«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


Download 314.67 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1779147
Bog'liq
Gulhayoxon Erkinova(81-23)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA IONNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



«ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV» FAKULTETI
IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan
Bajargan workshopi
Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga ótish yóllari
Bajardi: 81-23 guruh talabasi
Erkinova Gulhayoxon
Qabul qildi: ______________________
Farg’ona – 2023


Bozor iqtisodiyoti mazmuni va unga o’tish yo’llari
Reja:

  • O'tish davri iqtisodiyotining tuzilish xususiyatlari

  • Bozor iqtisodiyoti mazmuni

  • O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi

  • O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari

  • O'tish davri iqtisodiyoti bo'lgan mamlakatlar



Kirish
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O'tish davri nazariyasi, xususan, bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu workshop bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi.
Erkin bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda mulk huquqi hal qiluvchi ahamiyatga ega, bu o'tish iqtisodiyotining xususiyatlari. Faqatgina egasi mustaqil ravishda kerakli qarorlarni qabul qilishga va natijani kuzatishga qodir. Tadbirkorlar mulkni ko'paytirishga harakat qilmoqdalar, chunki bu biznesni tanlash va narxlashni yanada keng doirasini ta'minlaydi, bu esa daromadga ta'sir qiladi. O'tish davridagi iqtisodiyot bu munosabatlarning ma'lum bir tuzilishi:
- ta'sirning asosiy qo'llari investitsiya qilingan kapitalning yuqori konsentratsiyasiga ega yirik aktsiyadorlar qo'lida ekanligi;
- keyinchalik xususiy yoki aktsionerlik mulkiga ega bo'lgan ko'plab kichik va o'rta fermer xo'jaliklari;
- shahar va davlat mulki muhim rol o'ynaydi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodiyotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 4) sotsializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li(Xitoy, Vetnam). Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati - bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, avalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: - xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
BOZOR IQTISODIYOTI — tovar pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo’jalik emas, balki tovar xo’jaligi hukmron bo’ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo’ladi, ya’ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya’ni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural iste’mol o’rniga tovar iste’moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya’ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo’jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy bo’lgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiy individual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo’lib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo’l berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o’z mulki va mablag’iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko’tarib ish yuritish usullari mavjud bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik bo’lib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7-10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotida har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqqan holda, qo’lidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini o’zi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub’yektlar alohidalashganidan ular manfaati to’qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo’ladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmi bo’lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko’plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy bo’lish man etilmaydi, aksincha, unga yo’l ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi bo’lmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqidan past bo’lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo’lmagan, tovarlar mo’l ko’lligi ta’minlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning bo’lishidir. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil bo’lmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad ko’radi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uyg’otib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun bo’lsada, pul bilan bog’liq bo’lmagan insoniy munosabatlar: mehr-shafqat va xayr ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berishga xizmat qiladi va puldan pul chiqarib olishni ko’zlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo bo’ladi. Tarixan Bozor iqtisodiyotining 2 turi bo’lgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti, madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamg’arilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo bo’lib, unga xususiy mulkning ozchilik qo’lida to’planishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o’ta boy va o’ta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos bo’lgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali ma’rifatli iqgisodiyotga o’sib o’tadi. Bunday o’zgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30-yillarida boshlanib, 80-yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo’lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va halol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo’lmasligi, o’ziga to’q va farovon yashovchi o’rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to’qnashuvlarga o’rin qolmasligi va boshqalar. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini xarakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi.
BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH — an’anaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o’tish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki an’anaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini ta’minlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga o’tish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yo’li tanlanadi. Tarixan Bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch yo’lini ko’rsatish mumkin: 1) an’anaviy natural xo’jaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga o’tish; 2) qoloq va mustamlaka xarakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o’tish; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o’tish. Shunga ko’ra Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model eng ko’hna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos bo’lgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’p bosqichli bo’lib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab an’anaviy natural xo’jalik mayda tovar xo’jaligiga, bu esa o’z navbatida asov bozor iqtisodiyotiga aylangan. Bozor iqtisodiyotiga o’tishga xos bo’lgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan o’tgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish to’plangan tarixiy tajribaga tayandi: an’anaviy xo’jalikni bozor xo’jaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar ta’sirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sun’iy ravishda to’xtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari o’z tabiatiga mos tushadigan iqtisodiy zamindan — xususiy mulkchilikdan o’sib chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni tarixiy sakrash shaklida, ya’ni Yevropa uchun muqarrar bo’lgan tarixiy bosqichlarni o’tamay, ularni chetlagan holda an’anaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xo’jaligidan uning rivojlangan shakliga o’tish sari bormoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning eng so’nggi modeli sobiq sosialistik mamlakatlar modeli bo’lib, o’tish bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki shart sharoiti har xil, shunga ko’ra aholi orasida bozor ko’nikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xo’jaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. O’tish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o’tish ulardan ba’zilarining davlat mustaqilligini ta’minlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga o’tish keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. O’zbekistonning Bozor iqtisodiyotiga o’tish ham milliy mustaqillik va keng ko’lamli bozor islohotlarining o’tkazilishi bilan amalga oshirilmoqda.
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo'lladilar. Bu yq'Ini amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o'tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ancha uzoq muddatli o'tish davri bo'lishfni unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko'plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko'paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo'q, odamlarning ahvoli og'irlashdi. Shuning uchun O'zbekiston bu yo'ldan bormay boshqa yo'l tanladi. Bu yo'l O'zbekistonning o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir. «Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respub-likaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso'naqay rivojlantirish-ning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi», deb yo-zadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qil-ishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash. Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi. Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim. To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviyaxloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo'l bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. Prezidentimiz LA. Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi: - totalitar tizimning og'ir-oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; - Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.3 Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va bajarildi. Birinchidan, o'tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash. Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uyjoy fondini xususiylashtirish, qishloq xo'jaligida va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida mulk-chilikning yangi shakllarini vujudga keltirish. Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta'minlash. Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish bo'yicha birinchi bosqichda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyot sohasiga tegishli bo'lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun - hujjatlar qabul qilindi. Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo'lgan muassasalar tizimi tuzildi. Qishloq xo'jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo'jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismi keng rivojlandi. Xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo'lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to'liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi. Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko'rsatiladi: Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi. Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi. Uchinchi vazifa - milliy valyuta-so'mni yana ham mustahkamlashdan iborat. Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi. To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish. Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisablangan tarmoqlarni, jumladan, yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi. O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom ettiriladi. Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi. Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazi-falar to'liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bo-zor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllanti-rish bar bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilish-ning asosiy shartidir» 5 . Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi: - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o'tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; - xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfmi shakllantirish; - mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, awalo, bevosita yo'naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy ta-raqqiyotda ustuvor o'rin olishiga erishish; - mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko'lamda integrasiyalashuvini ta'minlash; - iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni iz-chil davom ettirish. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili. Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi.
Bunday mamlakatlarda yuqorida tavsiflangan barcha o'zgarishlar va o'zgarishlar yuz bermoqda. Sharqiy Evropadagi o'tish iqtisodiyoti asosan Sovet Ittifoqining sobiq a'zolari. Bunga quyidagilar kiradi: Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Latviya, Moldova, Litva, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Shuningdek, Markaziy Evropada sotsialistik lagerning a'zolari bo'lgan o'tish davriga ega mamlakatlar mavjud: Chexiya, Polsha, Slovakiya, Ruminiya, Vengriya, Serbiya, Bolgariya, Chernogoriya, Xorvatiya, Makedoniya, Bosniya va Gertsegovina, Albaniya, Sloveniya. Siyosiy hayotda bunday mamlakatlar bo'ysunuvchilar rolini o'ynaydilar. Ba'zi mamlakatlar Evropa Ittifoqiga qo'shildi, ba'zilari hatto NATOga a'zo bo'ldi. Ro'yxati yuqorida keltirilgan, o'tish davri iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakatlar hozirgi paytda asosan inqirozgacha bo'lgan holatda. To'qsoninchi yillarning boshlarida bozor iqtisodiyotiga rejali iqtisodiyotdan o'tish kursi o'tdi. Ushbu islohotlar Polshada, Vengriya, Chexiya, Estoniya, Sloveniyada, Ukrainada, Ruminiyada, Bolgariyada va Belorusiyada asta-sekin joriy etildi.
Nazorat savollari

  • Ma'muriy buyruqbozlikning asosiy 2 ta kamchiligini sanab bering.

  • Bozor iqtisodiyoti nima?

  • Bozor iqtisodiyotining tarixda necha xil turi bo'lgan?

  • Shokovaya terapiya so'zining ma'nosi nima?

  • O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga nechta bosqich bilan o'tgan?

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling