Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirish
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
14.2. Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirish
Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subektlar turli yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari boyicha olinadigan daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi. 302 Buxgalter tomonidan subektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy ma’lumotni ishlatish subekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi. Alohida segmentlar boyicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va subektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining xarajatlari butun subekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud. Tadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va subektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida royobga chiqadi. Bir subekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni hisoblab chiqish; subektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash. Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qoyish kerakligini, subekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi. Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi: Kutilgan foydani olish uchun sotilgan mahsulot birligining miqdori = Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda Birlik mahsulotning narxi Oldingi misolning ma’lumotlari boyicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona ya’ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak. Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi: Yalpi foyda (yoki marjinal daromad) = Mahsulotni sotishdan tushgan daromad - O’zgaruvchan sarflar 303 Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko’rsatilgan (14.2.1-rasmga qarang). Sarflar va daromad, m.s. 400000 Ishlab chiqarish hajmining qulay diapazoni(maydoni) 350000 C 300000 250000 Zararsizlik nuqtaasi 200000 Foyda xududi D 150000 Zararlar xududi K 100000 B 50000 0 200 400 600 800 1000 1200 1400 1600 1800 2000 2200 2400 Mahsulotning birligi, dona Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling