Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish


Kooperativlashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlari


Download 27.96 Kb.
bet6/9
Sana14.11.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1772312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish-fayllar.org

4. Kooperativlashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlari

Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperativlashtirish asosida amalga oshadi.


Kooperativlashtirish - bu ma’lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo’yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
Kooperativlashtirishda mahsulot yetkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperativlashtirish xomashyo, yoqilg’i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni yetkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta’minotidan farqlanadi.
Kooperativlashtirish murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.
Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperativlashtirishning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • buyumli (agregatli) kooperativlashtirish;


  • texnologik kooperativlashtirish;


  • tarmoqlararo kooperativlashtirish;


  • iqtisodiy rayonlararo kooperativlashtirish.




Buyumli (agregatli) kooperativlashirish - bu mashina va asbobuskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo’yicha kooperativlashtirish usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbobuskunalarning qismlarini yetkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperativlashtirish – bu bir va bir necha korxonalar o’rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo’yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish koooperatsiyasi vujudga keladi.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling