Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
7 Kirish Bozor munosabatlarini shakllanishi va rivojlanishi xо‘jalik yuritishni mazmuni va tuzilishida jiddiy о‘zgarishlarga sabab bо‘ladi. Bu esa о‘z navbatida buxgalteriya hisobida tub о‘zgarishlarni talab qiladi. Buning uchun bir qancha ustivor vazifalar aniqlani, ular bajarib kelinmoqda hamda qonuniy bazalar yaratilib, ular takomillashtirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlar, masalan ular tasarrufidagi mavjud bо‘lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish tо‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qila olish uchun xо‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati tо‘g‘risida axborot tо‘plash uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni saqlash va kо‘payishiga xizmat qilishi, manfaatdor tomonlar (investorlar, aksiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va sh.k.) lar tomonidan muhim iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investisiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarni qidirib topish, hisoblashishlar va sh.k.) zarur bо‘ladigan tо‘liq va ishonarli axborotlarni о‘z vaqtida yetkazib berishi kerak. Buxgalteriya hisobi-bu doimiy e’tiborni, monitoringni, tahlil va о‘z vaqtida qaror qabul qilishni, mutaxassislarni kasbiy о‘sishi va mahoratini oshirishini talab qiladigan jonli jarayondir. Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida bо‘lishini quyidagi kompleks tadbirlar ta’minlaydi: -buxgaleriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning meyoriy bazasini shakllantirish; -uslubiy ta’minot (yо‘riqnomalar, uslubiy kо‘rsatmalar, sharhlar); -kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; -xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik; -hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yо‘li bilan. Korxonadagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga, obyektiv, hammaga tushunarli ruyi-rost va boshqaruv faoliyati, shuningdek tashqi foydalanuvchilar uchun himoyalangan bо‘lishligiga ijodiy yondoshganda va barcha meyoriy hujjatlarni asoslanganda erishish mumkin. Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni tuzishni ta’minlashi zarur. Buxgalteriya hisobi alohida ajralgan holda ishlamaydi, balki u bozor iqtisodiyotining barcha infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hech qanday iqtisodiy islohot, shu jumladan 8 bank tizimi, soliqqa tortish, statistika va b., ushbu islohotlarga mos keladigan xalqaro prinsiplarga asoslanib tuzilgan buxgalteriya hisobi va hisobotisiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Malakali buxgalterlarni kо‘paytirmasdan turib tо‘laqonli rivojlanayotgan buxgalteriyani kо‘z oldimizga keltira olmaymiz. Raqobatga asoslangan iqtisodiyot sharoitida buxgalter xо‘jalik muomalalarini ma’nosini tо‘liq tushunishi, nomaqbul voqealar rivojlanishini oldindan kо‘ra bilishi, uni bartaraf etishning foydali variantlarini rahbarga taklif eta olishi, xо‘jalik faoliyatini tо‘g‘ri yо‘lga solishda rahbarni eng ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlay oladigan mutaxassis bо‘lishi kerak. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling