Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik muomalalarini hisobga 
olish, xo‘jalik mablag‘larining miqdorini, bajarilgan ishlarning hajmini va boshqa ko‘rsatkichlarni 
faqatgina kuzatish orqali aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu 
jarayon, xodisa va xo‘jalik muomalalarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan 
tavsifnoma berish kerak. Shu maqsadda hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. 
Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari, funksiyalari va uning oldiga qo‘yiladigan 
talablar 
Boshqa fanlar qatori buxgalteriya hisobining ham o‘z maqsadi va vazifalari mavjud. 
Buxgalteriya hisobining maqsadi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunda ta’kidlanganidek 
foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya aaxboroti bilan 
ta’minlashdir. Har qanday boshqaruv tizimi axborot bilan ta’minlash tizimiga ehtiyoj sezadi. 
Axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va qayta ishlash vositalaridan biri buxgalteriya hisobidir. 
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat: 
- buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarni holati va harakati, mulkiy huquqlar va 
majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 


11 
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 
- moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 
Buxgalteriya hisobining qo‘yidagi asosiy funksiyalari mavjud. 
- rejali; 
- nazorat; 
- axborot; 
- tahliliy funksiya
- hisob. 
Rejali funksiya rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy mablag‘larga 
ehtiyojni hisoblash tahliliy daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish va 
maqsadga erishishni samarali yo‘llarini izlashdan iborat. 
Nazorat funksiyasi – ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni haqiqatda bajarilishni 
biznes – rejaga hatti harakatlarni qanchalik muvofiqligini aniqlash jarayonidir. 
Axborot funksiyasi – korxona rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarni moliyaviy 
axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi bilan ta’minlashdan iborat. Bu axborotlar ichida 
mehnat va uning unumdorligi, fondlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘sishi, korxonaning ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, daromadlilik va to‘lovga qobillik, ishlab chiqarish 
xarajatlari va ishlab chiqarish dasturini bajarilishi kabilar asosiylaridir. 
Tahliliy funksiya korxonaning moliyaviy – iqtisodiy holatini, uni yaxshilash maqsadida qaror 
qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash va tahlil qilish 
jarayonidir. Tahlil asosida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqiladi va bundan 
keyingi mo‘ljallangan maqsadlarga erishish strategiya va taktikasi ishlab chiqiladi. 
Buxgalteriya hisobining hisob funksiyasi korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi 
yalpi uzluksiz, o‘zaro bog‘langan ifodasidir. 
Hisobning yuqoridagi vazifa va funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarilishida uning oldiga bir 
qancha talablar qo‘yiladi. Bu talablarga reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash 
mumkinligi, ularning aniqligi va to‘g‘riligi, to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi, ravshan va 
hammabopligi, rejaliligi va arzonligi kabi talablari kiradi. 
Reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi shartnomadagi reja 
topshiriqlarining bajarilishini tekshirishga imkon beradi. Chunki, bu ma’lumotlar bir xil bo‘lmasa, 
ularni solishtirish imkoni bo‘lmaydi. Masalan, rejadagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (navi, turi, 
bahosi, miqdori, vaqti va shu kabi) hisobdagi xuddi shu moddalari bo‘lmasa, bu moddalarni bir 
biriga umuman taqqoslash, ularning farqlarini sabablarini aniqlab bo‘lmaydi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling