Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi
Mamlakatlarning tashqi savdo kvotasi kо‘rsatkichlari
Download 0.59 Mb.
|
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTIDA MAMLAKATLARNING ISHTIROKI DARAJASI VA XARAKTERI KO`RSATKICHLARINI BAHOLASH
Mamlakatlarning tashqi savdo kvotasi kо‘rsatkichlari
3-jadval
Xulosa Dastlab biz kurs ishini boshlayotganimizda uning dolzarbligi,maqsadi,tarkibi kabi ko`rsatkichlariga urg`u bergan edik. Kurs ishining maqsadi jahon iqtisodiyoti globallashuvining xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sirining eng muhim jihatlari hamda uning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rnini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, ushbu kurs ishi xalqaro mehnat taqsimotining xususiyatlari va undagi ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotining tahlili, xalqaro mehnat taqsimoting rivojlanish bosqichlarini tahlil qilishni ko`zda tutar edi. Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi mamlakatlar uchun ko‘p ijobiy jihatlar beradi. Xususan, mahalliy aholi uchun mahsulotlarning keng assortimenti vujudga keladi. Shu bilan birga narxlarning pasayishi kuzatiladi va raqobatning yuqori darajasi vujudga keladi. Globallashuv va xalqaro mehnat taqsimotini o‘sishi natijasida global raqobat darajasi ham sezilarli darajada oshdi. Ilgari ba'zi mahalliy kompaniyalarning raqobatchilari deyarli yo‘q edi va o‘z mahsulotlari uchun ancha yuqori narxlarni talab qilish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu kompaniyalar shiddatli global raqobat tufayli tez-tez mahsulot narxini pasaytirishga majbur bo‘lmoqda. Bu o‘sha kompaniyalar uchun juda yomon bo‘lishi mumkin, ammo biz iste'molchilar raqobat darajasining oshishidan katta foyda olishimiz mumkin, chunki bu mahsulot narxining pasayishini anglatadi va shu sababli biz ko‘proq moddiy ne'matlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.Qattiq raqobat texnologik taraqqiyotning yuqori darajasiga olib keladi. Buni Xitoy kabi bir qancha davlatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.Xalqaro mehnat taqsimotini jahon iqtisodiyoti va yer yuzidagi barcha mamlakatlar uchun o`rni nihoyatda kattaligini bilib oldik. Kurs ishini bajarishda qo‘yilgan asosiy vazifalarni bajarish davomida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Kurs ishini bajarishda belgilangan dastlabki vazifa doirasida xalqaro mehnat taqsimoti nimaligi, uni qanday ishlashi, vazifalari, faoliyati to‘g‘risida fundamental bilimlarga ega bo‘lindi. Ikkinchi vazifa doirasida esa xalqaro mehnat taqsimoti nazariyalarini dastlabki ko‘rinishlari, ularning asoschilari, yangi davrdagi nazariyalar va ularning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganildi. Keyingi vazifalarda esa davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotini ulushi va mamlakatlarning eksporti, importi o‘rganildi, tahlil qilindi va yetarli xulosalar olindi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan yurtimizda ham xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish va yangi mahsulotlar assartimentini topish va uni ishlab chiqarish uchun tinimsiz harakatlar qilishimiz to `g`risida topshiriqlar berildi. Shuningdek mamlakatimiz prezidenti tomonidan maxsus komissiya tashkil qilinib, Jahon Savdo Tashkilotiga qo‘shilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi Tahlillar natijalari shuni ko’rsatadiki, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar global savdoni va xalqaro mehnat taqsimotini yanada samaraliroq, inklyuziv va adolatli bo'lishiga yordam beradi. . Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling