Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish
Download 159.4 Kb.
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Asosiy hujjatlar. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tganligi haqida nazorat varaqasi.
1. Kirish yo‘riqnomasini rasmiylashtirish jurnali. 2. Ish joyida o‘tiladigan barcha yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnali. 3. Baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish jurnali. 4. Baxtsiz hodisalar tufayli vaqtinchalik yo‘qotilgan ish kunlari va mehnat muhofazasi tadbirlari uchun xarajatlar haqida 7-TVN formasi bo‘yicha statistik ma’lumotnoma. YUqorida keltirilgan hujjatlarning formalari ushbu uslubiy qo‘llanma ilovasida keltirilgan. Ishni bajarish tartibi 1. Transport tizimidagi korxonasida mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish bilan tanishish. 2. Korxona ma’muriy-rahbar xodimlarining mehnat muhofazasidan lavozim vazifalarini o‘rganish va aytib berish. 3. Korxona mehnat muhofazasi muhandisi qanday huquqlarga ega ekanligini aytib bering. 4. Ushbu ishning ilovasida keltirilgan mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot hujjatlarini tahlil qilib bering. 5. Ishga yangi kirayotgan xodimning ariza berishidan mustaqil ishga tushganigacha bo‘lgan vaqtdagi tartibni tahlil qiling, buning uchun: Siz boshqarayotgan sexga ishga kirish uchun ariza yozish, rezolyusiya qo‘yish, kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish, nazorat varaqasini to‘ldirish, dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish ishlarini bajarish. 6. Berilgan ko‘rsatkichlar asosida jarohat ko‘rsatkichlarini va ulardan qurilgan moddiy zararni hisoblash uchun 7-TVN formasi bo‘yicha hisobot tayyorlang va uni tahlil qiling (2.1-jadval). 7. O‘z variantingiz bo‘yicha chastota, og‘irlik hamda mehnat va moddiy zararlar koeffitsientlarini hisoblang. Baxtsiz hodisalarning chastota koeffitsienti: 𝐾𝑐 ℎ = 𝐽 𝐼 ⋅ 1000 O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning chastota koeffitsienti: 𝐾𝑐 ℎ𝑜′ = 𝐽𝑜′ 𝐼 ⋅ 1000 Ayollar orasida o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar chastota koeffitsienti: 𝐾𝑐 ℎ𝑜′𝑎 = 𝐽𝑜′𝑎 𝐼 𝑎 ⋅ 1000 Baxtsiz hodisalarning og‘irlik koeffitsienti: 𝐾𝑜 = 𝑌 𝐽 Yo‘qotilgan ish kunlari koeffitsienti: 𝐾𝑦 = 𝑌 𝐼 ⋅ 1000 Bir baxtsiz hodisaga to‘g‘ri keladigan moddiy zarar koeffitsienti: 𝐾 𝑚𝑧 = 𝑀 𝐽 Bu yerda: J -bir va undan ko‘p ish kunlari yo‘qotilgan jarohatlar soni; I - ro‘yxat bo‘yicha ishlovchilar soii; Jo‘ - o‘lim bilan tugagan jarohatlar soni; Jo‘a - ayollar orasida o‘lim bilan tugagan jarohatlar soni; Ia – ishlovchi ayollar soni; Y - jarohatlar tufayli yo‘qotilgan ish kunlari yig‘indisi; M - hisobot davrida baxtsiz hodisalar tufayli ko‘rilgan moddiy zararlarning umumiy yig‘indisi (ming so‘mlarda). Hisob-kitoblar natijalarini 2.2-jadvalga to‘ldiring. 2.1-jadval. Baxtsiz hodisalar tufayli jarohat va moddiy zararlar ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun variantlar.
Download 159.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling