Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish


Mehnat muhofazasi muhandisi quyidagi huquqlarga ega


Download 159.4 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi159.4 Kb.
#1817552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

Mehnat muhofazasi muhandisi quyidagi huquqlarga ega: sex, uchastka, bo‘lim boshliqlariga xavfsizlik texnikasi talab va qoidalarining buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berish. Bu ko‘rsatmalar faqat korxona rahbari va bosh muhandis tomonidan bekor qilinishi mumkin;
‒ ishlovchilarning hayotiga va sog‘ligiga yaqqol xavf mavjud bo‘lgan uskuna, stanok, mexanizm va sexlarda ishlashni ta’qiqlashi yoki vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishi mumkin va bu haqda korxona rahbariga darhol xabar berishi kerak;
xavfsizlik texnikasi talablariga mos kelmaydigan uskuna, asbob va moslamalarni ishlatishdan olib qo‘yilishi choralarini ko‘rish;
sex, uchastka va bo‘lim boshliqlaridan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida taftish qilish va muntazam ravishda hisobotni olib borishni talab qilish;
sex boshlig‘i bilan birgalikda xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini buzuvchilarni vaqtinchalik ishdan chetlashtirish.
Mehnat muhofazasi muhandisi bevosita korxona direktoriga va bosh muhandisga bo‘ysunadi. U o‘z ishini korxona kasaba uyushmasi, mehnat muhofazasi komissiyasi, tarmoq kasaba uyushmasining texnik noziri, Davtexkonnazorat, Davenergonazorat, Davsannazorat va Davlat yong‘in nazorati inspeksiyalari bilan birgalikda olib boriladi.
Umumiy ma’lumotlar. Korxonalarda mehnat muhofazasidan ishlatiladigan hujjatlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
me’yoriy (mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar, qurilish me’yor va qoidalari, sanitariya me’yorlari, mehnat muhofazasidan yo‘riqnomalar va sh.o‘.);
texnik (uskuna va stanoklarni ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik pasport va boshqalar);
rejalar (mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasi va sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksi rejasi, jamoa shartnomalari, mehnat muhofazasi va ijtimoiy masalalar bo‘yicha bitimlar, baxtsiz hodisalarning sabablarini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar. Davlat nazorati va mehnat texnik nozirlarining ko‘rsatmalari, mehnat muhofazasi kunlari va uch pog‘onali nazorat vaqtida tuzilgan tadbirlar va b.);
‒ buyuruvchi (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnoma xatlar va yuqori tashkilotlarning hujjatlari);
‒ rasmiylashtiriluvchi (yo‘riqnoma va kurs o‘quvlarini jurnallarga yozib qo‘yish, taftish dalolatnomalari va baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish jurnallari, mehnat muhofazasining uch pog‘onali nazoratini aks ettiruvchi jurnal, korjomalarni maxsus poyafzal va himoya vositalarini va boshqalarni hisobga olish shaxsiy kartochkalari;
-hisobot (jarohatlar haqida hisobotlar). Ushbu amaliy mashg‘ulotda ayrim rasmiylashtiriluvchi va hisobot jurnallari ko‘rib chiqiladi.

Download 159.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling