Ishlab chiqarishda boshqaruv


-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari7


Download 0.74 Mb.
bet4/4
Sana08.06.2020
Hajmi0.74 Mb.
#116030
1   2   3   4
Bog'liq
2 5314407260066154061

3-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari7


Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlashi mumkin.

Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urfodatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.

Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab etiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiyiashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.

O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.



Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.




4-rasm. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari8


Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektotlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.

Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining

95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi.

Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi.

Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.

qarori

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani aholisining bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini o‘rganishda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining hayot darajasini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish va aholini ishga joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 2018-2019-yillarda kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Farg‘ona viloyati hokimligi:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;

muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga Farg‘ona viloyati hokimligi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston tumani sektorlari va mahallalari bo‘yicha 2018-2019-yillarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini, band bo‘lmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni bir oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tajriba tarzida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish to‘g‘risida uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Farg‘ona viloyati hokimligining “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki tasarrufidagi O‘zbekiston tumani Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan sobiq parrandachilik fabrikasining mulkiy majmuasini uning negizida parrandachilik kompleksi va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish sharti bilan to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar o‘tkazish orqali sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Mazkur loyihani 2018-2019-yillarda amalga oshirishda Farg‘ona viloyati hokimligi mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston tumanidagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan, foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlarni, shuningdek, yer uchastkalarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va keyinchalik zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda berish hamda mulkdorlar tomonidan ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘yish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

Начало формы



Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 2018-2019-yillarda kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining

MANZILLI RO‘YXATI

T/r

Loyiha tashabbuskori

Loyihaning nomi

Yillik ishlab chiqarish quvvati

Loyihaning
umumiy
qiymati,
mln. so‘m


Shu jumladan,

Kredit ajratuvchi tijorat banki

Ishga
tushirish
muddati


Yangi ish o‘rinlari

o‘lchov
birligi


natura
qiymatida


mln. so‘m




o‘z
mablag‘i


bank
krediti











Jami — 49 ta loyiha







750 160

276 857

99 102

177 755







1 667

1.

Sanoat loyihalari(jami — 19 ta loyiha)







727 230

237 975

80 915

157 060







1 434

2.

Xizmat ko‘rsatish loyihalari(jami — 19 ta loyiha)







8 670

19 957

4 547

15 410







88

3.

Qishloq xo‘jaligi loyihalari(jami — 11 ta loyiha)







14 260

18 925

13 640

5 285







145

I. SANOAT LOYIHALARI

1.

“Gloriya Textiles Yaypan” MChJ”

Zamonaviy texnologiyalar asosida bolalar uchun paypoq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

ming dona

300

6 500

9 090

5 050

4 040

“Agro bank” ATB

01.05.2019

30

2.

“Latifa tekstil” xususiy korxonasi

Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda trikotaj (futbolka va ayollar yozgi kiyimlari) mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish

ming dona

180

540

300

150

150

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

01.12.2018

30

3.

“Oxunjon Valiyorjon Doniyorjon” QK

Mahalliy xomashyodan foydalanib xo‘jalik sovuni ishlab chiqarishni kengaytirish

tonna

150

110

175

75

100

“Agro bank” ATB

01.09.2018

2

4.

YTT “A’zamova Zilolaxon Anvarjon qizi”

Milliy pishiriqlarni ishlab chiqarishni tashkil etish

tonna

5

700

170

70

100

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

01.04.2019

5

5.

“Turon eco cement group” MChJ

Energiya tejamkor texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

ming tonna

600

300 000

76 900

2 900

74 000

“Aloqa bank” ATB

01.12.2019

750

6.

“Albus build mix” xususiy korxonasi

Mineral xomashyolarni qayta ishlash orqali gips mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

tonna

200

400

500

330

170

“Ipoteka bank” ATIB

01.12.2018

5

7.

“Brus qurilish trans montaj” MChJ

Mineral xomashyolarni qayta ishlash orqali gips mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

tonna

100

2 000

5 000

1 000

4 000

“Madad Inest Bank” XATB

01.12.2018

10

8.

“Yaypan Invest Yunion” MChJ

Zamonaviy texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil qilish

ming tonna

90

45 000

32 300

8 000

24 300

TIF “Milliybank”

01.10.2019

150

9.

“Konizar Qurilish savdo” xususiy korxonasi

Zamonaviy texnologiyalar asosida yangi ko‘rinishdagi shifer mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

mln. dona

1

42 000

3 040

2 045

995

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

35

10.

“Yaypan qurilish bunyodkor” MChJ

Ohak va gips mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish

ming tonna

3,3

1 000

1 000

500

500

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

01.12.2018

3

11.

“Great silk road servis” MChJ

Energiya tejamkor texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

ming tonna

300

150 000

42 130

22 395

19 735

“Asaka” ATB

01.05.2019

100

12.

“Qurilish ashyo sifat servis” MChJ

Energiya tejamkor texnologiyalar asosida sement mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

ming tonna

72

38 000

20 000

17 000

3 000

“Hamkorbank” ATB

01.06.2019

100

13.

“Yaypan Gips” MChJ

Zamonaviy texnologiyalar asosida ko‘mirdan foydalangan holda 30 kgli qog‘oz paketlarda qadoqlangan sement ishlab chiqarishni tashkil etish

ming tonna

100

60 000

18 000

13 000

5 000

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

01.07.2019

60

14.

“Fayz Temir Beton Servis” MChJ

Energiya tejamkor texnologiyalar asosida gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish

mln. kv.m.

1,9

12 100

5 500

1 500

4 000

“Madad Invest Bank” XATB

01.12.2018

20

15.

“Yaypan Agroinvest” MChJ

Energiya tejamkor texnologiyalar asosida gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish

mln. kv.m.

10

64 800

19 470

5 700

13 770

“Ipoteka bank” ATIB

01.06.2019

100

16.

“Qo‘qon yo‘l ta’mir” MChJ

Ohak va gips mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

ming tonna

16

2 600

1 350

350

1 000

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

01.03.2019

6

17.

“Geo-Bent” MChJ

Ohak va gips mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

ming tonna

9

680

450

450




“Xalq banki” ATB

30.08.2018

14

18.

“Al imron fayz” MChJ

Tikuvchilik maxsulotlari ishlab chiqarish










400

200

200

“Mikrokreditbank” ATB

01.10.2018

10

19.

“Universal savdo saxovati” MChJ

Eksportbop polepropilen qoplar ishlab chiqarishni tashkil etish

ming dona

4

800

2 200

200

2 000

TIF “Milliybank”

01.12.2018

4

Sanoat sohasi — 19 ta loyiha







727 230

237 975

80 915

157 060

0




1 434

II. XIZMAT KO‘RSATISh LOYIHALARI

20.

“Umid” fermer xo‘jaligi

Muzlatgich va supermarket tashkil etish

mln. so‘m




2 800

4 000

2 000

2 000

“Agro bank” ATB

01.06.2019

30

21.

YTT “Mirzaakbarova Dilshodaxon Odilovna”

Maishiy va xo‘jalik mollari bilan savdo qilish shoxobchasini tashkil etish

mln. so‘m




200

300

100

200

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

22.

“Dilyora Davr Shaxzodasi” xususiy korxonasi

Elektron to‘lov xizmatini tashkil etish

mln. so‘m




100

130

50

80

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

23.

“Farm-Shifo” xususiy korxonasi

Dori-darmon vositalari savdo shoxobchasini kengaytirish

mln. so‘m




100

190

100

90

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

24.

“Muhibillo” xususiy korxonasi

Dori-darmon vositalari savdo shoxobchasini kengaytirish

mln. so‘m




630

192

92

100

“Xalq banki” ATB

01.09.2018

3

25.

“Avaz Ayubhon” xsusiy korxonasi

Aralash mollar (nooziq-ovqat) savdo shoxobchasi tashkil etish

mln. so‘m




150

230

100

130

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

26.

“Powerful” xususiy korxonasi

Aralash mollar (nooziq-ovqat) savdo shoxobchasi tashkil etish

mln. so‘m




300

600

150

450

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

2

27.

“To‘raqosimboy Yaypan” xususiy korxonasi

Avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasini kengaytirish

mln. so‘m




200

400

100

300

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

28.

“Bozorov Oybek Raximovich” xususiy korxonasi

Qurilish va xo‘jalik mollari savdo shoxobchasini tashkil etish

mln. so‘m




300

600

200

400

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

29.

“Tojimatov Yorqinjon Xaminovich” xususiy korxonasi

Qurilish va xo‘jalik mollari savdo shoxobchasini tashkil etish

mln. so‘m




400

250

100

150

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

30.

YTT Jalilov G‘ayrat

Qurilish va xo‘jalik mollari savdo shoxobchasini tashkil etish

mln. so‘m




100

250

100

150

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

31.

“Marjona mebel” QK

Maishiy va xo‘jalik uy-jixozlari bilan savdo qilish xizmatini tashkil etish

mln. so‘m




100

220

100

120

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

2

32.

“Yaypan Tomorqa xizmati” MChJ

Aholiga qishloq xo‘jaligi sohasida tomorqa xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish

mln. so‘m




500

990

200

790

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

5

33.

“Geolog” xususiy firmasi

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ekinga tayyorlash xizmatini tashkil etish (agrotexnika sotib olish)

mln. so‘m




100

220

100

120

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

2

34.

YTT “Ergasheva Ziyodaxon Ismoiljon qizi”

Aralash mollar (nooziq-ovqat) savdo shoxobchasi tashkil etish

mln. so‘m




50

110

40

70

“Xalq banki” ATB

01.12.2018

1

35.

“Sog‘lom Yurt Shifoxonasi” xususiy korxonasi

Zamonaviy uskunalar asosida tibbiy diagnostika va davolash xizmatini tashkil etish

mln. sum




850

1 200

400

800

“Asaka” ATB

01.12.2018

20

36.

“Kumush rangli toshlar” MChJ

Qurilish ishlarida foydalaniladigan texnika (ekskavator) xizmatini tashkil etish

dona

1

350

915

400

515

“Agro bank” ATB

01.09.2018

2

37.

“Mo‘tabarxon Qodirova ZIYO” xususiy korxonasi

Bolalarning hordiq chiqarishlari uchun atraksion va ko‘ngil ochar maskan tashkil qilish

mln. so‘m




150

320

150

170

“Agro bank” ATB

01.10.2018

3

38.

“Yangiobod Mash Tex Servis” MChJ

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ekinga tayyorlash xizmatini tashkil etish (agrotexnika sotib olish)

dona

10

1 290

8 840

65

8 775

“Agro bank” ATB

01.11.2018

10

Xizmatlar sohasi jami — 19 ta loyiha







8 670

19 957

4 547

15 410

0




88

III. QIShLOQ XO‘JALIGI LOYIHALARI

39.

“Kamoliddin ota kaf” fermer xo‘jaligi

Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni kengaytirish

bosh

10

95

170

80

90

“Agro bank” ATB

01.10.2018

3

40.

“Jo‘raxon Buzurukova Kaykuobod” fermer xo‘jaligi

Mayda shoxli mollar (qo‘y) sotib olish orqali chorvachilikni kengaytirish

bosh

100

250

700

400

300

“Agro bank” ATB

30.11.2018

7

41.

“Xadichabegim Madinabonu” fermer xo‘jaligi

Mayda shoxli mollar (qo‘y) sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

80

200

535

135

400

“Agro bank” ATB

30.11.2018

8

42.

“Muxiddin Xasanboy Shams” fermer xo‘jaligi

Mayda shoxli mollar (qo‘y) sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

60

150

390

65

325

“Agro bank” ATB

30,11,2018

4

43.

“Odiljon Muxammadqodir” fermer xo‘jaligi

Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

10

150

200

60

140

“Agro bank” ATB

01.12.2018

5

44.

“Isakov Baxtiyorjon chorvasi”
dexqon xo‘jaligi

Mayda shoxli mollar (qo‘y) sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

90

225

600

350

250

“Xalq banki” ATB

30.11.2018

2

45.

“Latifjon sara sigirlari” dexqon xo‘jaligi

Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

20

300

250

130

120

“Hamkorbank” ATB

01.12.2018

3

46.

“O‘qchi naslli chorvasi” dexqon xo‘jaligi

Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

22

330

250

150

100

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

01.06.2019

3

47.

“Farruxbek Nodirai Firdavs” fermer xo‘jaligi

Naslli qoramol sotib olish orqali chorvachilikni tashkil etish

bosh

10

180

130

70

60

“Hamkorbank” ATB

01.12.2019

2

48.

Salohiyatli tadbirkor
(“Asaka” ATB)

Bo‘ston QFY hududida joylashgan sobiq parrandachilik fabrikasi negizida parrandachilik kompleksi faoliyatini qayta tashkil etish

tonna

750

12 000

15 000

12 000

3 000

“Asaka” ATB

01.12.2019

100

49.

“Mulla Abduqodir” FX

Mahalliy uslubdagi issiqxona tashkil etish

ga

0,75

380

700

200

500

“Agro bank” ATB

01.03.2019

8

Qishloq xo‘jaligi sohasi — 11 ta loyiha







14 260

18 925

13 640

5 285







145


×






Captcha validation is required.

Жўнатиш

Конец формы

×

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi, mahalliy xomashyodan foydalangan holda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yogʻoch-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu haqda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati. xabar berdi.Uyushmaning 2019-2021-yillarda mahalliy xomashyodan DSP mahsulotlari ishlab chiqarish investitsiya loyihalari roʻyxatiga koʻra, umumiy qiymati 80 mln. 800 ming AQSH dollari boʻlgan jami 595 ming kub metr yillik quvvatga ega 11 ta loyiha amalga oshiriladi va natijada ushbu mahsulotga boʻlgan talabni toʻliq qoplash imkoniyati yaratiladi. Oʻzbekiston tumanidagi “Yaypan vodiy laminati” MCHJ esa terak va boshqa yogʻoch qipiqlaridan ana shunday mahsulot ishlab chiqarilmoqda.


Xulosa


O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.

Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.

Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija xususiy mulk va nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘limtarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.

Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (qo‘shimcha va

o‘zgartirishlar bilan)

  1. O‘zbekiston Respublikasining ―Mulkchilik to‘g‘risidagi‖ Qonuni

31.10.1990 yil.

  1. O‘zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonuni 19 avgust 1999 yil.

  2. O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi‖ Qonuni 19.11.1991yil

  3. O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksi‖ 30.08.1996y

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖ PQ-843-son qarori.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 8 maydagi

210-sonli ―Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida‖gi Qarori.

  1. I.A.Karimov O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.

«O`zbekiston» 1995 y.

  1. I.A.Karimov.O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. «O`zbekiston » 1997 y.

  2. I.A.Karimov O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. «O`zbekiston» 1999 y. 32-33 betlar.

  3. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir‖ O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.

―Xalq so‘zi‖ gazetasi 16.01. 2015 y. http://www.press-service.uz.

  1. K.Makkonell, S.Bryu. Ekonomiks M. 1992 g. T-1.Gl.-7 Str.105-110

  2. Sh.Sh.Shoha‘zamiy ―Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari‖ Toshkent-2015.

  3. Y.Abdullayev ―Bozor iqtisodiyoti asoslari‖ Toshkent-―Mehnat‖-1997.

  4. T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ Toshkent 2012.

  5. Matmurodov F.M. Baholash ishi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 132-b.


Internet saytlari




http://www.press-service.uz(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali). www.gov.uz. (O‘zbeksiton Respublikasi hukumatining rasmiy sayti).

www.gki.uz(O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi). http:// www.rmm.uz (―Respublika mulk markazi‖ YoAJning sayti).

www.sion.uz(Ko‘chmas mulk agentligi) www.wikipedia.ru(Ma‘lumotlar qidiruv portali)

www.profocenka.ru(ЗАО ―Профессиональные оценки и экспертизы‖)

http://farsat.uz/( Farg’ona viloyati statistika qo’mitasi)



http://lex.uz(O’zbekiston Respublikasining qonuniy xujjatlari)



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir‖ Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi. – T.: ―Xalq so‘zi‖ gazetasi, 2016 yil 16 yanvar

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir‖ Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi. – T.: ―Xalq so‘zi‖ gazetasi, 2016 yil 16 yanvar

3 Shoha‘zamiy SH.SH. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.-T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b

4 O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 08.12.1992(53-modda).

5 O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (54-modda) (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)

6 O‗zbekiston Respublikasi ―Mulkchilik to‗g‗risidagi‖ qonun 31.10.1990y.(1-modda)

7 T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ Toshkent ―Iqtisod-Moliya‖ 2012yil

8 T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ Toshkent ―Iqtisod-Moliya‖ 2012


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling