlikni baholash uchun oltita parametrni kiritilishining asosiy fikri shundan iboratki, ularning yordamida detallarni xizmat vazifalariga va ekspluatatsiya qilish sharoitiga bog‘lab, g‘adir-budirlikni reglamentlashtirish mumkin. G‘adir–budirlik detallarning chizmalarida konstruktor tomonidan o‘rnatilishi bizga ma‘lum. G‘adir–budirlikning strukturaviy tuzilishi, shartli belgilari va belgilanishi 2.24–rasmda ko‘rsatilgan. 2.24,a–rasmda 1–tokchada ma‘lum tartibda g‘adir–budirlik parametrlari ko‘rsatiladi (sonli belgilash misoli 2.24,b–rasmda ko‘rsatilgan), 2–tokchaga zarurat tug‘ilgan hollarda ishlov berishning ko‘rinishi va boshqa qo‘shimcha berilganlar, 3–tokchaga standartdan olingan baza uzunligi, 4– tokchaga esa ishlov berishdagi shtrixlarni yo‘nalishini shartli belgilari yoziladi. t 50 80 belgi (2.24,b–rasmga qar.) profil kesimi darajasi r = 50% bo‘lganda nisbiy tayanch uzunligi 80% kabi talqin etiladi. 2.24–rasmdagi d, e, f, va g belgilashlarni ko‘rib chiqamiz: Sirt g‘adir–budirligini belgilashda, bu konstruktor tomonidan o‘rnatilmagan bo‘lsa d–belgi qabul qilinadi. Sirt g‘adir–budirligini belgilashda, u material qatlamini olib tashlash bilan hosil bo‘lsa; yo‘nish, frezalash, parmalash, jilvirlash, silliqlash, kimiyoviy va sh. o‘., e–belgi qo‘llaniladi. 2.29-rasm. Sirt g‘adir-budirligini belgilash strukturasi. Sirt g‘adir–bulirligini belgilashda, u, material qatlamini olib tashlamasdan, masalan quyish, bolg‘alash, hajmiy shtamplash, prokatlab, cho‘zish va sh. o‘., bilan hosil qilinsa f – belgi qabul qilinadi. g – da yuqorida keltirilga sirt g‘adir-budurligi shartli belgilarining chizmalarda o‘rnatish misoli keltirilgan: 1–chizmada ko‘rsatilgan 3 ta sirtdan qolgan hamma sirtlar Rz = 40 mkm ni ta‘minlagan holda ishlanadi; 2– Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling