Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


-rasm. Zararsizlikning buxgalteriya moduli


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

14.1.2-rasm. Zararsizlikning buxgalteriya moduli 
 


301 
Grafikda zararsizlikning bitta B nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq maydoni 
(diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-yalpi xarajatlarni 
ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OC- mahsulotni sotishdan tushgan 
daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida 
yalpi xarajatlar va daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi. 
Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy hajmiga 
bog’liq. 
Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YatMlar, ishlab chiqarish 
unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy taqchillik va boshqalarga 
bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil 
qilishda hisoblarning aniqligi va ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular 
quyidagilardan iborat: 

yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy belgilangan va chiziqli 
hisoblanadi; 

hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi; 

doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida mustaqil bo’lib 
qoladi; 

o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida hajmga nisbatan 
to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi; 

ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar o’zgarmaydi; 

tizimli siljishlar yo’q; 

ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning boshlang’ich 
va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p emas. 
Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali emas. 
Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan 
sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling