Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish


Tarmoqlararo kooperativlashtirish


Download 27.96 Kb.
bet7/9
Sana14.11.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1772312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish-fayllar.org

Tarmoqlararo kooperativlashtirish sanoat tarmoqlarining bir biriga xizmat ko’rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog’i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma’lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar yetkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berish mumkin.
O’zaro bog’liq bo’lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperativlashtirish keng tus olishi mumkin.
Rayonlararo kooperativlashtirish turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o’rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
  • birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda yetkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohidaalohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atigi bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo’ladi.


  • ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan



tayyor mahsulot tannarxidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarxida tashqaridan kooperativlashtirish yo’li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 40-45 foizni tashkil etadi.

5. Kombinatsiyalashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlari

Sanoatning har bir tarmog’ida katta korxonalar bo’laveradi. Lekin ikkinchi tomondan zamonaviy sanoatga kombinatsiya degan narsa xosdir. Sanoatni kombinatsiyalashtirish turli sanoat tarmoqlarining bir korxonada qo’shilishidirki, bu tarmoqlar yo xomashyoni ketma-ket ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho’yan quyish va cho’yanni po’latga aylantirish, so’ngra, ehtimol, po’latdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish) yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o’ynovchi tarmoqlar (masalan, chiqindilarni yoki qo’shimcha mahsulotni ishlash; upakovka buyumlari ishlab chiqarish va h.k.) bo’ladi.


Kombinat tarkibidagi bo’limlarning texnik-iqtisodiy birligi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot miqdori, turlari va sifati bo’yicha o’zaro mosligi ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqadorlikni ifoda etadi. Bo’linmalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqadorlik esa turli yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin.
Kombinatning xomashyo, energetika va transport manbalari birligi, uning barcha ishlab chiqarish bo’linmalarining umumiy kommunikatsiya
(suv, bug’, gaz, elektr bilan ta’minlash) tizimlari birlashganligini, umumiy transport xo’jaligidan foydalanishini, dastlabki xomashyolarni yoki ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashini, bir-birlarini yarim fabrikat yoki chala mahsulot bilan ta’minlashini ko’rsatadi.
Kombinatsiyalashtiriladigan korxonalarning hududiy birligi yagona texnologik tizimni tashkil etuvchi birlashtiriladigan ishlab chiqarishlarning uzviy texnologik bog’liqligidan kelib chiqadi. Bu tizimda uzilish bo’lmasligi uchun, kombinatning barcha ishlab chiqarish bo’limlari bir maydonda joylashtiriladi. Bu kimyoviy-texnologik va termik ishlab chiqarish jarayonlari (kimyoviy, metallurgiya, neft-kimyo, oziq-ovqat va h.k.) ustun bo’lgan kombinatsiyalashtirilgan korxonalar uchun ayniqsa muhimdir. Kombinatsiyalashtirishni rivojlantirishning asosiy sharti ishlab chiqarishni yiriklashtirishdir.
Kombinatsiyalashtirish natijasida xomashyodan, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa sanoatning xomashyo manbaini kengaytiradi.
Kombinatsiyalashtirish sanoat ishlab chiqarishda jarayonlarni uzluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va natijada ish kuchini tejash, ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish obyektlari uchun kapital xarajatlar, mahsulot va xomashyoni uzoqqa tashish, umumzavod xarajatlari qisqaradi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to’laroq qondiriladi.
Kombinatlashtirishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
-xomashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta ishlash;
-ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot tayyorlash;
-xomashyoni yoppasiga qayta ishlash.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling