Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


partiya detallari uchun qurish mumkin (2.20, a –rasm)


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)


partiya detallari uchun qurish mumkin (2.20, a –rasm). 
2.20,b –rasmda, vertikal o‘qi bo‘yicha har bir guruhga kiruvchi detallar 
o‘lchamlarining o‘rtacha arifmetik qiymati belgilangan diagramma ko‘rsatilgan. Bu 
berilgan vaziyatda bajariluvchi o‘lchamlarni umumiy o‘zgarish tendensiyasini anglab 
olish ancha yaxshi bo‘ladi. 
2.20,b –rasmdan, keskich yeyilishini uzluksiz o‘tishi va dastgohni periodik 
sozlanishi natijasida o‘lchamlar o‘zgarishlarining periodikligi yaqqol ko‘zga ko‘rinib 
turibdi. Nuqtali diagrammalar xususiyatini, sanoatda mahsulotlarni statistik nazorat 
qilish usulini qo‘llashning rivojlanishiga bog‘liq holda batafsil o‘rganila boshlandi. 
Bu usulning mohiyati shu xulosaga olib keladiki, ya‘ni berilgan mahsulotni 
tayyorlash jarayonida periodik ravishda soni ikkitadan o‘ntagacha bo‘lgan detallar 
olinadi. Universal asboblarda o‘lchanuvchi bu detallarni o‘lchash natijalari, tezlikda 
hisob–kitob qilinadi va maxsus (nazorat) diagrammaga kiritiladi. Bu diagrammada 
ikkita parallel aa qo‘yim maydonini chegaralarini aniqlovchi va bb to‘g‘ri chiziqlar 
guruhlar o‘rtachalarini taqsimot maydonini aniqlovchi va nazorat to‘g‘ri chiziqlari deb 
ataluvchi chiziqlar ko‘zda tutilgan (2.21–rasm). Bu shakl bo‘yicha, avval ishlash 
jarayoni o‘zgarishsiz normal o‘tadi va siniq chiziq nazorat chiziqlaridan chetga 
chiqmaydi.


2.20-rasm. Nuqtali diagrammalar. 
2.21-rasm. Statistik nazorat uchun nazorat diagrammasi. 
A guruhini nazorat qilinganda siniq chiziqning nazorat chizig‘idan chetga 
chiqishi kuzatiladi. Bu dastgoh asbobini rostlash va almashtirish bilan yoki 
tayanchlarni holatini tekshirish bilan sozlash uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. 
Nazorat diagrammalarida nafaqat gruppaviy o‘rtachalarigina, balki, ishlov 
berish jarayonini stabilligini tavsiflovchi jihoz parametrlar ham kiritilishi mumkin. 
Hozirgi zamonda statistik nazorat usullari kompyuter va avtomatik priborlarning 
keng qo‘llanilishi natijasida yana ham takommillashtirilgan. 
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda, jarayonni avtomatik jihozlovchi va 
statistik o‘lchab, tahlil qilib, bir zumda tuzatishlar kirituvchi avtomatik pribor va 
qurilmalar keng qo‘llanilmoqda. 
Statistik usullarni qo‘llashda nazoratchilarning soni sezilarli kamaymoqda, 
chunki faqat 5-10 % detallargina nazorat qilinadi xolos. 


Texnik adabiyotlarda, yuqorida keltirilgan usullardan tashqari, detallar 
to‘plamlari o‘lchamlarining egri chiziq taqsimoti parametrlari bo‘yicha o‘zgaruvchan 
xatoliklarni ta‘sirini aniqlovchi aniqlik diagrammasi deb ataluvchi diagrammalar 
qurish usuli ham bor. Ularning kamchiligi ham ko‘p sonli detallarni o‘lchab, statistik 
ma‘lumot to‘plash asosiga bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayonlarni bajarishdan 
iboratdir. Lekin bu ishlarni EHM va kompyuter vositalari tezroq bajaradi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling