Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Asosiy vositalarning texnik xolatini tahlili


Download 498.65 Kb.
bet11/18
Sana17.06.2023
Hajmi498.65 Kb.
#1526095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
4 kurs Munisa hisoboti (2)

Asosiy vositalarning texnik xolatini tahlili



yil boshiga

yil oxiriga

Farq (+;-)

1

Asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati

6 955 448,57

7 066 439,57

110 991,00

2

Eskirish qiymati

2 824 431,77

3 607 712,74

783 280,97

3

Qoldiq qiymati

4 131 016,80

3 458 726,83

-672 289,97

4

Eskirish koefitsienti % ko’rinishida

0,406074711

0,510541795

0,1044

5

Yaroqlilik darajasi % ko’rinishida

0,593925289

0,489458205

-0,1044

Yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida biz Muslimbek Fayz Plast MCHJ ning asosiy vositalarini texnik holatiga baho berishimiz mumkin bo'ladi. Ma'lumotlardan ko'rinadiki, korxonada yil oxirida asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi yil boshiga nisbatan 0,10% ga kamaygan. Korxonada asosiy vositalarning texnik holati ijobiy tomonga o'zgargan bo'lsada, asosiy vositalarning umumiy texnik holati yetarli darajada deb baholay olmaymiz. Chunki, asosiy vositalarning teng yarmiga yaqini eskirganligi bu yaxshi natija emas. Shu sababli ham korxona ma'muriyati asosiy vositalarini yanada ko'proq qismini yangilab borish choralarini izlab topishi maqsadga muvofiq bo'ladi.


9jadval
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi va qurollanganligining tahlili

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

1

2

3

4

Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda

6 955 448

7 066 439

110 991

Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi

19

23

4

Bir xodimga to‘yori keladigan asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, so‘m

366076

307236

-58840
  1. Pul oqimlarining tahlili


Ilova
  1. Korxonalarningxususiykapitalitarkibitahlili.


Hususiy kapital dinamikasini tahlili.

Ko‘rsatkichlar

yil boshiga
qoldiq

O‘zgarishi

Yil oxiriga
qoldiq

ko‘’a-yishi

kama-yishi

1

2

3

4

5

1.Ustav kapitali

65000000










2.qo‘shilgan kapital

5000000










3.Rezerv kapitali

35000000










4.Taqsimlanmagan foyda

12500000










5.Hususiy kapital bilan qo‘lanmagan zarar

0










JAMI:

230000000









  1. Ta’sis hujjatlari, ustav kapitali vata’sischilar bilan hisoblashishning auditini o‘rganish.


Umumiy olganda auditor qaysi korxonani tekshirishidan qat’ir nazar korxona bilan, uning ta’sis hujjatlari, ustav kapitali, ta’sischilarini o’rganib chiqadi. Ta'sis hujjatlari va ta'sischilar bilan hisob-kitob bo`yicha auditning umumiy rejasi:
Tekshirilayotgan korxona____________________________________
Audit davri_______________________________________________
Odam-soat miqdori_________________________________________
Auditorlik guruhining rahbari______________________________
Auditorlik guruhining tarkibi______________________________
Rejalashtirilgan auditorlik tavakkalchiligi__________________
Rejalishtirilgan auditorlik ahamiyatliligi__________________
Auditorlik tashkiloti rahbari _____________ __________
(Imzo )
Auditorlik guruhi rahbari _________________ ____________
(Imzo)
Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o`z vaqtida, ya'ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e'lon qilingan kirim ulushi to`liq kiritilganligi va shakllanish manbalari (ta'sischilarning yoki ishtirokchilarning xususiy mablag`lari hisobiga, uchinchi shaxslar ulushlari hisobiga) aniqlanadi.
Ustav kapitali- bu xojalik yurituvchi subyektning Nizomida ro`yxatga olingan kapitalning eng kam miqdoridir.Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg`armasi) bu korxona tashkil etilishida, uning ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda faoliyatini amalga oshirish uchun ishtirokchilar (mulk egalari) tomonidan mol-mulkka kiritilgan ulushlarining yig`indisi hisoblanadi.21-son BHMS ga binoan, Korxona ustav kapitalining holati va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

  • 8310 - «Oddiy Aksiyalar»;

  • 8320 - «Imtiyozli aksiyalar»;

  • 8330 - «Pay va ulushlar»;

Bozor sharoitida Nizom kapitali, bir tomondan, korxona mol-mulki qiymatini, ikkinchi tomondan esa - ta'sischilar, investorlar oldida korxona majburiyatlari bo`yicha summalarni ifoda etadi. Nizom kapitali bo`yicha moliyaviy-xojalik operatsiyalarni aks etish tartibi bo`yicha o`zgarishlar respublikada hosil bo`lgan zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan. Nizom kapitalining shakllanishi amaldagi qonunchilik va ta'sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nizom kapitalining shakllanishi xojalik subyektining mulkka egalik qilish shaklidan kelib chiqqan holda: aksiyadorlik jamiyatlarida - aksiyadorlar aksiyalarga yozilganligi hisobiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda - har bir ishtirokchining bergan ulushi hisobiga, davlat korxonalarida-mazkur iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki hisobiga amalga oshiriladi. Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat. Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
-ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
-ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi;
-ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini tekshirish;
-ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
-ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekistonRespublikasi qonunchiligiga muvofiqligi;
-ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
-ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
-ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
-ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;
-ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
-korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari;
-ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi);
-moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
-ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobgaolgan holda shakllantiriladi.

  1. Download 498.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling