Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Bahoni shakllantirish bo‘yicha qaror qabul qilish. Korxona mahsuloti tarkibini
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
14.3. Bahoni shakllantirish bo‘yicha qaror qabul qilish. Korxona mahsuloti tarkibini
chegaralovchi omillar asosida aniqlash. Mahsulotga sotuv narxini o’rnatish- subektning asosiy masalasi va menejerning san’ati hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoni shakllantirishning bir necha yondashuvlari mavjud. Birinchi yondashuv- shunday narx qoyish kerakki, u sotuvchini jalb qilsin; boshqasi- o’zi uchun ma’lum narx chegarasini belgilash maqsadida raqibning o’rnatgan narxidan foydalanish; uchinchisi- rentabellik pog’onasini, o’zgaruvchan xarajatlar va marjinal daromadning qiymatini aniqlash uchun mahsulot tannarxi haqidagi ma’lumotdan foydalanish. Xarajat narxi ko’pchilik tomonidan real narxni belgilashda eng ishonchli yo’l deb ko’riladi, chunki u narxda foydaning qiymatini aniq shakllantirishga imkon beradi. Lekin xarajat narxlari bozor holatini va mazkur bozorda mahsulotning o’rnini va raqobatchilikni hisobga olmaydi. 306 Ko’pgina ilg’or kompaniyalar uchta keltirilgan yondashuvlarning kombinatsiyalangan usulini qo’llaydilar. Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga quyidagi narx va tariflar o’rnatilishi mumkin: sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy bo’lgan- rasmiy, subektning mazkur mahsulotini hamma sotib oluvchilari uchun bir xil bo’lgan- muqobillashtirilgan, sotish-sotib olish dalolatnomasining har birida- kelishuv. Rasmiy va muqobillashtiriladigan narxlar jahon bozori narxlari yoki ishlab chiqarishning asoslangan xarajatlari asosida o’rnatiladi. Kelishuv narxlari esa yoki individual xarajatlar, yoki foydalanish parametrlari, yoki talab va taklifning o’zgarishi asosida aniqlanadi. Real narxni shakllantirish masalasi hozirgi davrda subektlarda ishlab chiqarishning tushib ketishida ortiqcha quvvatlarning vujudga kelishi, ularni ta’minlash sarflarining oshishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflatsiya va qo’shimcha qiymat solig’ini hisoblash uslubining mavjudligi uchun qiyinlashgan. Subektning ma’muriyati iqtisodiy asoslangan narxni o’rnatish uchun qator muammolarni yechishi kerak: qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xarajatlarning tarkibini asoslash; kalkulatsiya qilish uslubini tanlash; doimiy xarajatlar minimal bo’lgan ishlab chiqarish darajasini o’rnatish; subekt foydasining summasini hisoblab chiqish. Birinchi uchta masala ishlab chiqarish faoliyati haqidagi bobda ko’rib chiqilgan. Subektning foydasini formula boyicha va foyda bilan ishlab chiqarish hajmining o’zaro aloqasini aks ettiruvchi grafik usuli yordamida hisoblab chiqish mumkin. Formula boyicha foydani hisoblash usuli sof foyda tenglamasi va kapitalning qaytimiga asoslangan: Fond qaytimi x Ustav kapitali R = O’tgan yil uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning umumiy summasi x 100 bu yerda, R- mahsulot rentabelliginining darajasi. Fond (kapital) qaytimining meyori = Sof foyda Hissadorlik kapitali Masala. Mazkur sanoat tarmog’i uchun fond qaytimining o’rtacha meyori 10 %. Ustav kapitali- 200 mln. so’m. Mahsluot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar- 400 mln. so’m, shunda rentabellik R = 10% x 200000 x 100 = 5 % tashkil etadi. 400000 Agar subektning foydasi hisob narxidan past bo’lsa. unda narxni kalkulatsiya qilishda foydaning o’rtacha meyoridan yoki uning ozmuncha o’sishini hisobga olgandan kelib chiqadi. Inflyatsiya sharoitlarida foydaning o’rtacha meyoriga subektda inflatsiyani kompensatsiya qilish uchun tuzilgan zaxiralarning qiymati qo’shiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, inflatsiya sharoitlarida 307 va subektning xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan qiziqishlari bo’lmagan paytda formulalarning ma’luomtlari juda muammoli hisoblanadi. Narxni o’rnatishga xarajatlar eng katta ta’sirni ko’rsatadi. Xarajatlarning tarkibini tanlashda quyidagi formula qo’llaniladi: 1. O’zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari + daromad. 2. Umumiy o’zgaruvchan sarflar + daromad. 3. Ishlab chiqarish tannarxi + daromad. 4. To’liq tannarx + daromad. Xarajatlarning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi zararsizlikni tahlil qilishda o’rganib chiqilgan. Bu yerda asosiy e’tibor foydaning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligiga qaratilgan, chunki mahsulotga bo’lgan narxning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan yoki sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishi bilan bog’liq. Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqa quyidagi 14.3.1-rasmda ko’rsatilgan. A. Sotish narxining o’zgarishi B.Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlarning o’zgarishi Foyda, m.s. Foyda, m.s. 80 80 60 60 40 40 20 20 500 1000 1500 2000 2500 5000 1000 1500 2000 2500 Hajmi, dona Hajmi, dona Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling