Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

14.2.1-jadval 
Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qoyilma 
Mahsulot 
Mahsulotning 
rentabelligi, % 
Marjinal daromad, 
so’m 
Mahsulotning 
assortimenti tizimi, % 

62 
10000000 
20 

60 
20000000 
40 

50 
20000000 
40 
Yalpi marjinal 
daromad 
50000000 
100 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, B mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu mahsulotni ishlab 
chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 
rentabellik foyda boyicha 14,5dan 16 %gacha o’sgan bir davrda marjinal daromad boyicha 
hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga tushib ketdi. Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni 
egallagan B mahsuloti ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma’lumot 
olingan sari kamayadigan ma’lum boshlang’ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. B mahsuloti 
boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit mahsulotning assortimentini 
o’zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishga olib kelsa ajab emas. Mahsulotning 
hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko’p pog’onali segment hisobi 
ma’lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli qo’llaniladi (14.2.2-jadvalga qarang). 
14.2.2-jadval 
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili 
Ko’rsatkichlar 
B mahsulotini ishlab 
chiqargunga qadar, 
ming so’m
B mahsulotini ishlab 
chiqarishdan so’ng, 
ming so’m 
Sotishdan tushgan daromad 
49500 
89500 
O’zgaruvchan xarajatlar 
19500 
39500 
Marjinal daromad 
30000 
50000 
Doimiy xarajatlar, shundan: 
To’g’ri 
6800 
21500 
Egri 
16000 
16000 
Foyda 
7200 
12500 
Ishlab chiqarishning o’rtacha rentabelligi, 
61,0 
55,9 


305 

Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar boyicha, balki har bir zonani foydaning umumiy 
summasiga qilgan qoyilmalari boyicha baholanadi. Subektning marjinal daromadi tizimi bozor 
zonalari boyicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi boyicha hisoblanadi. 
Tadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har 
bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi 
tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini moddiy 
rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng 
qulay varianti bo’lib xarajatlarning meyorlari hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan qoyilma to’g’ri 
ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subektning 
sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining 
yana biri sifati bu mahsulot turlari boyicha talabning elastikligini kuzatishdir. 
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - sotish 
hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi hisoblanadi. 
Talabning elastikligi har bir mahsulot boyicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo’lsa sotishning 
o’sishi haqiqiy hajmining 13 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda 
alternativ qadam bo’lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda 
sarflarning umumiy summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 13 qismidan 
oshmasligi kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qoyilma va sof daromad darajasi bilan belgilansa, 
unda o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday 
holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 
yetishmasligi sotish hajmining o’sishi uchun qo’shimcha qoyilma va ishchi kuchi to’plamini 
talab qiladi, buning natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko’tarilib 
ketadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling