Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

14.1. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish 
Bozorning shakllanishi va uni muqobillashtirish usullarini ishlab chiqish bozor 
elementlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligini, ya’ni talabni, taklifni va bahoni aniqlaydi. 
Tizimning har bir elementi o’zgaradi va ishlab chiqarish omillarining, xarajatlar va 
daromadlilikning ta’siriga bog’liq. 
Ishlab chiqarish hajmlari, sotishdan tushgan yalpi daromad, sarflar va sof foydaning 
o’zgarishlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish maqsadida ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili 
olib boriladi. Bunda muhim e’tibor mahsulotni ishlab chiqarishga qaratiladi, bu esa 
boshqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmining kritik ("o’lik") nuqtasini aniqlashga imkon beradi. 
Kritik nuqta deb subektning xarajatlari ushbu mahsulotni sotishdan tushgan daromadga teng 
bo’lgan sotuv hajmining nuqtasiga aytiladi. Bu tizimda foyda ham olinmaydi va zarar ham 
ko’rilmaydi. 
Ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili qisqa vaqt mobaynida sotish hajmi, sarflar va 
daromadlar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Tahlil natijalariga ko’ra yo’riqnoma beriladigan 
davr mazkur vaqt ichida mavjud bo’lgan ishlab chiqarish quvvati bilan chegaralangan bo’ladi. 
Xalqaro amaliyotda kritik nuqtani aniqlash uchun tenglama, marjinal daromad, grafik 
usullaridan foydalaniladi. Tenglama usuli sof foyda formulasi boyicha hisoblanishga asoslangan: 
Mahsulot 
sotishdan olingan 
daromad 

Sotishning hajmi 
uchun sarflangan 
o’zgaruvchan 
xarajatlar 

Umumiy 
summadagi 
doimiy xarajatlar 

Mahsulot sotishdan 
tushgan sof foyda 
Ushbu formula ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini detallashtirib uni quyidagi ko’rinishda 
berish mumkin: 
Birliklar miqdori 
x Mahsulot 
birliginining 
narxi 

Birlik miqdori x 
Birlikka bo’lgan 
o’zgaruvchan sarflar 

Umumiy 
summadagi 
doimiy 
xarajatlar 

Mahsulotni 
sotishdan tushgan 
sof foyda 


298 
Tenglama usulini tizimli siljishlarning ta’sirini tahlil qilishda qo’llash mumkin. Sotish 
mahsulotning nisbiy hissasini sotishdan tushgan daromadning umumiy summasidagi to’plash 
sifatida ko’riladi. Agarda tizim o’zgarsa, tushumning hajmi berilgan miqdorga yetishi mumkin, 
foyda esa kam bo’lishi mumkin. Foydaga bo’lgan ta’sir assortiment mahsulotning past 
rentabelligi yoki yuqori rentabelligi tomon o’zgarishiga bog’liq. 
Deylik, subekt ikki turdagi (A va B) mahsulotni ishlab chiqaradi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling