Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Moliyaviy hisob - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki 
(aktivlari, mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi moliyaviy xarakterdagi 
axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar 
hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. 
Boshqaruv hisobi- raqobatli bozor sharoitida tijorat sirini saqlagan holda ichki 
foydalanuvchilar, xususan boshqaruv xodimlari uchun aniq, mukammal boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishda muhim tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan hisob turi. 
Boshqaruv hisobi - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki (aktivlari, 
mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi turli o‘lchov birliklaridagi batafsil
axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari, ya’ni obyektlar, subyektlar va javobgarlik markazlari 
kesimida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki boshqaruv organlari hukmiga 
tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir.  
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan 
yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan 
shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi 
subyektlaridir. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobni yuritadi va buxgalteriya (moliya) 
hisobotini taqdim etadi.
1
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar 
foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bogliq xo‘jalik operasiyalari buxgalteriya hisobini 
1
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni 30.08.1996 yil 3- modda 


15 
obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlar jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik 
hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
2
Tushunarlilik, ahamiyatlilik, ishonchlik va solishtirish imkonining mavjudligi buxgalteriya 
axborotining to‘rtta asosiy xususiyatidir. 
Tushunarlilik. Qaror qabul qilishda axborotdan to‘liqroq foydalanish maqsadida u tushunarli 
bo‘lishi kerak. 
Ahamiyatlilik. Moliyaviy hisobotlardan foydalanishda tashqi foydalanuvchilar to‘g‘ri qaror 
qabul qilishi uchun buxgalteriya axborotlari yaroqli bo‘lishi kerak. Buxgalteriya axborotlari 
quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 
- iqtisodiy kelajakni istiqbol qilish; 
- istiqbol qilishning kelgusi texnik uslublarini takomillashtirish maqsadida oldingi 
istiqbollarning to‘g‘riligini tasdiqlash. Buxgalteriya axborotining ahamiyatlilik darajasini qo‘yidagi 
uch jihati yordamida o‘lchash mumkin. 
- ayni paytlilik
- istiqbol qilishning muhimligi; 
- teskari aloqa. 
Ishonchlilik. Buxgalteriya axborotining ishonchliligi, avvalambor, uning xato va 
kamchiliklardan xolisligini bildiradi. U axborotning asosiy mazmunini to‘g‘ri ochib berishi kerak. 
Axborotning uchta mezonga muvofiq tekshiriladi. 
1. To‘g‘ri aks ettirish, ba’zida ishonchlilik deyiladi; 
2. Tekshirish imkoniyatining mavjudligi, aniqligi tekshirilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar 
ma’lumotlar manbasining auditorlik tekshiruvini nazarda tutadi; 
3. Betaraflilik – moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga ta’sir etish uchun hisobotlarda 
burttirilgan nuqtai nazarlar yoki asoslanmagan fikrlardan foydalanish mavjud bo‘lmaganda, 
ma’lumotlar betaraflilik mezoniga to‘g‘ri keladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling