Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


-rasm. Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

14.3.1-rasm. Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy 
xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqasi 
Masala. 
Ishlab chiqarishning hajmi- 2000 dona. 
Mahsulot birligining sotish narxi- 150 so’m. 
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 100 so’m. 
Doimiy xarajatlar- davr uchun 40 ming so’m. 
Joriy foyda- 60 ming so’m (150-100) x 2000-40000) = 60000 so’m. 
Faraz qilaylik, har bir ko’rsatkich 10%ga o’zgardi, unda ma’lumotlar quyidagicha 
o’zgaradi. 
Ishlab chiqarishning hajmi- 2200 dona (2000 x 10 % = 200); 
Mahsulot birligining sotish narxi- 165 so’m (150 x 10% = 15); 
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 90 so’m(100 x 10% = 10); 
Doimiy xarajatlar- davr uchun 36 ming so’m (40 x 10% = 4); 


308 
Hamma o’zgarishlar natijasidagi joriy foyda ((165-90) x 2200 -36000) = 129000 so’m. 
14.3.1-jadval 
Ko’rsatkichlarning o’zgarishidan olingan natija 
Omillar 
Yangi foyda, 
so’m 
Foydaning o’sishi 
So’m 

A. Sotuv narxining ko’tarilishi 
90000 
+30000 
+50 
B. 
Mahsulot 
birligiga 
bo’lgan 
o’zgaruvchan xarajatlarning pasayishi 
80000 
+20000 
+33 
C. Doimiy xarajatlarning pasayishi 
64000 
+4000 
+7 
D. Ishlab chiqarish hajmining oshishi 
70000 
+10000 
+17 
Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog’lanmagan holda harakat qiladigan sharoitda amalga 
oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to’liq bir-biriga aloqadorligini va boshqalarning 
ta’sir ko’rsatishini chiqarib tashlamaydi, shuningdek, sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga 
yo’naltirilgan tezkor narx siyosatini va boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx 
o’rnatishda ozod ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan 
qiyinchiliklar sodir bo’ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor bilan, 
qo’shimcha sarmoyalar bilan ham bog’liq bo’ladi. 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib boriladigan siyosat, 
reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda- nihoyatda yangi mahsulot yoki 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning modifikatsiyasi muhimdir.
Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan va mavjud bo’lgan assortimentga 
qo’shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo’lishi mumkin yoki mahsulotni 
o’zi o’zgartirilmasdan yangi uskunalar va mexanizmlarning kombinatsiyasidan tashkil topishi 
mumkin. 
Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo’shimcha sarmoyalarni talab etadi. Shuning 
uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish boyicha qarorlarni qabul qilish investitsiyalar boyicha 
qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’ladi, subekt boshqaruvining yuqori darajasida 
amalga oshiriladi. 
Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik yo’nalishlarni 
aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab chiqariladigan mahsulotni 
modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik 
rivojlantirish; eskirgan mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi 
turdagi mahsulotni ishlab chiqarish boshqa hamma yo’nalishlarni aniqlovchi subektning 
strategiyasida prioritet yo’nalish bo’lib qolmoqda. Innovatsion menejmentini tuzish quyidagi 
formulani taklif etadi: 
"Fan Ishlab chiqarish Mahsulot" 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror qabul qilishda 
kerak bo’lgan ko’rinish, hajm va ma’lumot mazmunini topshiradi. Innovatsiya jarayonini 6ta 
bosqichga bo’lish mumkin: 


309 
1. Bozordagi texnologik yangi o’zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik ishlab 
chiqish bo’limlaridan (IITKI), marketing bo’linmalaridan, sotuv bo’limi appartidan, savdo 
dallollaridan, xaridorlardan tushadigan ma’lumotlarni yig’ish va tizimlash; subektni yangi 
mahsulotni ishlab chiqarish va tatbiq etish, tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda 
mavjud imkoniyatlari haqidagi maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi 
ma’lumotni yig’ish va tizimlash. 
Ma’lumotni yig’ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo’lgan talabga ta’luqli 
omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil mahsulotlar talabni qondirish uchun 
mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari esa talab va bozorni rag’batlantirish uchun mo’ljallangan 
bo’ladi. Izlanish ishining eng boshida bozorni tahlil qilish mahsulotning standartlarga to’g’ri 
kelishini, uning xaridorlar uchun ko’zga tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish 
hajmlarini o’rnatishga imkon beradi. 
2. Yangi mahsulot g’oyasiga ta’lluqli ma’lumotni tanlash, g’oyalarning imkoniyatlari va 
amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning texnologiyasida o’xshashliklar va 
farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subektning ixtisosligiga to’g’ri kelishi; bo’lajak buyumning 
patent tozaligini aniqlash. 
3. Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing dasturini ishlab 
chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini texnik ishlab chiqish; 
mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati va iste’mol xususiyatlarini baholash; 
sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va o’zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash, 
sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi- 
mashina, uskuna, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o’zlashtirish va u 
bilan birga bozorga chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va 
baholash. 
4. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab chiqarishda 
band bo’lgan har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish; 
namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik jihatdan texnik sinashlarni o’tkazish va 
boshqalar; tovarning nomlanishini, uning tovar belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka 
qilishni ishlab chiqish. 
5. Cheklangan bozorda mahsulotga bo’lgan narxga va boshqa tijorat shartlarga nisbatan 
uch oydan kam bo’lmagan muddatda izlanishlar olib borish; sotish qilishni muqobil kanallarini 
tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash. 
6. Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi, xaridorlar 
bilan bo’lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari, resurslari, xodimlarning 
malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga sarflangan umumiy summasini, moliyalashtirish 


310 
manbalari, hisoblash davriga bo’lgan foyda va zarar boyicha ko’zlanayotgan natijalarni hisoblash 
asosida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish. 
Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim masala bo’lib 
bu maqsad va sotish hajmiga bo’lgan sarflarning nisbatini, ishlab chiqarish sarflari va yalpi 
foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi. 
Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo’lib butun subekt boyicha sotish hajmiga va 
boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish ta’sirini baholash 
qo’llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga, reklamaga ketgan 
xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo’llaniladi. 
Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari mavjud: ekspert 
baholash; foydaning kutilayotgan meyori; ehtimolli yondashish; kutilayotgan foydaning 
dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko’p o’lchamligi; tarmoqni jalb qilish 
qobiliyati, raqiblarning unga ta’siri va kirishi; hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni 
takomillashtirish uchun yangi yaratmalarni qo’llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab 
chiqarish va sotuvini subektning moliyaviy faoliyatiga ta’siri. 
Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko’p jihatdan mahsulotga narx o’rnatish bilan 
kafolatlangan. Mahsulotga bo’lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi eski yoki shunga 
o’xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.
Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o’zgarib turganligi sababli yangi 
mahsulotning paydo bo’lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum bo’ladi. Shundan, 
reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan mahsulotning funksional roli
o’xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish, bunday mahsulot uchun "o’zining" bozorini 
yaratish yoki talab qayishqoqligini hisobga olgan holda uncha ko’rimsiz bo’lgan mahsulotlarga 
narxni belgilash. 
Turli holda yangi mahsulotga narxni o’rnatish va hisoblash uchun sarflar va foyda 
koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi ishlatiladi. Qator 
loyihalarning mavjudligida yirik subektlar birdaniga bir nechasiga sarmoya kiritadi, keynchalik 
esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot tekshirilgandan so’ng ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim 
hollarda o’tmishdagi "omadsiz" mahsulot kelajakda "omadli" bo’lib ketadi. Mahsulot narxining 
va qiymatining to’g’ri kelishini o’rnatish uchun bu ko’rsatkichlar boyicha hisobotlar tuzish tizimi 
tez va samarali bo’lishi kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo’shimcha qilib buxgalterlar yangi 
mahsulotning hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar tuzishlari kerak. 
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning sotishsini tekshirish jarayoni o’tkaziladi. 
Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqidagi 
ma’lumot buxgalteriya hisobotida royxatga olinadi. Undan tashqari, yangi mahsulotning 
bozordagi 
hulqini 
o’rganishning 
boshqa 
usullari 
ham 
qo’llaniladi. 
Bu- 
pochtali 


311 
korrespondensiya, savolnoma yoki telefon yordamida xususiy shaxslarni savol-javob qilish. 
Yangi mahsulotni baholashdan tashqari xaridor tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan 
sharoitlar o’rganiladi, bu esa narxni aniqlashda, bo’lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada 
muhim o’rin tutadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling