Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish


Korxonada mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish


Download 159.4 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi159.4 Kb.
#1817552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

Korxonada mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish. Korxonada ma’muriyatning va muhandis-texnik rahbar xodimlarning vazifalari O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida tashkil qilinadi. Uning asosida ularning lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Korxonada mehnat muhofazasining umumiy holatiga, jarohatlarni va kasbiy kasalliklarni oldini olish va kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish uchun javobgarlik korxona rahbari va bosh muhandisga yuklatiladi.
Korxona rahbarining vazifalari:
‒ kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirish;
-ushbu tadbirlar ro‘yxatini o‘z vaqtida tasdiqlash va mablag‘ bilan ta’minlash hamda ularning to‘g‘ri ishlayotganligini nazorat qilib turish;
-mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoa shartnomalarining va bitimlarining bajarilishini ta’minlash;
-mehnat kodeksining ish rejimi, dam olish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha bandlarini bajarish;
-kasaba uyushmalarining, jamoatchi nozimlar va mehnat muhofazasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarning taklif va mulohazalarini bajarish;
-alohida ishlar va kasblar uchun xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnomalarni tasdiqlash;
‒ amaldagi me’yorlarga muvofiq ishchilarni korjomalar, maxsus poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash.
Korxona bosh muhandisining vazifalari:
-barcha sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunda belgilangan me’yor va qoidalarning bajarilishini uzluksiz ravishda tekshirib turish;
-barcha kasblar va ish turlari bo‘yicha, menat muhofazasining amaldagi me’yor va qoidalariga korxona sharoitiga moslashtirilgan yo‘riqnomalarini ishlab chiqilishini nazorat qilish;
-yo‘riqnomalarning va xavfsiz ish usullariga o‘qitishning borishini nazorat qilish;
-ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida taftish qilinishini va rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
-ishchilarni o‘z vaqtida davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini nazorat qilish;
-xavfsiz ish usullarini targ‘ibot qilish, xavfsizlik texnikasi xonalarida ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, plakatlar va ogohlantiruvchi yozuvlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
-kasaba uyushmalari bilan birgalikda mehnat muhofazasi holati bo‘yicha ko‘riklar o‘tkazish, ishchilar tomonidan keltirilgan takliflarning ijrosini nazorat qilish;
-murakkab texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashda zamonaviy xavfsiz konstruksiyalarni, shamolatash va sanitar-maishiy moslamalarni joriy qilish;
-mehnat muhofazasi, texnik estetika va ishlab chiqarish madaniyati bo‘yicha tajriba almashish ishlariga rahbarlik qilish;
-ishchilarga o‘z vaqtida sifatli korjoma, maxsus poyafzal va shaxsiy himoya vositalari berilishini nazorat qilish;
-kasaba uyushmalari inspektorining (nozir) va mehnat muhofazasining jamoatchi inspektorining taklif va mulohazalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me’yor va qoidalarining bajarilishini tekshirish;
-ishlab chiqarish jarohatlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzishni nazorat qilish.

Download 159.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling